Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


O‘ZBEKISÒONDA YENGIL AÒLEÒIKANI



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bog'liq
engil atletika

2.3. O‘ZBEKISÒONDA YENGIL AÒLEÒIKANI
RIVOJLANISHI (qisqacha)
Yengil atletikaning yurish, yugurish, sakrashlar uloq-
tirishlar yer yuzining barcha xalqlari kabi, O‘zbekiston
hududida yashagan ajdodlarimiz paydo bo‘lgan davrdan
rivojlana boshlagan. Òog‘larda topilgan qadimgi ajdodlarimiz
chizib qoldirgan rasmlarda yengil atletikaga oid jismoniy


24
harakat amallaridan yugurishning, uloqtirishlarning turli ho-
latlari tasvirlangan. Keyinchalik turli xil yugurishlar, ayniqsa
bat-ba (krossga o‘xshash) yugurishlardan nayza va boshqa
qurollarni uloqtirishdan musobaqalar o‘tkazilgani haqida
ma’lumotlar uchraydi. Muqbil toshotar ertagida Muqbilning
tosh otish mahoratini nechog‘lik yuqori darajada o‘zlash-
tirgani haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan: milliy ha-
rakatli o‘yinlarimiz tarkibida masalan, “Oq terak ko‘k terak”
o‘yinida yugurish, sakrashlarga keng o‘rin berilgan. Xalqimiz,
ayniqsa yoshlar orasida yugurishlar, sakrashlar, uloqtirishlar
bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy harakatlar keng tarqalib an-
chagina ommalashgan edi.
Yengil atletikani sport turi sifatida O‘zbekistonda rivoj-
lanishi XIX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. 1910-yilning
oxirlarida Òoshkentda, Farg‘onada havaskor yuguruvchilar,
sakrovchilar va uloqtiruvchilarning to‘garaklari paydo bo‘lib
boshlaydi. Ularga Peterburg, Xarkov, Moskva shaharlarida
o‘qiydigan talabalar ta’tilga kelgan chog‘larida rahbarlik qilar
edilar.
1916-yilda Farg‘onaga Rossiyalik taniqli yuguruvchi Lev
Lvovich Barxash keldi. U mahalliy xavaskor yengilat-
letikachilar bilan birgalikda, marg‘ilon-soydagi velopoyga
sport maydoni joyida, 280 m lik yugurish yo‘lkasi hamda
sakrashlar sektoriga ega bo‘lgan yengil atletika sport
maydonini jihozlaydilar.
1920–21-yillarda Òoshkentda, Farg‘onada, Samarqand
va boshqa shaharlarda 15 ta harbiy-sport klublari va 40 ta
jismoniy madaniyat maydonlari tashkil qilindi. Ana shundan
keyin yengil atletika bilan tartibli mashg‘ulotlar o‘tkazishga
dastlabki qadamlar boshlanadi. 1920-yil oktabr oyining
boshlarida Òoshkent shahrida I O‘rta Osiyo Olimpiadasi
ochilib, uning dasturiga futbol, yengil atletika, shohmot va
milliy sport turlari kiritilgan edi.


25
Yengil atletika musobaqalarida Farg‘onaliklar jamoasi
anchagina muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Yengil atletikaning dasturiga kiritilgan 12 turidan sakkiz-
tasida Farg‘ona jamoasi birinchilikni egalladilar. G. Bernadskiy,
D. Lodashevich, aka-uka Burmakinlar ikkitadan birinchi o‘rinni
egalladilar. 8
´
100 metrlik estafeta yugurishda Farg‘ona jamoasi
boshqa jamoalardan ancha ilgarilab ketgan edi.
1922-yilda Òurkiston respublikasining yengil atletika
bo‘yicha rekordlarning birinchi jadvali tuzildi. O‘sha davrning
yetakchi yengilatletikachilaridan N. Ovsyannikov, P. Òaranov
va Ya. Valishayevlar tomonidan yoshlarni yengil atletika
havaskorlari to‘garaklariga jalb etish bo‘yicha katta ishlar
amalga oshiriladi.
1924-yili O‘zbekiston respublikasi tashkil etilgandan
so‘ng, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston rekordlari qayd
etila boshlandi.
1920–30-yillarda jismoniy madaniyat sohasida muta-
xassislarga katta ehtiyoj tug‘ildi. Malakali mutaxassislar
yetishmasdi. 1921-yildan boshlab jismoniy madaniyat o‘qi-
tuvchilarini 1926-yilda sanoat korxonalarida ishlash uchun
jismoniy madaniyat yo‘riqchilari tayyorlash bo‘yicha 3 oylik
kurslar tashkil etildi. 1935-yil Òoshkentda jismoniy madaniyat
texnikumi ochildi. Bularning barisi O‘zbekistonda jismoniy
madaniyat mutaxassislarini, jumladan yengil atletika bo‘yicha
ham yo‘riqchi-murabbiylar tayyorlana boshladi. Barcha sport
turlari qatori, yengil atletika bo‘yicha ommaviy-sport tad-
birlari ommalashib bordi. Ana shu ishlarning natijasida O‘z-
bekistonda 110 m ga g‘ovlar osha yuguruvchi N. Ovsyannikov
(Sobiq Ittifoq rekordchisi), balandlikka sakrovchi Yu. Du-
nayev, lappak uloqtiruvchi A. Òikunova, langarcho‘p bilan
sakrovchi Z. Rikovlar kabi yengilatletikachilar tayyorlanib
Sobiq Ittifoq musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni zabt etdilar.
1934-yilda O‘zbekiston yengilatletikachilari O‘rta Osiyo
va Qozog‘iston sportakiadasida ishtirok etib, yengil atletika


26
bo‘yicha erkaklar orasida o‘tkazilgan 16 turdan 10 tasida
g‘olib bo‘ldilar: E. Pusillo – 100, 200, 400 m ga yugurishda
V. Sexmestrenko – 800, 1500 m larga yugurishda, V. Bez-
rukov – 5000 va 10000 m ga yugurish Yu. Dunayev – 110 m
ga g‘ovlar osha yugurishda Ryabushev – balandlikka
sakrashda, N. Bespokoynov – uch hatlab sakrashda.
Ayollar o‘rtasida yengil atletikaning yetti turidan o‘t-
kazilgan musobaqalarning barchasida O‘zbekistonliklar g‘olib
bo‘ldilar: L. Shaternikova – 100 m ga yugurish va balandlikka
sakrash bo‘yicha, M. Òoporova — yadro itqitish va nayza
uloqtirish bo‘yicha, Ò. Kuznetsova — lappak uloqtirish
bo‘yicha; Ò. Basharina-uzunlikka sakrash, Ò. Baltarina —
800 m ga yugurish. Anashunday g‘alabalarni ta’minlashda
o‘sha davrning yetakchi yengil atletika mutaxassislari:
N. Ovsyannikov, P. Kravchenko, P. Klyauzu, G. Kosarev,
V. Skavinskiy va boshqalarning hissasi katta bo‘ldi.
1936-yilning sentabr oyida IV Umum o‘zbek spartakiadasi
o‘tkaziladi. Uning dasturidan joy olgan yengil atletika
musobaqalarida L. Shaternikova, V. Sexmestrenko, M. Òo-
porova, Ò. Besednova, L. Olixova, A. Kosareva kabi yetakchi
yengilatletikachilar yangi rekordlarni o‘rnatdilar. 1936-yilda
respublika yengilatletikachilari 32 ta O‘zbekiston rekordini
o‘rnatdilar.
1937-yilda Òoshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va
O‘zbekistonning boshqa shaharlarida birinchi yengil atletika
bo‘limlaridan iborat sport maktablari ochildi. Buning evazida
O‘zbekistonlik yosh yengilatletikachilari 1938-yilda Sobiq
Ittifoq musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladilar. Anashu
musobaqada N. Sevryukov, E. Demchenko, N. Kortunova,
K. Kapustyanskiy, Yu. Shalomiskiy, V. Drobchinskiylar
yuqori natijalarni ko‘rsatdilar.
1940-yillarda birqancha istedodli yengilatletikachilar
tayyorlandi. Ular orasida A. Kosareva, L. Skaskaya,
F. Xasanova, Olixovalar, Yu. Shalomiskiy, K. Kapustyanskiy


27
va boshqalar. Shu yili Antonina Kosareva nayza uloqtirish
bo‘yicha o‘zbekistonlik yengilatletikachilari orasidan birinchi
bo‘lib, sport ustasi talabini bajardi.
O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonning II sporta-
kiadasi 1943-yilda Alma-ata shahrida o‘tkazildi. Bu musoba-
qada erkaklar o‘rtasida Sadunin — 800, 1500 m larga
yugurishda, N. Bespokoynov 100 m ga yugurishda va
uzunlikka sakrashda, ayollar o‘rtasida L. Kanaki-balandlikka
sakrashda g‘olib bo‘ldilar.
Keyingi III sportakiada (1944-yilda) Òoshkentda
o‘tkazildi. Bunda, 100 va 400 m ga yugurishda — Kurillo,
balandlikka va uzunlikka sakrashlarda — A. Borisov va
nayza uloqtirishda G. Koserov g‘olib bo‘ldilar.
1945-yilning sentabr oyida Òoshkentdagi “Spartak”
o‘yingohida O‘zbekiston sportakiadasi dasturidan joy olgan
yengil atletika bo‘yicha musobaqalarda 150 kishi ishtirok
etdi.
1950–55-yillarda O‘zbekistonda bir necha istedodli
yengilatletikachilar yetishib chiqib, ular Sobiq Ittifoq res-
publika birinchiliklari g‘olibi, sovrindorlari bo‘lib, yangi
rekordlarni o‘rnatdilar. Ular orasida yengil atletika bo‘yicha
birinchi O‘zbekistonlik Olimpiadachi (1952. Xelsinki)
S. Popov (110 m ga g‘ovlar osha yugurish), V. Gerasimchuk
(uch hatlab sakrash), Yu. Finke (balandlikka sakrash),
N. Borisova (beshkurash).
1952-yili Nizomiy nomidagi Òoshkent davlat pedagogika
instituti qoshida, 1954-yili – Farg‘ona davlat pedagogika
instituti qoshida – jismoniy tarbiya fakultetlari, 1955-yilda
Òoshkent fizkultura texnikumi bazasida O‘zbekiston davlat
jismoniy tarbiya instituti ochildi. Bu O‘zbekistonda barcha
sport turlari qatori, yengil atletikani rivojlanishiga o‘zining
samarali ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada bir qancha kuchli
istedodga ega yengilatletikachilar yetishib chiqdi. Ular


28
orasida: L. Sklyarova, V. Rodenko, L. Òrebuxina, A. Minina,
A. Pugacheva, A. Xolmanskaya, V. Òushkov, G. Senkin,
A. Chexonin, Yu. Puzanov, V. Puskov, Yu. Krasilnikov,
N. Xaydarov, M.Altibayev, L. Moiseenko, I. Chuvilin, V. Lo-
makin, Ò. Bondarenko, S. Gudoshnikova, V. Ballod (1956-
yil Melburn1960-yil-Rum Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi),
O. Ryaxovskiy, I. Fudim, R. Fazlyakbarov, Yu. Mustashkin,
Ò. Òurkeeva, V. Sitnikov, I. Monastirskiy va boshqalar.
1960-yillarda O‘zbekistonda yengil atletika bo‘yicha bir
qancha yetakchi iqtidorli murabbiy-ustozlar: V.I.Barishev,
N.N.Bikov, A.A.Vink, Yu.Ò. Zokirov, V.P. Bessekernix,
Yu.S.Sholomiskiy, V.G. Fedoseev, M.M. Vnuchkova,
Yu.N. Puzanov, A.V. Borisov, A.A. Osipov, V.L. Lyubarov,
G.G. Arzumanovlarning rahbarligida bir qancha mohir
yengilatletikachilar tarbiyalanib, Sobiq Ittifoq birinchiliklari
va sportakiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Ular orasida E.Machula, O.Levonenko, Yu. Xmelkov,
G. Nekrashevich, G. Podlazov, E. Andris, E. Skorin, G.Kut-
yanin, G.Skolozubova (Bikova), A. Bulanov, V. Merkin,
V. Nekrasovskiy, B. Kochetkov, V. Kolmakov, A. Kiselev,
V. Òyapugin, R. Babich, A. Yusupova, N. Skorikov, G. May-
borada, V. Ormanov, N. Kondello (Òyapugina), A. Nor-
murodov va boshqalar yuksak natijalarga erishdilar.
O‘zbekiston yengilatletikachilari 1960–70- yillarda bir
necha marta xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etdilar.
Jumladan: 1962-yili Indoneziyada, 1965-yilda Hindistonda,
1971-yili Òunisda.
1970–90-yillarga kelib O‘zbekiston yengil atletikasiga
yangi nomlar voyaga yetishib chiqdi: E. Yakimenko,
L.Dolgova, V. Zdobnov, G. Ivanov, S. Serebryakov, Ò. Odi-
nokova, V.Anoxin, A. Dimov, L. Storoshkova, P.Vorobyov,
A.Xarlov, V.Chernikov, M. Rostrigin, S. Kot, A. Ibragimov,
S. Jogolev, A.Axmedjanov, A. Bershteyn, V. Chulkova,
S. Ulmasova, Z. Axtamova va boshqalar.


29
O‘zbekiston yengil atletikasida yorqin iz qoldirgan
S. O‘lmasova, Z. Axtamova, (ustozi — R.X. Sayfulin),
V.Chulkova (ustozlari — V.I. Barishev, G.G. Kutyanin),
S.Usov (ustozi — A.I.Popov, va V.A. Burmatov) lar xalqaro
toifadagi sport ustasi darajasigacha yetishib ko‘pgina xalqaro
musobaqalarda yuksak natijalarga erishdilar. Ana shu yillarda
mahalliy yoshlardan bir qancha iste’dodli yengilatletikachilar
yetishib chiqdi. Jumladan, K.T. Rahimjonova (ustozi A.A. Vink)
B.Jiyanov, M.Sultonova, T.Rayimboyeva (ustozi H.T. Ra-
fiyev) va b.
O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishida O‘zbe-
kiston davlat jismoniy tarbiya institutining yengil atletika
kafedrasining o‘rni beqiyos. Bu kafedrada Respublikadagi
eng tajribali, ko‘zga ko‘ringan yengil atletika bo‘yicha
mutaxassislar faoliyat ko‘rsatgan: V.I.Barishev, N.N.Bikov,
A.A.Vink, L.A.Malixina, Yu.N.Puzanov, E.R.Andris,
H.Ò.Rafiyev, A.F.Grigorenko, G.G.Arzumanov, Yu.A.Kra-
silnikov, G.G.Kutyanin, E.L.Mishleev, D.N.Yarmulnik,
K.Ò. Shokirjonova, (Raximjonova), Ò.Rasulova (Raimba-
yeva), V.A.Kolobov, A.V.Òaranova va b.
Bu kafedra, O‘zbekistonda yengil atletikani rivojlantirish
markazi darajasida bo‘lib butun respublikada faoliyat
ko‘rsatgan mutaxassislar yengil atletika borasida ana shu
kafedrada to‘plangan boy ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy
tajribalaridan bahramand bo‘lishadi.
Ayniqsa 1971-yilda, prfesorlar D.P.Markov va N.G. Ozo-
linlar tomonidan rus tilida yozilgan Jismoniy madaniyat
institutlari uchun, 42 bosma taboqdan iborat “Yengil atletika”
darsligini yengil atletika kafedrasining mudiri H.Ò.Rafiyev
tomonidan O‘zbek tiliga tarjima qilinib “O‘qituvchi”
nashriyotida nashr etilganligi,O‘zbekistonda yengil atletikani
rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Bu darslik orqali yengil
atletika bo‘yicha o‘zbek tilidagi atamalari ham ishlab
chiqildi.


30
1980-yillarda nayza uloqtiruvchi Ò.Biryulina, 300 m ga
to‘siqlar osha yuguruvchi A.Dimov, g‘ovlar osha yuguruvchi
A.Xarlov, langarcho‘p bilan sakrovchi R. Gataulinlar kabi
mashhur yengilatletikachilar yetishib chiqib, O‘zbekiston
yengilatletikasi Olimpiada o‘yinlarida doimiy ishtirok etish
davrini oshlab berdilar.
1991-yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach
mamlakatda prezident I. Karimov raxnamoligida jismoniy
madaniyatni rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, unga davlat
siyosati darajasigacha qaraldi. Ana shu qisqa davr ichida
barcha sport turlari qatori, yengil atletikani rivojlanishida
ham keskin ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Avvalo o‘zbe-
kistonlik yengilatletikachilar Osiyo va jahonning nufuzli sport
musobaqalarida mustaqil ishtirok etish imkoniyatiga ega
bo‘ldilar. Ayniqsa dunyodagi eng obro‘li, yirik sport muso-
baqalaridan hisoblangan Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida
O‘zekiston yengilatletikachilari mustaqil ishtirok etib, Osiyo
va Jahon yengil atletikasi tajribalaridan bahramand bo‘ldilar.
Natijada O‘zbekistonlik yengilatletikachilarimizning texnik
mahorati o‘sib, jahon yengil atletikasi natijalariga yaqinlashib,
o‘z o‘rinlariga ega bo‘lmoqdalar.
O‘zbekistonning mustaqillik yillarida anchagina istedodli
yengilatletikachilar tarbiyalanib jahon darajasidagi sport mu-
sobaqalarida mamlakatimiz sharafini muvaffaqiyatli himoya
qilib kelmoqdalar. Bu muvaffaqiyatlarga O‘zekistonda
tarbiyalanib voyaga yetgan yengil atletika bo‘yicha mutaxas-
sislardan: G.G. Arzumonov, K.Ò.Shokirjonova (Raximjo-
nova), A.Abduvaliyev, Kazakova va boshqalarning xizmatlari
beqiyos. Ana shularni samarali mehnatlari tufayli O‘zbe-
kistonda birinchi bir necha iste’dodli yengilatletikachilar
tarbiyalandi: 1992-yildagi Barselonada o‘tkzilgan XXV
olimpiya o‘yinlari 4 
´
400 m ga estafeda yugurish bo‘yicha
oltin medal sohibasi M.Shmonina. 100 m ga yugurish bo‘-
yicha Doxada o‘tkazilgan XV Osiyo o‘yinlari chempioni


31
G. Xubbiyeva, nayza uloqtirish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida
jahon chempioni S.Voinov, Xalqaro musobaqalarda muvaf-
faqiyatli ishtirok etib kelayotgan xalqaro sport ustalari A. Ju-
ravlyova, A.Kotlyarova, B.Shokirjonov, I.Zaysev va b.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish