46
ma‘lum bir maqsadga muvofiq tizimga keltirishni tashkil etish hamda jamiyat uchun
zarur bo‗lgan tarbiyalash samaradorligini ta‘min etishdan iborat bo‗lib qolaveradi.
Hozirgi zamon ilm-fani, shu jumladan sotsiologik tadqiqotlar natijasida ham
bunday murakkab va muhim tarbiyaviy ishni hal etish uchun ko‗p ishlar qilingan
bo‗lsa ham Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi sharoit,
yangi vaziyat
bu borada ko‗p ishlarni tubdan o‗zgshartirishni talab etmoqda. Mamlakatimizda yuz
berayotgan tub o‗zgarishlar, fikr erkinligi, demokratiya sotsiologik tadqiqotlar
o‗tkazish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Pedagog-olimlar, sotsiologlar yangi jamiyat kishisini tarbiyalab yetkazish
uchun pedagogikaning fundamental masalalarini qayta ko‗rib chiqishlari, katta
miqyosda tadqiqot ishlari olib borishlari, mamlakatda sodir bo‗layotgshan iqtisodiy
va sotsial-madaniy jarayonlarning mohiyatini va o‗ziga
xos tomonlarini ochib
beruvchi qirralarni aniqlashlari kerak. Chunki bu jarayonlarnitng barchasi yangi
jamiyat kishisining shakllanishi, ijtimoiy ongni va demak, har bir shaxsning ham
onggini, dunyoqarashini, xulq-atvorini ham o‗zgartirish bilan bog‗liqdir.
Mana shu kabi muhim vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi pedagog
olimlarimizdan, sotsiologlardan, tarbiya ishi bilan band bo‗lgan har bir kishidan
ijodiy izlanishlarni. Oldin faqat bir tomonlama o‗rganilib kelingan shaxsni
shakllantirish,
kamolotga yetkazish, milliy g‗oyali qilish masalalariga katta diqqat
hamda mas‘uliyat bilan yondashishni talab etadi.
Shunday qilib, pedagogika hamda sotsiologiya (tarbiya sotsiologiyasi) fanlari
oldida davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan muhim masalalar turibdi.
Sotsiologiyaning ilmiy jarayonga olib chiqilishi O.Kont nomi bilan bog‗liq.
Sotsial fanlarning tadqiqot ob‘ektlarini aniqlash ancha murakkab bo‗lib, ular
jamiyatdagi turli munosabatlarni tahlil etadilar. Tarbiya sotsiologiyasi ham
sotsiologiyaning tadqiqot yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning predmeti esa
jamiyatda shaxsning shakllanib borishidir. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy
muammolarni hal etishdagi rolining toborpa oshib borayotgani va shu sababli uning
g‗oyaviy-siyosiy, ma‘naviy tomonlarini rivojlantirishga ko‗proq e‘tibor berilayotgani,
boshqa tarmoqlarga qaraganda (shahar, qishloq, mehnat sotsiologiyalari va x.k.)
tarbiya sotsiologiyasini oldingi o‗rinlarga olib chiqmoqda.
Shaxs rivojlanishi va shakllanishining sotsial faktorlari haqida gapirar ekanmiz
bunda mehnatning juda katta rol o‗ynashini ham esdan chiqarmaslik kerak. Shaxs
ruhiyati va xulq-atvorida ijtimoiy munosabatlar, birinchi navbatda uning ijtimoiy
rolida aks etadi. Ijtimoiy munosabatlar shaxsga turli darajalarda ta‘sir etadi: Shaxsda
bir vaqtning o‗zida
ham umuminsoniy, ham sinfiy, ham milliy va shuningdek,
guruxiy (jinsi va yoshiga qarab), ham mikroguruhiy (ayrim oilalar, jamoalar,
norasmiy guruxlar) munosabatlari yuzaga keladi. Shaxs onggiga umuman va
shuningdek. Uning ayrim tomonlariga , qirralariga, ayrim aspektlariga u yoki bu
darajada ta‘sir etishlari natijasida, ular shaxs ruhiyati olamida o‗z izini qoldiradilar.
Bu ta‘sirlar shaxs ruhiyatida ko‗payib
borishi bilan birga, ular bir-birini to‗ldiradi
yoki inkor etadi, yo‗qotadi va oldin paydo bo‗lgan ehtiyojlar bilan, qiziqishlar,
munosabatlar va ko‗nikmalar bilan o‗zaro aloqada bo‗lib ma‘lum bir tizim
komponentlarini tashkil etadi. Demak, inson o‗zining dinamik jihatdan rivojlanib
borishida, rivojlanayotgan jamiyat modeli sifatida olib qaralishi mumkin ekan. Lekin
47
bu model turli darajalarda bo‗ladi, chunki ijtimoiy munosabatlarning qarama-
qarshiligi turli shaxslar onggida turlicha iz qoldiradi.
Inson pedagogika, psixologiya, etika, estetika fanlarining
predmeti sifatida
tadqiq etilishidan oldin, uningsh rivojlanib, shakllanib borishi, uning muhiti, sharoiti
sotsiologik tahlil etishning ob‘ekti bo‗lmog‗i kerak.
Uning asosiy maqsadi – inson mohiyatining ijtimoiy muammosini hal etish-
dir... Butun tarbiya jarayoni u keng yoki tor ma‘noda tushunilishidan qat‘iy nazar
jamiyat va shaxs o‗rtasidagi o‗zaro munosabatning eng muhim shakli sifatida olib
qaralishi lozim. Bu o‗zaro munosabatning dastlabki shakliga (*darajasiga) insonning
ob‘ektib o‗zaro xarakati, uning hayot tarzi, uning sotsial va madiy muhiti kiradi.
Jamiyat miqyosida ro‗y berayotgan ommaviy hodisalar ham pedagogika va
sotsiologiya, psixologiya fanlari uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Chunki alohida
shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning ta‘sirini
inkor etib
bo‗lmaydi. Zamonaviy sotsiologiyaning diqqat markazida jamoa (assotsiasiya) va
uning asosiy ijtimoiy namoyon bo‗lish shakli – ommaviy (guruxiy, jamoaviy) xulq-
atvori ham turadi.
Kishilar o‗z hayot-faoliyati davomida birlashadigan guruxlar masalasi nafaqat
pedagogika, psixologiya fanlarining, balki sotsiologiya fanining ham muhim tadqiqot
ob‘ekti hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar asosan ijtimoiy guruxlar o‗rtasidagi
munosabatlarda namoyon bo‗ladi. ―Sotsial guruh‖ termini juda keng va ko‗p
ishlatiladi. Pedagogika va psixologiya fanlarida guruhlarni sotsial-iqtisodiy, sotsial-
demografik, sotsial-psixologik va boshqa guruxlarga ajratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: