311
Yadro itqitish uchun tagiga beton qo‘yib, ustiga tekis
sement qatlami yoki asfalt yotqizilgan doira bo‘lishi shart.
Kiyim odatdagi yengilatletikachilar kiyimi bo‘ladi.
Shamolli sovuqroq kunlari
issiq saqlaydigan va shamol
o‘tmaydigan qalinroq kostyum kiyiladi. Doiradan yadro
itqitish uchun tagi pishiq rezinali yengil tufli kerak bo‘lsa,
boshqa yengil atletika turlari bilan shug‘ullanish uchun esa,
tagidagi mixlari kalta-kalta tufli kerak bo‘ladi. Qishda issiq,
lekin to‘piqni bukishga xalaqit bermaydigan tufli kiyib
shug‘ullanish kerak. Buning uchun patak solib tikilgan charm
tufli yoki basketbol kedi bo‘lsa juda ham yaxshi.
6.11. LAPPAK ULOQÒIRISH ÒEXNIKASIGA
O‘RGAÒISH MEÒODIKASI
Lappak uloqtirishni aylanishga yaroqli qattiq tekis yerda
yoki musobaqa qoidasiga binoan
tayyorlangan uloqtirish
doirasida o‘rgatiladi.
Lappak uloqtirish o‘rgatilayotganda ehtiyotkorlik cho-
ralarini ko‘rish zarur. Masalan, mashg‘ulot vaqtida lappak
faqat bir tomonga uloqtiriladi.
Lappak uloqtirish joylari,
jumladan, iloji boricha bir-biridan olisroq bo‘lishi kerak.
Guruh bo‘lib o‘rgatish vaqtida musobaqa qoidasida ko‘rsa-
tilganidek, uloqtirish doirasini va shu doiradan belgilangan
masofani arg‘amchi yoki sim to‘r bilan o‘rab olish maqsadga
muvoffiqdir.
Bordi-yu, uloqtirish uchun o‘ralgan doiralar bo‘lmasa, u
holda lappak navbatma-navbat uloqtirilishi va maydonda
harakat
qilishga esa, faqat uloqtirish tugagandan keyingina
ruxsat berish kerak.
Quyida o‘rgatish vazifalari va ularni bajarish uchun zarur
bo‘lgan vositalar va o‘rgatish jarayoniga doir metodik ko‘rsat-
malar berilgan.
1-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarni lappakni aylanib uloqtirish
texnikasi bilan tanishtirish.
312
Vositalar
: 1. Lap-
pakni doiradan burilib
uloqtirish texnikasini
ko‘rsatish va ko‘rgaz-
mali qurollar yordami-
da texnik asoslarni qis-
qacha tushuntirish. Eng
yaxshi
lappak uloqti-
ruvchilarning texnika-
sini kuzatish. 2. Lap-
pak, uni uloqtirish joyi
va musobaqada uloq-
tirishni bajarish qoida-
lari bilan tanishtirish.
2-vazifa.
Lappakni
to‘g‘ri tutish va qo‘ldan to‘g‘ri chiqarishni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Lappakni tutishni ko‘rsatib berib, shug‘ul-
lanuvchilar to‘g‘ri tutishyaptimi, yo‘qmi
ekanini tekshirib
ko‘rish. 2. Lappakni tutgan yo‘l bilan silkinish va uloqtirishga
taqlid qilish. 3. Lappakni to‘g‘ri aylanishiga e’tibor berib
uloqtirish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Shug‘ullanuvchilarning lappakni
pastga tushirilgan bo‘sh qo‘l bilan, barmoq uchlarida qattiq
changallamasdan tutishlariga e’tibor berish kerak.
Dastlab lappakni uloqtirish tomoniga (o‘ngga) yarim doira
holatida turib uloqtirish; oyoqlarni
yelka kengligidan sal
kengroq qo‘yib, deyarli qaddini tiklash, tovonlarni bir oz
yon tomonlarga ochish lozim.
Avvalo lappak tutgan qo‘lni oldinga-orqaga erkin yo‘nal-
tirib kichik ko‘lamda tebranib ko‘riladi. Qo‘l harakati yelka
kamarining sal burilishi bilan birga bajariladi.
Lappak tutgan
qo‘lni yelka bo‘g‘inida ta’sir ettirmay, orqada silkitilgandan
keyin lappakni uloqtirish kerak. Dastlab lappakni ko‘rsatkich
barmog‘idan chiqarib, soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab ay-
109-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: