275
7. Shuning o‘zi, lekin uchishning eng yuqori nuqtasida oyoqlar
o‘rnini havoda yugurish harakati bilan almashtirish. Odim-
layotganday holatda ikkala oyoqda yerga tushish (depsinuvchi
oyoq oldinda, silkinch oyoq orqada).
Metodik ko‘rsatmalar.
«Qaychi» harakatlarini boldir bilan
emas, balki sondan boshlab to‘g‘ri bajarishga alohida e’tibor
berish zarur. Sakrovchi havoda to‘ppa-to‘g‘ri oyoqlarini yoki
iliklarini «qaychi» qilmaydi, balki yugurishni davom ettir-
ganday harakat qiladi. Bunday yugurish kamroq uzunlikka
sakraganda ham, harakatlar doirasi kichikligiga qaramay,
saqlab qolinishi kerak. Uchishdagi yugurish harakatlari bilan
yerga tushish oldidan silkinch oyoqni depsinuvchi oyoqqa
tomon tortish o‘zlashtirilgandan
keyingina yugurib kelishni
tezlatsa va uzaytirsa bo‘ladi.
9-vazifa.
«Ko‘krak kerish» usulining uchish fazasi tex-
nikasini o‘rgatish. Agarda shug‘ullanuvchida bu usulda
sakrashga moyillik ertaroq sezilsa, bu usulni o‘rgatishni
oldinroq, 4-vazifa oldidan boshlasa ham bo‘ladi.
Vositalar.
1. Qisqa yugurib kelib sakrash texnikasini
ko‘rsatish; sakrash texnikasi tasvirlangan kinohalqalar,
kinogramma va plakatlarni ko‘rib chiqish; «ko‘krak kerib»
sakraydigan ustalar texnikasini kuzatish. 2.
Qisqa yugurib
kelib sakrash. «Qadam» holatidan silkinch oyoqni pastga
tushirish va shu oyoqda yerga tushib, yugurib ketish. 3. Qisqa
yugurib kelib sakragandagi «qadam» holatidan silkinch oyoq
va qo‘llarni tez pastga tushirish va gavdani rostlab ikkala
oyoqda yerga tushish. 4. Qisqa yugurib kelib sakragandagi
«qadam» holatidan silkinch oyoqni pastga tushirib, keyin
orqaga tortib, tosni esa oldinga chiqarish – ko‘krak kerish.
Qo‘llarni yarim bukilgan holda,
yonlamasiga yuqoriga
ko‘tarish. Oyoqlarni oldinga «uloqtirib tashlashga» intilmay,
ikkala oyoqda yerga tushish. 5. Qisqa yugurib kelib ko‘p-
rikcha yoki tramplindan depsinib sakrash. 6. Qisqa yugurib
kelib sakragandagi «qadamlab uchayotgan» holatdan oyoqni
276
pastlatib orqaga tortib, plankani oyoq tagi bilan urib tushirish.
Planka depsinish joyidan 1,5–1,8 m narida 20–30 sm
balandlikka o‘rnatiladi. 7. Balanddagi bir nimadan (o‘tirg‘ich,
ot, eshak) pastdagi qum solingan chuqurga yoki mat ustiga
tushish; depsinuvchi oyoq oldinda, silkinch oyoq orqada.
Silkinch oyoq oldinga chiqqandan keyin, uni pastlatib orqaga
tortiladi, tos sal oldinga chiqariladi. 8. 4-mashqning o‘zi,
lekin yerga tushish paytida oyoqlar oldinga «uloqtiriladi».
Qo‘llar oldindan pastlab, orqaga tortiladi. 9. Qisqa va o‘rtacha
yugurib kelib sakrab, uchish vaqtida shiddat bilan ko‘krak
kerish, shu holatni bir zum saqlab qolgandan keyin, oyoqlarni
oldinga faol «uloqtirish».
Metodik ko‘rsatmalar.
«Ko‘krak kerib» sakrash usulini
o‘rgatayotganda «qadamlab» uchib chiqishga e’tibor berish
kerak, chunki depsinish vaqtidayoq barvaqt «ko‘krak kerib»
yuborish ehtimoli ham yo‘q emas. Ko‘krak kergan paytda
boshni orqaga tashlamaslik kerak.
Qisqa yugurib kelib sakraganda (ayniqsa
yangi bosh-
layotgan sakrovchilarda) uchish unchalik ko‘p davom et-
maydi, shuning uchun bunda, uchib chiqqandan keyin,
«qadam»ni bir ko‘rsatib, shu zahotiyoq silkinch oyoqni pastga
tez tushirib, ko‘krak keriladi.
10-vazifa.
Òanlab olgan sakrash usulida texnikani ta-
komillashtirish.
Vositalar
: 1.
Har uchala usulda, qisqa o‘rta va to‘liq
yugurib kelib uzunlikka sakrab ko‘rish. 2. O‘rtacha yugurib
kelib uzunlikka sakrashdan musobaqa – 6 ta urinish berishda
uchish fazasidagi uchala usulni navbatma-navbat bajarib
ko‘rish. 3. Sakrash usulini tanlash va alohida fazalar tex-
nikasini takomillashtirish. 4. Kuchni va sakrovchanlikni rivoj-
lantiradigan maxsus mashqlar bajarish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Uzunlikka sakrash texnikasini o‘r-
gatish jarayonida shug‘ullanuvchilar usullardan birini bosh-
qalariga nisbatan yaxshiroq o‘zlashtiradilar. Ustoz dastlabki
278
bir-ikki mashg‘ulotda har bir shug‘ullanuvchining uchala
usulda sakrash texnikasi qandayligini aniqlab, ulardan qaysi
biri samaraliroq ekanini tekshirib ko‘rishi kerak.
Uzunlikka sakrash texnikasi uzoq vaqt mashq jarayonida
takomillashadi. Bunda texnikani yaxshilash vazifalari bilan
irodaviy va jismoniy fazilatlarni rivojlantirish vazifalari cham-
barchas bog‘lanib ketadi.
Sakrovchanlikni
yaxshilash uchun, 96-rasmdagi 1–7
mashqlardan foydalanish kerak. Bu mashqlarni yetarli da-
rajada ko‘p marta, mushaklar sezilarli charchaguncha
bajarmoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: