Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
Bog'liq
engil atletika

4-vazifa.
Yerga tushish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar:
1.Òurgan joydan uzunlikka sakrab, mumkin
qadar oyoqlarni oldinga «uloqtirib tashlash». 2. 3–5 qadam-
dan yugurib kelib uzunlikka «qadamlab» sakrash. Uchish
o‘rtasida depsinuvchi oyoqni silkinch oyoqqa yaqinlashtirib,
yerga tushish oldidan gavdaning holatini to‘g‘rilash. Keyin
yerga tushib, oyoqlarni bukib, qo‘llarni oldinga ko‘tarib
olg‘a chiqib ketish. 3. Qisqa yugurib kelib, yerga tushadigan
joydan yarim metr berida 20–40 sm balandlikka o‘rnatilgan
planka ustidan uzunlikka sakrash. 4. Qisqa yugurib kelib,
yerga tushish mo‘ljallangan joyga to‘shalgan qog‘oz lenta
ustidan uzunlikka sakrash. 5. Bir oyoqda depsinib, ikkin-
chisini tos balandligigacha ko‘tarib, yuqoriga qayta-qayta
sakrash. Bunda gavda sal olg‘a engashadi. Bu mashqni yurib
keta turib yoki sekin yugurayotib, har 4 qadamdan keyin, 5-
qadamda depsinib bajarsa ham bo‘ladi.


271
Metodik ko‘rsatmalar.
Sakrashning bu unsuri texnikasi
boshqa usullarga o‘tganda deyarli o‘zgarmaydi. Shuning
uchun, yerga to‘g‘ri tushishni o‘rgangandan keyin, uni ko‘p
marta takrorlab, malakaga aylantirib olish kerak.
Ko‘pincha yosh shug‘ullanuvchilar, mushaklari zaiflik
qilib, yerga tushayotganda oyoqlarini yuqoriroq ko‘tara
olmaydilar. Shuning uchun yerga tushishni sonlari ko‘-
taradigan mushaklar kuchini oshiradigan maxsus mashqlarga
qo‘shib o‘rgatish kerak.
5-vazifa.
Yugurib kelishdan depsinishga to‘g‘ri o‘tishni
va oxirgi 4 qadam ma’romini o‘rgatish.
Vositalar:
1. 3–5 qadamdan yugurib kelib uzunlikka
sakraganda, depsinuvchi oyoqni «sidiruvchi harakat» bilan
depsinish joyiga tezlashtirib faol qo‘yish. 2. Shuning o‘zini
60–80m ga yuguraturib, har beshinchi qadamda depsinib
bajarish. 3. Òaxtaning narigi yog‘iga chegara qo‘yib, qisqa
va o‘rta masofadan yugurib kelib, uzunlikka sakrash. Bu
mashqni bajarayotganda shug‘ullanuvchi odatdagi tezlikda
yugurib kelib, oyog‘ini tezda chegara qo‘yilgan taxtaga qo‘yib,
depsinishi kerak.
Metodik ko‘rsatmalar.
Yugurib kelishdan depsinishga
o‘tishdagi qadamlar ma’romi, doimiy mashq qilishni talab
qiladi. Har qanday uzoqlikdan yurib kelib uzunlikka sak-
raganda ham oxirgi qadamlar ma’romiga e’tibor berish kerak.
Oxirgi besh qadam uzunligini o‘lchab, ular ma’romi qan-
chalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash kerak. Shug‘ullanuvchilarga
oxirgi qadamlar ma’romining va oyoqni taxta ustiga, qadamni
qisqartirib, tez qo‘yishning ahamiyati va xususiyatlarini
tushuntirish kerak. Buning uchun qiya yo‘lkadan foydalanmoq
kerak. Qiya yo‘lka bo‘ylab juda ko‘p martalab qisqa va o‘rta
masofada katta tezlikda yugurib kelib depsinishga yaqin-
lashish texnikasini va depsinish texnikasini takomillashtirish
imkonini beradi.
Yugurib kelishda oxirgi qadamlar ma’romining to‘g‘ri
bo‘lishiga intilish bilan birga, bu qadamlar shiddatini oshirishni


272
ham o‘rgatish kerak. Oxirgi qadamlarni kuchanmay bemalol
bajarishni tez-tez eslatib turish kerak. Oxirgi qadamlarda
ham «baland» yugurishning ahamiyati katta. Buni faqat oxirgi
qadamlarini cho‘zib-cho‘zib, oyoqlarni yarim bukib qu-
yadiganlarga eslatib turish kerak.
6-vazifa.
Uzunlikka sakrash texnikasini yaxlit takomil-
lashtirish (o‘rtacha yugurib kelishdan).
Vositalar:
1.Òezlanishli o‘rtacha yugurib kelishni (10–
12 yugurish qadamlari) qayta-qayta takrorlab, uning uzun-
ligini aniq belgilab olish. 2. O‘rtacha yugurib kelishdan
uzunlikka sakrash. Shuning o‘zini yaxshi texnika ko‘rsa-
tishdan musobaqalashib bajarish. 3. Uchish uzoqligining
yarmida 60–80 sm balandlikda qo‘yilgan planka ustidan,
o‘rtacha yugurib kelib, uzunlikka sakrash. 4. O‘rtacha yugurib
kelib uzunlikka sakrashdan musobaqalashish.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish