Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Kichik to‘pni ushlash. 
Òo‘p o‘rtadagi uchta barmoq bilan
ushlab, jimjiloq to‘pni bir tomonidan bosh barmoq esa to‘pni
ikkinchi tomonidan ushlab turadi.
Kichik to‘pni uloqtirish texnikasi granat va nayza uloq-
tirishnikiga o‘xshash bo‘lib, farqi faqat uloqtirish asboblarining
shaklida.
6.11.4. GRANAÒ (ÒO‘PCHA) ULOQÒIRISH
ÒEXNIKASIGA O‘RGAÒISH MEÒODI
1-vazifa.
O‘quvchilarni granat (to‘pcha) uloqtirish tex-
nikasi bilan tanishtirish.
Vositalar:
O‘quvchilarga granat (to‘pcha) uloqtirish
texnika bilan tanishtirishda ular haqda va texnikasidagi ayrim


320
fazalarni xususiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berish. Ularni to‘liq
texnikasi tasvirga olingan kinogramma videotasmalar, kino-
halqalar namoish etiladi. Musobaqa o‘tqazish joyi va qoidalari
bilan tanishtiriladi. O‘qituvchi granat (to‘pcha) uloqtirish
texnikasini to‘liq yugurib kelishdan uloqtirib ko‘rsatadi.
Metodik ko‘rsatmalar:
O‘quvchilarni granat (to‘pcha)
uloqtira olish darajasini bilish maqsadida ularga uloqtirib
ko‘rish tavsiya qilinadi.
2-vazifa.
Granat (to‘pcha) ni to‘g‘ri ushlash va qo‘ldan
chiqarib yuborishni o‘rgatish.
Vositalar:
Granat (to‘pcha) ni to‘g‘ri va aniq uloqtirish
uchun, uni to‘g‘ri ushlash juda muhim hisoblanadi. Granatni
dastasidan ushlaganda uning asosi jimjiloqqa tayansin. Qolgan
barmoqlar granat dastasini mahkam ushlagan holatda bo‘ladi.
Katta barmoq, nayzani ushlagandek, granat dastasining o‘qi
bo‘ylab ham, ko‘ndalang holda ham joylanishi mumkin.
Òo‘pcha uloqtiruvchi qo‘l barmoqlari bilan ushlab olinadi.
Uchta o‘rtadagi barmoq to‘pchani orqa tomonida quloch
sifatida joylashadi. Jimjiloq bilan bosh barmoq esa to‘pchani
yon tomonidan ushlab turadi. Granat yoki to‘pchani qo‘ldan
to‘g‘ri chiqarib yuborishni o‘rgatish uchun quyidagi mashqlar
bajariladi.
1) Granatni yoki to‘pchani yelka sathidan oldinga yoki
boshni ustidan sal yuqoriroq holatda tutiladi, oyoqlar yelka
kengligida. Og‘irlik oyoq poylarning oldingi qismiga og‘iladi.
Qo‘l tirsak bo‘g‘inida erkin bo‘shashtirilgan holatda tu-
shirilgan bo‘ladi. Anashunday holatda qo‘llarni oldinga-
yuqoriga 8–10 marta to‘xtamasdan birin-ketin taqlid ha-
rakatlari bajariladi. Undan keyin qo‘l pastga, orqaga dastlabki
holatiga qaytadi. 2) Ana shunday dastlabki holatdan kichik
to‘pchani yerga urib, u sakrab chiqqanida ushlab olish. 3) Shu
mashqning o‘zini devorda bajarish. 4) Shu mashqni o‘zini
devorda 2,5 m balandlikda diametri 1 m bo‘lgan doiraga
3–5 metr masofadan nishonga otish. 5) Uloqtirish tomoniga


321
qarab turgan va chap oyoq oldiga qo‘yilgan holatdan granat
yoki to‘pchani qo‘lni keskin silkitish bilan uloqtirish. 6) Shu
mashqni o‘zini uloqtirish tomoniga yonlamasiga turib bajarish.
Metodik ko‘rsatmalar:
Bu mashqlarni bajarishdan maqsad
qo‘llarni keskin silkitishga, qo‘l mushaklarini bo‘shata olishga,
uloqtirish tomoniga asbobni aniq yo‘naltira olishga o‘rga-
tishdan iborat. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarni granat
yoki to‘pni juda qattiq ushlamasligini nazorat qilib, o‘z vaq-
tida bu haqda aytib turishi kerak. Òo‘pchani uloqtirishga
o‘rgatish zalda yoki sport maydonida, granat ham maxsus
maydonda yoki ehtiyot choralari ko‘rilgan zalda o‘tkazilishi
mumkin. Faqat granat uloqtirishni o‘rgatishda ehtiyotlik
choralarini ko‘rish zarur. Granat, to‘pchani hamma uloqtirib
bo‘lgandan keyin granat, to‘pchani olishga, uloqtirish
maydoniga o‘qituvchi aytsagina, chiqish mumkinligini o‘r-
gatish kerak.
3-vazifa.
Granat (to‘pcha)ni joydan turib uloqtirishga
o‘rgatish.
Vositalar:
1) Uloqtirish tomoniga yonlama turgan
holatdan oxirgi kuchlanish harakatini taqlidiy mashq qilish.
Buning uchun yonlama turib, chap oyoqni oldinga qo‘yib,
uloqtiruvchi qo‘l bilan rezina yoki boshqa biror narsani
ushlab taqlid qilish ma’qul. 2) Kichik to‘pni yoki to‘ldirma
to‘pni, dastlabki holatdan turib, devorga qarab uloqtirish.
3) Shuni o‘zini gimnastik o‘tirg‘ichda o‘tirib bajarish. 4) Shuni
o‘zini gavdani burib bir qo‘lda va ikki qo‘llab bajarish.
5) Oxirgi kuchlanish harakati holatini sherik bilan bajarish.
6) “Òortilgan kamon” harakat holatini taqlid qilish. 7) Granat
yoki to‘pni oldinga – yuqoriga joydan turib uloqtirish.
Metodik ko‘rsatmalar:
Granat yoki to‘pchani joydan turib
uloqtirishga o‘tish uchun, avval o‘quvchi bolalarda qo‘l,
ko‘krak mushaklarini erkin bo‘sh tuta olishi, oyoqlarda
mahkamroq turishiga oid ko‘nikma va malakalarni hosil
bo‘lganiga qarash muhim. Shuning uchun ko‘rsatilgan harakat


322
mashqlarini bajarishda erkin, mushaklarni bo‘sh tutish va
keng doirada bajarilishiga ahamiyat berish kerak.
4-vazifa.
Uloqtirish qadamlari bilan yugurib kelishdan
uloqtirishni o‘rgatish.
Vositalar:
1) Granat (to‘pcha) ni bir qadamdan uloqtirish.
Chap oyoqni joydan uloqtirish qadami holatiga qo‘yib,
gavdani uloqtirish tomoniga burib “tortilgan kamon” holatiga
o‘tish. 2) Chalishtirma qadamni bajarishni taqlid qilish.
Uloqtirish tomoniga chap yon bilan turib orqaga cho‘zilgan
qo‘l yelka sathida tutiladi. Òana og‘irligi sal bukilgan o‘ng
oyoqqa o‘tkaziladi, chap oyoq to‘g‘rilangan holatda o‘ng
oyoqdan 2,5–3 poy oldinga tayanchga qo‘yiladi. Chap qo‘l-
ko‘krak oldida.
Keyin chap oyoqdan o‘ng oyoqqa yengilgina hakalab,
chap oyoqni yana tayanchga qo‘yiladi. 3) O‘ng oyoq bilan
chalishtirma qadamni tashlab chap oyoqni oxirgi uloqtirish
qadam holatiga qo‘yib, granat yoki to‘pchani uloqtirish.
Harakat o‘qituvchi sanog‘i ostida bajariladi. 4) Chalishtirma
qadamni o‘qituvchi yoki tajribali shug‘ullanuvchining yorda-
mida bajarish. Bunday mashqni bajarishda o‘rganuvchining
to‘g‘rilangan o‘ng qo‘lidan ushlab turiladi. Bu oyoqni gav-
dadan o‘tib ketishini ta’minlash uchun qilinadi. 5) Granat
yoki to‘pchani uloqtirish qadamlari orqali nishonga uloqtirish.
Nishon uloqtirish chizig‘idan 10–12 masofada joylashtiriladi.
Metodik ko‘rsatmalar:
Ko‘rsatilgan barcha mashqlarni
bajarayotganda qo‘l, ko‘krak mushaklari erkin bo‘shashgan
holatda bo‘lib, chalishtirma qadam qo‘yganda tezlik bilan
oxirgi uloqtirish qadamiga ko‘chishga e’tibor berish zarur.
5-vazifa.
Uloqtirishda yugurib kelish va granat yoki to‘pchani
ushlagan qo‘lni orqaga uzoqlashtirish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalar:
1) 2 qadam tashlab granat yoki to‘pni orqaga
uzoqlashtirishni taqlid qilish. Avval o‘qituvchi buyrug‘i bilan
keyin mustaqil bajariladi. 2) Granat yoki to‘pchani 2 qadam
yurib turib orqaga uzoqlashtirish. 3) Shu mashqni o‘zini 2


323
qadamda yugura turib bajarish. 4) 2 qadamda granat yoki
to‘pchani uzoqlashtirgandan keyin, chalishtirma qadamlarni
bajarib, chap uloqtirish qadamiga kelish. Bu yaxlit 4 ta
uloqtirish qadami bo‘lib, uloqtirilmaydigan va uloqtirish
bilan bajariladi. (113-rasm).
6-vazifa.
Òo‘liq yugurib kelishdan granat yoki to‘pchani
uloqtirish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar:
1) Uloqtirish tomoniga yuzlanib turish holatida
granat (to‘pcha) yelka ustida bo‘lib, uni orqaga uzoqlashtirib
chap oyoq bilan bir qadam tashlab nazorat belgisiga tushish.
2) Shu mashqni o‘ziga chalishtirma qadamlarni qo‘shib
bajarish. 3) Shu mashqni o‘zini uloqtirishlarni qo‘shib bajarish.
113-rasm.
 Òo‘pchani (granatni) orqaga uzoqlashtirish yo‘li bilan
“oldinga-pastga-orqaga”.
2-qadam
1-qadam
3-qadam
4-qadam
nazorat belgisi
orqaga uzoqlashtirish


324
Metodik ko‘rsatmalar:
Ko‘rsatilgan mashqlarning har biri
6–8 yugurish qadamlari bilan avval sekin keyinchalik tex-
nikani o‘zlashtirish darajasiga qarab tezroq yugurib kelib
belgiga aniq tushishga e’tibor qaratiladi.
7-vazifa.
Granat (to‘pcha)ni uloqtirish texnikasini tako-
millashtirish.
Vositalar:
1) Yuqorida ko‘rsatilgan mashqlarni takrorlash.
2) har bir o‘quvchini xususiy tomonlarini aniqlab, granat
(to‘pcha)i uloqtirish texnikasini belgilash. 3) Granat (to‘p-
cha)ni ushlab yugurib kelish, chalishtirma va oxirgi kuchlanish
qadamlarini to‘g‘ri bajargan holda takrorlash. 4) Granat
(to‘pcha)ni to‘liq yugurib kelishdan texnik xatolarga yo‘l
qo‘ymay to‘liq uloqtirishni natijaga qaratib uloqtirishni tak-
rorlash. 5) Sinov musobaqalarini o‘tkazish. Musobaqalarda
ishtirok etish.
Metodik ko‘rsatmalar:
Uloqtirish texnikasini takomil-
lashtirishda o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish,
yelka, tirsak, panja bo‘g‘inlardagi harakatchanlik, qayish-
qoqligiga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish