- 933 -
bilan birga (kombinatsiya) qo‘llashadi. Xloridinni sulfanilamidlar bilan
birgalikda nafaqat bezgakni, balki toksoplazmozni davolashda ham qo‘llashadi.
Eritrotsitar shizontlarga halokatli ta'sirni xinn daraxti po‘stlog‘idan olinadigan
alkaloid bo‘lmish xinin ham ko‘rsatadi. U bezgakka
qarshi nisbatan kuchsiz
ta'sir etadi. Xininning katta ustunligi uning ta'sirini tez rivojlanishidadir. Xinin
ancha katta zaharlilikka ega ekanligi bilan ajralib turadi. Uni qo‘llaganda turli
xil nohush ta'sirotlar (bosh aylanishi, ko‘rish
va eshitishni buzilishi, buyrak
funksiyasini susayishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, diareya, allergik reaksiyalar)
tez-tez kuzatiladi.
Xingaminga va ko‘pgina dori vositalariga chidamlilik orttirgan tropik
bezgak hurujlarini bartaraf etish va uni davolashda xinin katta ahamiyatga ega.
Dori preparatlari sifatida xininni sulfati, gidroxloridi va digidroxloridini
qo‘llashadi.
4-xinolinmetanol hosilasi guruhiga sintetik preparat mefloxin mansub.
Xininga o‘xshab u gematoshizotrop ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sirining
davomliligi
bilan ajralib turadi. t
½
>6 kun (xininniki t
½
~10 soat) faqat ichiladi. Mahalliy
ta'sirlovchi xossaga ega. Xininga nisbatan kam zahar. Dispepsik buzilishlar,
terida toshmalar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.
Preparatni
katta dozalarda qo‘llaganda nevrologik buzilishlar, tirishish rivojlanishi
mumkin.
Sulfanilamidlar va sulfonlar ham gematoshizotrop faolligiga egadirlar.
Ularning samaradorligi bezgak plazmodiylarining para-aminobenzoy kislotasini
o‘zlashtirishlarini buzilishi bilan bog‘liq.
Sulfanilamidlardan sulfazin, sulfapiridazin,
sulfadimetoksin, sulfalen,
sulfadoksinlarni qo‘llashadi. Sulfonlar guruhidan moxovga qarshi vositalar
sifatida topilgan diafenilsulfon (dapson) bezgakni davolash va oldini olishda
qo‘llaniladi.
Sulfanilamidlar va sulfonlarni gematoshizotrop
faolligi nisbatan katta
emas. Ularning ta'siri sekin rivojlanadi. Ushbu preparatni yakka o‘zini
- 934 -
qo‘llashmaydi. Ularni odatda boshqa bezgakka qarshi vositalar bilan birga,
masalan, xinin, digidrofolatreduktazaning ingibitori (xloridin, trimetoprim) bilan
qo‘llashadi.
Tez-tez kombinatsiyalangan preparatlarni, masalan, fansidor (xloridin +
sulfadoksin) qo‘llashadi.
Xingaminga chidamlilik orttirilgan hollarda, ba'zan tetratsiklin qatoridagi
antibiotik doksitsiklin qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: