2-jadval
Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekistonlik
yengilatletikachilar
№
Sana O‘tkazilgan joy
Ismi-sharifi
Т
uri, natija, o‘rin
XV
1952
Х
elsinki
S. Popov
G‘ovlar osha yugurish,
14,7 sek. 4-o‘rin
XVI
1956
Myelburn
V. Ballod
Balandlikka sakrash,
160 sm,
21-o‘rin
XVII
1960
Rim
V. Ballod
Balandlikka sakrash,
165 sm,
15-o‘rin
XXII
1980
Moskva
Т
. Biryulina
Nayza uloqtirish, 65 m
08 sm,
6-o‘rin
А
. Dimov
Т
o‘siqlar osha 3000 m
ga yugurish, 8 min 19,8
sek
8-o‘rin
33
Mavzuga oid nazorat savollar
1.
Yengil atletika sport turi qachon va qayerlarda rivojlana
boshladi?
2.
Yengil atletika Olimpiya o‘yinlari dasturiga qachondan
kiritildi?
3.
O‘zekistonda yengil atletikani rivojlanishini izohlab bering.
4.
O‘zbekiston yengilatletikachilarining Olimpiya o‘yinlarida
ishtirokini bayon qilib bering.
Mavzu bo‘yicha mustaqil ish
1.
Yengil atletika sport turini vujudga kelishi va uni rivojlanishi
tarixi.
2.
O‘zekistonda yengil atletikani rivojlanish tarixi.
8-o‘rin
А
.
Х
arlov
G‘ovlar osha 400 m ga
yugurish, 50,64 sek, 5-
o‘rin
XXIII
1984
Los-
А
njeles
Ishtirok
etmagan
XXIV
1988
Seul
R. Gataulin
Langarcho‘p bilan
sakrash, 590 sm,
kumush medal
XXV
1992
Barselona
M. Shmonina
4
х
400 m estafyeta
yugurish,
oltin medal
XXVI
1996
А
tlanta
12 kishi
XXVII
2000
Sidney
27 kishi
XXVIII
2004
А
fina
10 kishi
XXIX
2008
Pekin
12 kishi
XXX
2012
London
13 kishi
S.Radzivil balandlikka
197 sm dan sakrab o‘tib
finalda 7 o‘rinni
egalladi
L.Andreyev – 12 o‘rin
2-jadvalning davomi
34
III BOB
BOLALAR VA O‘SMIRLAR BILAN
O‘ÒKAZILADIGAN YENGIL AÒLEÒIKA
MASHG‘ULOÒLARINING XUSUSIYAÒLARI
3.1. BOLALAR VA O‘SMIRLAR JISMONIY ÒARBIYASI
ÒIZIMIDA YENGIL AÒLEÒIKA
Yengil atletika mashg‘ulotlari bolalar, o‘smirlar va o‘spi-
rinlar jismoniy tarbiyasi tizimiga kiradi. Ular umumta’lim
akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va boshqa ta’lim
muassasalari uchun ko‘zda tutilgan.
Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishlar hamda yengil
atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan turli maxsus mash-
qlar xilma-xil, yengil me’yorlashtiriladi va bolalar uchun bu
juda qulaydir.
Bolalar maktab yoshiga yetmasdan, har xil o‘yinlar,
yugurish, sakrash va uloqtirishlarning oddiy shaklda bajarilishini
o‘rganadilar. Maktab o‘quvchilarining yengil atletika mashqlari
texnikasini bajarishni o‘rganishi, harakat imkoniyatlarini
kengaytirib, ularning boshqara olish qobiliyatlarini yaxshi-
labgina qolmay, keyinchalik sport-texnik mahoratiga erishish
uchun zamin ham yaratadi. Yengil atletika mashqlari bilan
shug‘ullanish yosh organizmning o‘sishi va shakllanishiga,
har tomonlama ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga, sog‘liqning
mustahkamlanishiga yordam beradi.
Yengil atletika mashqlari bilan shug‘ullanish yurak-qon
tomir va nafas olish tizimini mustahkamlaydi, mushaklarning
garmonik rivojlanishini ta’minlaydi, bo‘g‘inlardagi harakat-
35
chanlikni yaxshilaydi va asab-mushaklarning bir-biriga
muvofiqligini takomillashtiradi.
Yengil atletika mashg‘ulotlari maktabda jismoniy ma-
daniyat darslarida, maktab jismoniy madaniyat jamoasi
seksiyasida, bolalar sport maktabida, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida o‘tkaziladi.
Bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlar bilan o‘tkaziladigan yengil
atletika mashg‘ulotlarining mazmuni ularning yosh xusu-
siyatlariga bog‘liq bo‘lib, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va
o‘tkazish vaqtida buni e’tiborga olish zarur. Kishi orga-
nizmining o‘sishi, shakllanishi va rivojlanishi o‘rta hisobda
25 yoshgacha davom etadi. Organizmning shakllanishi bilan
birga, bolaning suyak tizimi ham rivojlanadi. Òo‘qimalardagi
zich, g‘ovak moddalar tuzilishi o‘zgaradi, suyaklar bo‘yiga
va eniga o‘sadi.
Yoshdagi farq umurtqa ustunining tuzilishida ham o‘z
ifodasini topgan. Hatto 14 yoshdan keyin ham umurtqaning
suyak to‘qimalari ko‘payib, kattalashib boradi. Umurtqa
tanasi epifizlarining suyakka aylanishi 20–25 yoshgacha sodir
bo‘ladi. Davomli zo‘riqishlar, yerga sakrab tushishda bo‘-
ladigan kuchli siltovlar, kuchi yetmaydigan og‘ir jism ko‘tarish
va tashlash umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va diepifizor
tog‘aylarning jarohatlanishiga olib keladi. Bularni mashqlarni
tanlashda e’tiborga olish kerak. Shu bilan birga, mashqlarni
to‘g‘ri tanlash va me’yorlash suyak tizimining to‘g‘ri rivoj-
lanishiga yordam beradi.
Og‘ir yadro va lappaklar bilan muntazam mashq bajarish
ko‘krak qafasida (ko‘krakning pastki qismi va qovurg‘alar
o‘sishi 15–16 yoshga borganda to‘xtaydi) va qo‘l panjalarining
tuzilishida ko‘ngilsiz o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Ayni vaqtda o‘pka va yurak ishlarini me’yorlovchi yugurish
va sakrash mashqlari ko‘krak qafasini kengaytirishga yordam
beradi. O‘pkaning hayotiy sig‘imi ko‘krak qafasining keng-
ligiga bog‘liq. Bu jihatdan ochiq havoda mashq bajarish
36
juda foydali, chunki bunda nafas olish va yurak-qon tizimining
faoliyati tezlashadi.
Bolalarning tog‘aylaridagi yuqori elastiklik va bo‘g‘in-
laridagi harakatchanlik mashqlarni keng doirada bajarishga
yordam beradi. Keng doira bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar
bolalarning suyak to‘qimalari rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi,
xilma-xil yengil atletika mashqlari esa bola skeletining o‘sishi
va shakllanishiga yordam beradi.
Mushaklarning kuchli o‘sishi 12 yoshdan boshlanadi. Bu
paytda yengil atletika bilan shug‘ullanish ularning rivoj-
lanishiga yordam beradi. Muskullarning tez o‘sishiga qara-
may, u skeletning o‘sishidan orqada qolib, faqat jinsiy yeti-
lishning oxirida (qiz bolalarda 13–16 yosh, o‘g‘il bolalarda
14–17 yoshda) tananing umumiy og‘irligining qizlarda —
36 foizini, o‘g‘il bolalarda esa 40 foizini tashkil qiladi. Bir
xil davomli mashqlarni ehtiyotlik bilan qo‘llash kerak. Shu-
ning uchun ayrim mushaklar guruhining dambadam ishlashini
ta’minlaydigan mashqlarni tanlash tavsiya qilinadi.
Kishi qonining miqdori yoshiga qarab o‘zgaradi. Chu-
nonchi, 14 yoshda qon miqdorining nisbati 9 foizni, katta-
larda esa 8 foizni tashkil qiladi. Bolalarning kapillarlari
ancha keng bo‘lib, ulardagi qon kattalarga nisbatan tezroq
oqadi. Bolalarda to‘qimalarning ovqatlanishi va parchalanish
jarayoni kattalarga nisbatan faolroq o‘tadi. Yurak yaxshiroq
oziqlanishi sababli tezroq o‘ssa kerak. Lekin jinsiy voyaga
yetish davrida yurak o‘sishi sur’ati qon-tomirlari o‘sishi sur’a-
tidan oshib ketadi, natijada ba’zan qon bosimi birmuncha
oshishi mumkin. Bu davrda kichik yuklamali mashqlar
bajarib, dam olishni, tanaffusni ko‘paytirgan ma’qul.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yurak faoliyatiga psixik
holat ham ta’sir ko‘rsatadi. Emosiya va boshqa psixik omil-
larning ta’siri bolalik va o‘smirlik yoshida ko‘proq namoyon
bo‘lishi ma’lum.
37
Yengil atletikada quyidagi yosh guruhlari belgilangan:
tayyorlov guruhi – 11–12 yosh;
kichik o‘spirinlik guruhi– 13–14 yosh;
o‘rta o‘spirinlik guruhi – 15–16 yosh;
katta o‘spirinlik guruhi – 17–18 yosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |