- 929 -
falciparum hisoblanadi. Bezgak plazmodiysi rivojlanishi ikkita sikldan iborat.
Inson organizmida jinssiz (shizogoniya) sikli, chivin tanasida jinsiy
(sporogoniya) sikli kechadi.
Chivin chaqqanda inson organizmiga sporozoitlar
tushib tezda jigar
hujayralariga o‘rnashadi. U yerda ular rivojlanish siklini (plazmotsitlarni
preeritrotsitar shakllari) o‘tadilar va keyin bo‘linib to‘qima merozoitlariga
aylanadilar. Merozoitlar qonga o‘tib eritrotsitlar ichiga kiradilar va u yerda
eritrotsitar shakllarini rivojlanishi o‘tadi. Ularda shizontlar yetilgach uni yuqori
darajada bo‘linishi (merulyasiya) kuzatiladi. Bunda hosil bo‘lgan
eritrotsitar
merozoitlar (morulalar) qonga chiqib boshqa eritrotsitlarga kiradilar va
shizogoniya sikli yana qaytalanadi. Eritrotsitlarni yorilishi va merozoitlarni
qonga chiqishi vaqti isitmalash hurujida namoyon bo‘ladi.
Eritrotsitar merozoitlarning bir qismidan erkak va ayol jinsiy hujayralar –
gamontlar hosil bo‘ladi. Ularni urchishi faqat chivin tanasida kechadi. Jinsiy sikl
sporozoitlarni hosil bo‘lishi bilan tugallanadi va
ular chivin chaqqanda uning
so‘lagi orqali inson qoniga o‘tadi va bezgak plazmodiylarining yangitdan jinssiz
rivojlanish sikli boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Uch kunlik, balki to‘rt kunlik bezgakda preeritrotsitar sikl nihoyasida
to‘qima merozoitlarining bir qismi yana jigar hujayralariga kiradilar va u yerda
davomlimuddatda rivojlanish klinik belgilarni yuzaga chiqarmagan holda, siklni
qaytaradilar. Plazmodiylarni bu shakli paraeritrotsitar deb nomlangan. Ular
plazmodiylarning
eritrotsitar
tsiklini
rivojlanishi
va
hastalikni
kech
qaytalanishini ta'minlaydilar. Tropik bezgakda paraeritrotsitar shakl bo‘lmaydi.
Bezgak ximioterapiyasida birinchi marta xin daraxti po‘stlog‘idan
ajratilgan xinin qo‘llangan. Keyinchalik juda ko‘p sintetik preparatlar yaratilgan.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bezgakka qarshi vositalar quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
A) Xinolin unumlari:
4-o‘rin olgan xinolinlar
- 930 -
Xingamin (xloroin)
Xinin Mefloxin
8-aminoxinolinlar
Primaxin
B) Pirimidin
1
unumlari
Xloridin (pirimetamin)
Bezgakka qarshi vositalar bir-biridan inson organizmida plazmodiylarni
rivojlanish shakllariga nisbatan ta'sir etishi bo‘yicha farq qiladilar(31.1-rasmga
qarang). Shunga asosan quyidagilarga ajratilgan:
1) Gematoshizotrop vositalar (eritrotsitar shizontlarga ta'sir etadilar)
2) Gistoshizotrop vositalar (to‘qima shizontlariga ta'sir etadilar)
a) preeritrotsitar (birlamchi to‘qima) shakllariga ta'sir ko‘rsatuvchilar
b) paraeritrotsitar (ikkilamchi to‘qima) shakllariga ta'sir ko‘rsatuvchilar
3) gamontotrop vositalar (jinsiy shakllarga ta'sir ko‘rsatadilar).
Bezgakka qarshi vositalarni ta'sir yo‘nalishini
bilish ularni bezgakni
davolash va oldini olishda qo‘llash samaradorligi uchun katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: