O’quv darslik


) qonga tushgan zaharlovchi moddaning chiqarilishini tezlashtirish



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

2) qonga tushgan zaharlovchi moddaning chiqarilishini tezlashtirish 
Agarda zaharlovchi modda qonga qisman yoki to‘liq so‘rilgan bo‘lsa, u 
holda barcha asosiy chora-tadbirlar uni tezroq organizmdan chiqarib yuborishga 
qaratiladi. Buning uchun forsirlangan diurez, peritoneal dializ
27
, gemodializ, 
gemosorbsiya, qon almashtirish va b. amalga oshirilishi lozim. 
Forsirlangan diurez 
usulida organizmga vena orqali katta miqdordagi 
suyuqliklar bilan birga yuqori faollikka ega bo‘lgan diuretiklar (furosemid, 
etakrin kislotasi, mannit) ni kiritish tavsiya etiladi. Ayrim paytlarda zaharlovchi 
moddaning tabiatiga qarab siydikning pH muhitini kislotalik yoki ishqorlik 
tomonga siljitish orqali uning buyrak kanalchalaridan reabsorbsiya qilinishini 
kamaytirish ham mumkin. Bu usul yordamida oqsillar va yog‘lar bilan 
bog‘lanmagan zaharlovchi moddalarnigina chiqarish mumkin. Forsirlangan 
diurez usulida organizmda katta miqdorda elektrolitlar muvozanatining buzilishi 
kelib chiqishi tufayli uni o‘tkazishning o‘ziga xos qarshi ko‘rsatmalari ham 
mavjud bo‘lib, yurak-qon tomir o‘tkir yetishmovchiligi, buyrak faoliyatining 
kuchli buzilishi, miya va o‘pka shishi xavfi bo‘lgan holatlar shular 
jumlasidandir. 
Peritoneal dializ 
usulida qorin bo‘shlig‘I katta miqdordagi elekrolitlar 
eritmasi bilan yuviladi. Zaharlovchi moddaning tabiatiga bog‘liq holda turli 
dializlovchi suyuqliklar ishlatiladi va qorin bo‘shlig‘iga infeksiya tushishining 
oldini olish maqsadida ularni antibiotiklar bilan birga tavsiya qilinadi. Mazkur 
usulning samaradorligi yuqori bo‘lishi bilan birga, barcha kimyoviy birikmalar 
ham dializlanavermasligini ham unutmaslik lozim. 
27
Yunonchadan 
dialysis
– ajratib olish, Dializ – kolloid zarrachalarni erigan moddadan 
ajratib olish 


- 73 -
Gemodializ (sun’iy buyrak)
usulida qon yarim o‘tkazgich membranali 
dializator orqali o‘tkaziladi va katta miqdordagi oqsillar bilan bog‘lanmagan 
zaharlovchi moddalarni ajratib oladi (masalan, barbituratlarni). Arterial qon 
bosimining keskin darajada tushib ketishi gemodializ uchun qarshi ko‘rsatma 
bo‘ladi. 
Gemosorbsiya 
usulida toksikatsiyaning bir turi bo‘lib, unda qondagi zaharli 
moddalarni maxsus sorbentlar (masalan, qon oqsillari bilan qoplangan 
granulalangan 
faollashtirilgan ko‘mir) 
yordamida 
absorbsiya 
qilinadi. 
Antipsixotik vositalar, anksiolitiklar va fosfororganik birikmalar bilan o‘tkir 
zaharlanishlarda mazkur usulning samaradorligi juda yuqori. Bundan tashqari, 
zaharlovchi modda yomon dializlansa va gemodializ usuli yordam bermasa
ushbu usulni qo‘llash orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. 
Qon almashtirish 
usuli – dori moddalari bilan o‘tkir zaharlanishlarning 
og‘ir kechishida ishlatiladi. Bunda bemordan qon olish bilan birga unga yangi 
qon ham quyiladi. Bu usul ko‘pincha qonda metgemoglobin hosil qiluvchi 
birikmalar bilan zaharlanishlarda juda qo‘l keladi, masalan, nitratlar, 
nitrobenzollar va b. Shuningdek, ushbu usul oqsillar bilan kuchli bog‘lanuvchi 
yuqori molekulyar birikmalar bilan zaharlanishlarda ham juda foydalidir. 
Tromboflebitlarda va qon aylanishining kuchli ifodalangan buzilishlarida qon 
almashtirish usulini qo‘llash mumkin emas. 
Keyingi yillarda ayrim dori moddalari bilan o‘tkir zaharlanishlarda 
plazmoferez
28
 
usuli ham keng qo‘lanila boshladi. Bu usulda bemorning qoni 
tarkibidagi shaklli elementlarni to‘liq saqlab qolgan holda plazmasi ajratib 
olinadi va keyin uning o‘rniga donorlardan olingan yangi plazma yoki albumin 
bilan elektrolitlar eritmasi quyiladi.
Agarda zaharlovchi modda nafas yo‘llari orqali ajraladigan birikma bo‘lsa 
(masalan, ingalyasion narkoz vositalari va b.), u holda bemorga kuchli – 
forsirlangan nafas oldirish 
orqali ham uning organizmini dezintoksikatsiya qilsa 
28
Yunonchadan 
plasma
– plazma, 
aphairesis
– tortib olish, qo‘lgaolish 


- 74 -
bo‘ladi. Buning uchun o‘pkagi perventilyasiyasini karbogen yoki boshqa nafas 
analeptiklari yordamida chaqirish mumkin yohud bemorga sun’iy nafas oldirish 
lozim. O‘tkir zaharlanishlarni davolashda zaharlovchi moddaning organizmdagi 
parchalanish jarayonini tezlashtirish katta ahamiyatga ega emas. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish