105
2) Iqtisodiy sanksiya: mukofotlash, moddiy rag‗batlantirish, jarima solish va
boshqalar.
3) Ramziy sanksiya: hurmat bildirish, izza qilish, xayfsan berish..
Ijtimoiy munosabatlar asosini yana ijtimoiy rol tashkil etadi. Ijtimoiy rol:
jamiyat ijtimoiy tarkibida bog‗lovchi ahamiyatga ega. Ijtimoiy rol, oldingi masalada
ta‘kidlaganimizdek, jamiyat ijtimoiy tarkibida-psixologik jihatlarni o‗zida mujassam
etgan.
Sotsiologiyada jamiyatning quyidagi yo‗nalishlari mavjud:
1. Mexanik yo‗nalish (maktabi) - (XIX asrda paydo bo‗ldi,
sotsial harakatni
biologik harakat shaklida tushunadi, olamni mexanik talqin qiladi).
2. Organik yo‗nalish (maktabi): (XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga
kelgan, jamiyatni organizmga tenglashtirgan va ijtimoiy hayotpi biologik
qonuniyatlar bilan tushuntirishga urinadi, jamiyat organizm bilan bir, deydi).
3. Kulturologik yo‗nalish (maktabi): - qadriyatlar madaniyatni vujudga keltiradi,
deb talqin qiladi.
Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko‗rinishlari mavjud:
1. Farovonlik (mo‗l-ko‗llik) jamiyati: – (Ko‗proq G‗arbda: Skandinaviya
davlatini misol keltirish mumkin).
2. Iste‘mol qilish jamiyati (AKShda XX asr 40–50-yillarda yuzaga kelganligi
bilan harakterlanadi).
3. Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq jamiyat - demokratik jamiyat bo‗lib
tashqi
muhit sharoitlarida oson o‗zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‗tmoqka
moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat – dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‗lib, sehrli
(magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi.
1. An‘anaviy jamiyatda yerga bo‗lgan mulkchilik asosiy o‗rinni egallaydi.
Boylik tashqi manbalar asosiga qurilib, tabiat manbaalarini egallash, o‗zlashtirish
kuchayadi.
An‘anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha
chegaralangan edi. Chunki, an‘anaviy jamiyatda mehnatning
tabiiy taqsimoti va
ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatlarning o‗ta tabaqalashuvi, o‗zaro harakatlar va
munosabatlarni norasmiy muvofiqlashirish, jamiyat a‘zolarining bir-biriga tobelik,
urug‗chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bogliqligi, boshqaruvdagi
primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a‘zolarining faolligini cheklab qo‗ygan bo‗lib, bu
holat shaxsning ijodiy faoliyat ko‗rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‗l
bermas, o‗zaro munosabatlarning esa biqiq bo‗lishini taqozo etar edi.
4 Industrial (sanoat) jamiyati. (XX asr 50-60 -yillarida yuzaga keldi. Bu
konsepsiyaga o‗z mohiyatiga ko‗ra markscha ijtimoiy-iqtisodiy formasiya
to‗g‗risidagi ta‘limotlarga qarshi qaratilgan.
Industrial jamiyat ta‘limotiga ko‗ra jamiyat turi:
texnikaviy, industrial-
rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat tipini sinfiy strukturadan ajratib olib
qaraydi «Industrial» jamiyat 2 bosqichda kechadi:
1) «Industrial» sanoat jamiyati;
2) «An‘anaviy» jamiyatdan sanoat jamiyatiga o‗tib boradi.
106
2. Industrial jamiyatda mulkning barcha ko‗rinishlariga bo‗lgan munosabat
shakllanadi. Yirik mashina ishlab chiqarishi qo‗l mehnati o‗rniga kelib yuksak
mehnat unumdorligiga asoslangan ishlab chiqarishni izohlaydi.
Avtomatik ishlab
chiqarish vujuga keladi. Ommaviy ishlab chiqarish belgiga aylanadi. Ishlab
chiqarishda yuksak malakali ishchilarning roli ortib boradi, ular mutaxassislashadilar.
Natijada mashina yordamida standartlashgan operasiyalar bajariladi. Xo‗jalik
sohasida sanoat va moliyaviy kapital ustunlik qiladi. Mahsulot bozor uchun
mo‗ljallangan bo‗ladi. Industrial jamiyatni iqtisodiy jamiyat deb atash ham mumkin.
Chunki real bogliq iqtisodga qaratilgan bo‗ladi. Natijada erkin xalqaro iqtisodiy
hamkorlik mamlakat davlatlari qatoriga qo‗shila boradi. Urbanizasiyalashuv ta‘lim
tizimiga yangicha yondashuvni, ommaviy madaniyatni vujudga keltira boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: