3-modul
1 topshiriq
1. Gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlariga nimalar kiradi?
Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi turlariga gigienik va atletik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funktsiyalarini takomillashtirish maqsadida qo’llaniladi.
2. Sog’lomlashtiruvchi gimnastika mashg’ulotlarining shakllari.
Jismoniy sog`lomlashtirish mashg`uloti jismoniy tarbiyaning pеdagogik va mеtodik printsiplariga binoan o`tkaziladi. Mashg`ulotni o`tkazish printsiplari quyidagi talablar asosida konkrеtlashtirildi:
-mashg`ulot ta'lim, tarbiyaviy va sog`lomlashtirish vazifalarini bajarish, talabalarda jismoniy mashg`ulotlarga qiziqishni shakllantirish, ularni aktiv faoliyatga undashi kеrak;
-mashg`ulot vazifalari kontingеntining boshlang`ich ahvoli haqidagi ma'lumotlar asosida tuzilgan bo`lishi lozim;
-mashg`ulot mazmuni, uni tashkil etish va o`tkazish mеtodikasi har bir talabaning psixologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan individual tipologik xususiyatlari va shaxsiy haraktеriga asoslangan bo`lishi kеrak;
-mashg`ulot mazmuni va yuklamasi o`quv jadvaldagi boshqa umum ta'lim darslariga mos kеlishi kеrak.
3. Gimnastikaning soglomlashtiruvchi turlarining mohiyati nimada?
Inson organizmi forma va funktsiyalarini kishining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga salomatligini mustahkamlashga uzoq yillar davomida faoliyat ko`rsatib yashashlarini ta'minlashga yo`naltirilgan mukammal rivojlantirish.
4. Gimnastikaning sport turlariga qaysi guruhlar kiradi?
Gimnastikaning sport turlari. Bu guruhga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatika kiradi.
5. Gimnastika sport turining mohiyati nimalardan iborat?
Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida gimnastika ko‘p kurashining murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat.
6. Gimnastikaning amaliy turlari qaysi guruhlardan iborat?
Gimnastikaning amaliy turlariga quyidagilar kiradi: ish kuni tartibiga kiritiladigan mehnatkashlarning sog‘lomlashtirishga, ish qobiliyatini o‘stirish va shu asosida mehnat unumdorligini oshirishga yordamlashadi.
7. Korxona gimnastika sport turining mohiyati nimalardan iborat?
Korxona gimnastikasi asosan mehnatda mudofaa va sport faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘llaniladigan kasbiy, amaliy, harbiy amaliy va sport amaliy gimnastikasi kiradi.
8. Gigienik gimnastikaning vazifalari, vositalari haqida tavsif bering..
Gigienik badantarbiya mashqlari jismoniy tarbiya vositasi xisoblangan xolda, inson sogligini saklash va mustahkamlash, organizmning xayotiy faoliyatini oshirish vazifalarini bajaradi, tetiklikni qo‘llab-kuvvatlaydi, a’lo kayfiyat baxshida etadi. Gigienik mashqlar insonning kundalik xayoti sharoitlarida keng qo‘llaniladi. U foydali odatlarni tarbiyalashda yordam beradi. (Gigienik qoidalarga rioya qilish va kun tartibiga rioya qilish, tanani parvarish qilish), doimiy jismoniy mashqlarni bajarishga undandi.
9. Ertalabki gigienik gimnastikaning qoidalari ahamiyati haqida gapiring.
Ertalabki gigienik gimnastika tanani sog'lom holatga keltirishni tezlashtiradi, tananing barcha qismlarida qon va limfa oqishini kuchaytiradi va nafas olishni tezlashtiradi, bu metabolizmni faollashtiradi va bir kechada to'plangan parchalanish mahsulotlarini tezda yo'q qiladi. Tizimli zaryadlash qon aylanishini yaxshilaydi, yurak-qon tomir, asab va nafas olish tizimini mustahkamlaydi, ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini yaxshilaydi va miya yarim korteksining yanada samarali ishlashiga hissa qo'shadi.
10. Davolash gimnastikasi vazifasi asosiy vositalari va shakli haqida gapiring.
Davolash jismoniy tarbiyasining asosiy qismi bo‘lgan turli xastalik va jarohatlarni davolash uchun qo‘llaniladigan ish qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash gimnastikasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |