109
Falsafada: ijtimoiy faoliyat ma‘nosini bildiradi.
Sotsiologiyada: - ijtimoiy faoliyatning eng oddiy birligi, (ongli harakat)
mazmuniga ega.
Umuman, ijtimoiy harakatning 4 xili, tipi mavjud:
1. Maqsadli-oqilona harakat (oqilon vosita).
2.Qadriyatli oqilona harakat (etik, estetik, diniy).
3. Affektiv harakat tipi (emotsional holatlari).
4. An‘anaviy harakat (madaniy, taqlid bilan)
52
Shaxsning xuquqlari va burchlari:
1) Mas‘uliyat.
2) Statuslar.
3) Bosh status.
4) Shaxsiy status.
5) Ijtimoiy status.
6) Qayd qilingan status.
7) Aralash status
8) Erishilgan status.
Statusning elementlari: (Status: -
lat. fuqaro yoki yuridik shaxsning huquqiy
holati – huquq va majburiyatlari majmui) – Statusni identifikasiya qilish birov bilan
yoki bir narsa bilan solishtirish
- status roli
- status huquqlari
- status diapazoni
- status ramzlari
- status burchlari
- status obrazi
(imidj)
Status orqali olamni ko‗rish
Rollar yig‗indisi...
Qadimgi davrdan boshlab to o‗rta asrlargacha bo‗lgan
zamonda davlat keng
talqin qilingan, lekin u o‗zi tashkil qiladigan va ifaodalaydigan jamiyatdan alohida
emas edi. Birinchilardan bo‗lib Nikkolo Makiavelli «davlat» terminini keng va tor
ma‘nodagi ahamiyatlarini talqin etgan edi. Bu paytgacha bo‗lgan davrda davlat turli
va ancha aniq tushunchalarni anglatgan. N.Makiavelli adabiyotlarga «Stato» degan
maxsus terminni kirgazib, u davlatni uning qandaydir aniq shaklidan qat‘iy nazar
jamiyatning alohida siyosiy tashkiloti sifatida talqin etdi.
Davlat, jamiyat va individlarning o‗zaro bir-biridan chegaralanish g‗oyasi
mazkur ijtimoiy institutlarning muayyan murosaviy muhitda
amal qilishni taqazo
etadi. Bu g‗oyani Gobbs, Lokk, Russo va boshqalar davlatlarning shartnoma
nazariyalari tarzida amalga oshirdilar. Bu nazariyaga binoan uchta tushuncha
(individ, davlat, jamiyat) tarixan bir-biridan bo‗lingandir. Dastavval erkin va yarim
yovvoyi yashagan individlar iqtisodiy va boshqa sohalarda o‗zaro harakatlarda
bo‗lish oqibatida jamiyatni tashkil etdilar va keyinchalik o‗zlarining xavfsizliklarini
52
Умумий социология. Т: ТошДУ, 1999, 70 -бет
110
tabiiy huquqlarini shartnomalar tuzish yo‗li bilan himoya qilish maqsadlarida
maxsus organ-davlatni tuzdilar.
«Davlat» tushunchasi odatda ma‘lum bir
hududda oliy hokimyatga ega
tashkilotni anglatadi. Davlatning mohiyatini yanada chuqurroq va har tomonlama
anglash uchun uning muxim belgilarini bilish lozim.
Minglab yillar jamiyatning rivojlanishi bilan birga davlat ham uning bir qismi
sifatida rivojlanib keldi. Davlat bilan shaxsning o‗zaro munosabati xususiyatlari,
davlat tuzumida rasionallik erkinlik va inson erkinligi prinsiplarining tatbiq
etilishiga qarab davlatning rivojlanishini ikkita muxim etapga bo‗lish mumkin:
an‘anaviy va konstitusiyaviy. Shuningdek, an‘anaviy va
konstitusiyaviy davlatning
belgilari namoyon bo‗lishiga qarab oraliq bosqichlarga ham bo‗linadi. Masalan,
totalitar davlatchilik. An‘anaviy davlatlar tarxiy meros bo‗lgan urf-odat, me‘yorlar
asosida stixiyali ravishda rivojlanadi. Bu davlatlarda xalq ustida institutlashgan va
cheklanmagan hokimiyatga ega bo‗lib, kishilarning teng huquqli ekanligi inkor
etilib, erkin insonning davlat hokimyatining manbai ekanligi tan olinmagan. Bunday
davlatlarga tipik misol sifatida monarxiyani ko‗rsatish mumkin.
Konstitusiyaviy va nokonstitusiyaviy davlatlar o‗rtasidagi chegaralar erkinlikka
nisbatan munosabat, shuningdek inson huquqlarini saqlash amaliyoti, shaxs, jamiyat
va o‗zaro munosabatlaridagi ustivor yo‗nalishlar asosida belgilanadi. Davlat
rivojlanishining konstitusiyaviy bosqichi davlatning jamiyatga va fuqarolarga
bo‗ysunish, davlatning aralashuv vakolati va yo‗nalishlarining
konstitusiyaviy
belgilab qo‗yilishi, davlat faoliyati va inson huquqlari kafolatlarining huquqiy
reglamentasiya qilinishi bilan bog‗liqdir. Konstitusiyaviy davlatlar an‘anaviy
davlatlari shakllanishi, ichki tuzilishi va funksiyalari bilan keskin farqlanadi.
Siyosiy hokimiyat murakkab ijtimoiy hodisa bo‗lib, u davlat hokimiyat va
boshqa siyosiy tashkilotlardan tarkib topadi.
Davlat
- ijitmoiy hodisa bo‗lib, jamiyatning harakatlanishida muhim rol
o‗ynovchi alohida bir tashkilotdir. U har qanday jamiyat siyosiy tizimining bir qismi
(element), hokimiyatni amalga oshiruvchi vositadir. Uning faoliyati jamiyatning
hamma sohasiga ta‘sir qiladi. U vakolatni xalqdan oladi va o‗ziga tegishli vakolatni
o‗zining maxsus tuzilmalari – davlat organlari orqali amalga oshiradi. Davlat xalq
manfaatini kuzlasa,
unga ijitmoiy hayotda, davlat ishlarida, xo‗jalik yuritishda
erkinlik bersa, tinchlik siyosati yurgizsa, davlat demokratik hisoblanadi va
taraqqiyotga sabab bo‗ladi. Aksincha,
xalqning erkinligini cheklasa, taraqqiyotga
to‗sqinlik qilsa, zo‗ravonlik bilan ish olib borsa-reaksion davlat hisoblanadi.
«Davlat» so‗zi ko‗pincha «mamalkat» so‗zi o‗rnida ham ishlatiladi. Masalan, ayri
hollarda «mamlakatmiz» degan so‗z o‗rnida «davlatimiz» degan so‗zni
uchratishimiz mumkin. Davlatning ko‗rsatmasi jamiyatning hamma a‘zolari –
fuqarolar, fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar, chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar,
nodavlat tashkilotlari, jamoat birlashmalari uchun majburiydir.
Davlat qonun
yaratadi va o‗zi ham qonunlarga bo‗ysunadi.
53
Davlat jamiyat siyosiy tizimida markaziy o‗rinni egallaydi. Negaki, u
hokimiyatni o‗ziga eng ko‗p mujassamlashtirgan siyosiy tashkilot bo‗lib,
53
Қаранг: Конституциявий ҳуқуқ. Изоҳли луғат. Т.: «Академия» 2001, 27-бет.
111
jamiyatdagi ijitmoiy muammolarni yechishning eng ko‗p imkoniyatlariga ham
egadir. Shu tufayli jamiyat siyosiy tizimini tashkil etuvchi boshqa institut va
tashkilotlar ham aynan davlat atrofida birlashadilar. «Davlat» keng ma‘noli
tushunchadir. Davlatning mohiyatini tushunishda 3 asosiy nazariy yondoshuv
mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: