O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Atseklidin – 
bevosita ta’sir qiluvchi sintetik m-xolinomimetik. U 3-
oksixinuk-lidinning murakkab efiridir. Mahalliy va rezorbtiv ta’sirlari uchun 
ishlatiladi. Atseklidin glaukomada(konyuktivani biroz ta’sirlashi mumkin), MIT, 
siydik pufagi va bachadon atoniyalarida buyuriladi. Atseklidin va boshqa m-
xolinomimetiklarning dozasi oshirib yuborilganda antagonist sifatida M-
xolinoblokatorlar(atropin va atropinsimon moddalar) qo’llaniladi. 
M-xolinoretseptorlarni falajlovchi vositalar. 
(M-xolinoblokatorlar yoki atropinsimon vositalar) 
M-xolinoblokatorlar – m-xolinoretseptorlarni bloklovchi moddalardir. 
Ulardan eng yaxshi o’rganilgani atropin – buguruhning tipik vakili hisoblanadi. 
Shuning uchun M-xolinoblokatorlarni atropinsimon moddalar deyiladi. M-
xolinoblokatorlarning asosiy ta’sirlari, ularni m-xolinoretseptorlarning effektor 
hujayralari membranalarini bloklashi bilan bog’liqdir (xolinergik nervlarning 
sekretsiyasi 
O’t pufagi va 
yo’llari 
Silliq 
mushaklar 
tonusi 
Oshadi 
Pasayadi 
Siydik pufagi 
Devorining tonusi 
va motorikasi 
Oshadi
Pasayadi 


- 232 -
postganglionar tolalari oxirlarida). Bundan tashqari, ular MNS dagi m-
xolinoretseptorlarni ham bloklaydi (agar gematoensefalik baryerdan o’tsa). 
M-xolinoblokatorlarning ta’sir prinsipi shundan iboratki, ular m-
xolinoretseptorlarni bloklaganligi sababli mediator atsetilxolinning retseptor 
bilan o’zaro ta’siriga to’sqinlik qiladi. 
M-xolinoblokatorlar xolinergik (parasimpatik) nervlarning ta’sirlanish 
xususiyatlariga va m-xolinomimetik faollikka ega bo’lgan moddalarning 
(atsetilxolin va uning analoglari, antixolinesteraz vositalar, shuningdek 
muskarinomimetik moddalar) ta’sirlariga to’sqinlik qiladi. 
Kimyoviy jihatdan m-xolinoblokatorlar uchlamchi aminlar va to’rtlamchi 
ammoniyli birikmalar hisoblanadi. 
Atropin – yuqori tanlab ta’sir ko’rsatuvchi, m-xolinoblokator bo’lib, 
belladonna (Atropa belladonna), mingdevona (Hyoscyamus niger), bangidevona 
(Datura stramonium) kabi o’simliklardan olinadigan alkaloiddir. Keyinchalik 
sintetik yo’l bilan ham olingan. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha tropin va D, L-
tropokislotasining murakkab efiri bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa atropinda 
spazmolitik xususiyat kuchli ifodalangan. M-xolinoretseptorlarni falajlab, 
atropin xolinergik (parasimpatik) nervlarning silliq mushakli organlarga 
ko’rsatadigan stimullovchi ta’sirini bartaraf etadi. Atropin ta’sirida MIT, o’t 
yo’llari va o’t qopi, bronxlar, siydik pufagi mushaklarining tonusi pasayadi. 
Atropin ko’z mushaklarining tonusiga ham ta’sir qiladi. Ko’zning rangdor 
pardasi aylana mushaklarining m-xolinoretseptorlarining bloklanishi natijasida 
qorachiq kengayadi (midriaz). Ko’z oldingi kamerasidan suyuqlik oqishi 
qiyinlashadi va ko’zning ichki bosimi ortadi (ayniqsa glaukomada). Kipriksimon 
mushaklar m-xolinoretseptorlarining bloklanishi uni bo’shashtiradi, qin boylami 
taranglashib, ko’z gavhari qavariqligi kamayadi. Akkomodatsiya falaji vujudga 
keladi va ko’z uzoqdagi buyumlarni aniq ko’rib, yaqindagilar xiralashadi. 
Atropinning yurak-qon tomir sistemasiga ta’siri, asosan yurakka ta’sirida 
namoyon bo’ladi. Adashgan nervning yurakka bo’lgan xolinergik ta’sirining 


- 233 -
pasayishi tufayli taxikardiya yuz beradi. Bu holatda adrenergik (simpatik) 
innervatsiyaning tonusi ustun turadi. Atrioventrikulyar o’tkazuvchanlik 
yaxshilanadi. Qon tomirlariga va arterial bosimga atropin ta’sir qilmaydi, lekin 
xolinomimetik vositalarning gipotenziv ta’siriga qarshilik qiladi. 
Atropinning 
muhim 
xususiyatlaridan 
biri 
bezlar 
sekretsiyasini 
kamaytirishidir (bronxlar, burun-halqum, so’lak, MIT, ter va ko’z yosh bezlari). 
Bu esa og’iz, terining qurishiga, o’zgarishiga olib keladi. Ter ajralishining 
kamayishi tana haroratining oshishiga olib kelishi mumkin. Bezlarning 
xolinergik 
innervatsiyasining 
blokadasidan 
tashqari, 
atropin 
ularga 
xolinomimetik vositalarning stimullovchi ta’sirini ham yo’qotadi. Ba’zi bir 
bezlar sekretsiyasi boshqa mexanizm bilan stimullanadi. Bunday holatlarda 
atropin yuborilganda o’zgarish ro’y bermaydi. Shu sababli, gormonlar bilan 
boshqariluvchi sut bezlari sekretsiyasi o’zgarmaydi. Atropin anestetik faollikka 
ega ekanligini mahalliy ishlatilganda ko’rish mumkin. Atropin endogen 
atsetilxolin va antixolinesteraz vositalarning MNS m-xolinoretseptorlarining 
qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan ta’sirlarini yuzaga chiqishiga to’sqinlik qiladi. 
Atropin markaziy xolinoblokatorlik ta’siri bilan birga ba’zi bir harakat 
buzilishlarida 
(parkinsonizmda) 
ekstrapiramidal 
sistemaning 
xolinoretseptorlarini blokada qilib, shifobaxsh ta’sir ko’rsatadi. 
Atropin MIT dan, shilliq qavatlardan yaxshi so’riladi. Atropin va uning 
metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rezorbtiv ta’sirining 
davomiligi – 6 soat. Ko’zning shilliq pardasiga tomizilganda akkomodatsiyaning 
buzilishi 3-4 kun davom etadi, midriaz 7 kun va undan ortiq saqlanadi. 
Atropin spazmolitik vosita sifatida MIT, o’t yo’llari kolikalarida 
qo’llaniladi. Og’riqlar (kolikalar) bilan kuzatiladigan spastik holatlar atropin 
qabul qilingandan so’ng kamayadi yoki yo’qoladi. U bronxospazmlarda ham 
samarali. 
Atropinning 
bezlar 
sekretsiyasini 
pasaytirish 
xususiyati 
parkinsonizmda, og’ir metal tuzlari bilan zaharlanganda, me’da va o’n ikki 
barmoqli ichak yarasi, o’tkir pankreatit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. 


- 234 -
Atropinni premedikatsiyada keng qo’llanilishi, uning so’lak, burun-halqum va 
traxo-bronxial bezlarning sekretsiyasini pasaytirishi bilan bog’liq. Bundan 
tashqari yurakning M-xolinoretseptorlarini bloklab (vagolitik ta’sir), atropin 
uning reflektor to’xtab qolishiga olib keluvchi salbiy reflekslarning oldini oladi 
(masalan, yuqori nafas yo’llarini ta’sirlovchi ingalyatsion narkoz vositalar 
qo’llanilganda). 
Ko’z amaliyotida atropin diagnostika maqsadida (ko’zning to’r pardasini 
tekshirishda , ko’zoynak tanlashda ) va ko;zning bir qator kassalliklarini 
davolashda (iridotsiklit va boshq.) ishlatiladi. 
Atropin 
m-xplinomimetiklar 
va 
antixolinesteraz 
vositalar 
bilan 
zaxarlanishlarda qo’llaniladi. 
Atropinni nojo’ya ta’sirlari uning m-xolinoblokatorlik ta’siri tufayli 
yuzaga 
chiqadi. 
Ko’p 
hollarda 
og’iz 
qurishi 
,akkomodatsiyanig 
buzilishi,taxikardiya kabilar bilan namoyon bo’ladi. Ko’z ichki bosimining 
ko’tarilishi (atropinni gloukomada ishlatib bo’lmaydi ), obstinensiya,siydik 
ajralishining buzilishi kuzatilishi mumkin.
Atropin bilan zaxarlanish simptomlari , uning xolinergik innervatsiyani 
bloklashi va MNS ga ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Og’iz, tomoqni 
qurishi,yutishning ,nutqning buzilishi, terinig qurishi, tana temperaturasining 
ko’tarilishi, ko’z qorachig’ining kengayib ketishi, fotofobiya(yorug’likdan 
qo’rqish). Harakat va nutqning qo’zg’alishidan hotira va orientatsiyaning 
buzilishi, golyutinatsiyalar kuzatiladi. Zaxarlanish o’tkir psixoz shaklida o’tadi. 
Atropin bilan o’tkir zaxarlanish bolalar o’rtasida ko’proq uchraydi, chunki ular 
atropinga sezuvchan bo’ladilar. Bu preparat dozasini oshirib yuborilganda,yoki 
ushbu alkaloid saqlovchi o’simlik (bangidevona,mingdevona )mevalarini 
iste’mol qilishdan yuzaga chiqadi. Davolash hazm bo’lmagan atropinni MIT dan 
chiqarib tashlash (oshqozonni yuvish, tannin, aktivlangan ko’mir, tuz surgi 
vositalari),moddani organizmdan chiqarishni tezlashtirish (diurezni oshirish, 
gemosorbsiya) va fiziologik antogonistlarini (masalan, MNS dan yaxshi 


- 235 -
o’tuvchi antixolinesteraz vositalar) Kuchli ifodalangan qo’zg’alishlarda 
diazepam(sibazon), ba’zi hollarda qisqa ta’sir qiluvchi barbituratlar 
buyuriladi.Yurakning tez urishini kamaytirish uchun β-adrenoblokatorlar 
qo‘llaniladi. Xaroratni tushirish uchun tashqi sovutish choralari ko‘riladi. Kerak 
bo‘lsa sun’iy nafas oldirish yo‘lga qo‘yiladi. Yorug‘likdan qo‘rqish xolati 
bo‘lganligi sababli bemor qorong‘i xonaga joylashtiriladi. Atropin saqlovchi 
dori vositalaridan belladonnaning quruq ekstrakti spazmolitik va og‘riq 
qoldiruvchi modda sifatida oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasida, o‘t 
pufagi yallig‘langanda- xolesistitda va boshqa silliq mushakli a’zolar 
qisqarishida qo‘llaniladi.
Tabiiy atropinsimon alkoloidlarga skopolamin (L-giotsin) kiradi. 
Kimyoviy tuzilishi jixatidan skopin va L-trop kislotaning murakkab efiri 
xisoblanadi. Skopolamin Mandragora Scopolia carniolica va oz miqdorda 
atropine saqlovchi o‘simliklar tarkibida bo‘ladi. Kuchli ifodalangan M-
xolinoblokatorlik xususiyatiga ega. Agar atropin yurakka, bronxlarga, MIT ga 
kuchliroq ta’sir qilsa, skopolamin ko‘zga va ekskretor bezlar sekretsiyasiga 
ta’sir qiladi. Skopolamin atropinga nisbatan qisqaroq ta’sir qiladi. Skopolamin 
MNS ga ta’siri bo‘yicha atropindan farq qiladi. Terapevtik dozalarda 
skopolamin asabni tinchlantiradi, uyqu keltiradi. Ektrapiramid sistemaga va 
pyramid yo‘llardan mononeyronlarga qo‘zg‘alish o‘tkazishga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘llanilishi atropinga o‘xshash, operatsiyalardan oldin premedikatsiya 
maqsadida (odamda morfin bilan birga), shuningdek dengiz va xavo kasalliklari 
profilaktikasi 
uchun 
(“Aeron” tabletkalari tarkibiga kiradi), ba’zan 
parkinsonizmda. Ko‘z amaliyotiga sintetik atropinsimon preparat gomotropin 
(tropin va mindal kislotaning murakkab efiri) taklif etilgan. U ko‘z qorachig‘ini 
kengaytiradi va akkomodatsiya falajini keltirib chiqaradi. Atropinga nisbatan 
qisqaroq ta’sir qiladi (15-20 soat). Tropikamid preparati yanada qisqa ta’sir 
qiladi (2-6 soat).


- 236 -
O‘simliklardan olinuvchi tabiiy alkoloidlar guruhiga platifillin kiradi. U 
keng bargli krestovnik (Senecio platyphyllus) o‘simligi tarkibida bo‘ladi. M- 
xolinoblokatorlik aktivligi atroindan pastroq o‘rtacha. Kamroq me’yorda 
gangliylarni falajlaydi va bevosita lipotrop-spazmolitik (papaverinsimon) 
ta’sirga ega. Qon tomirlarni qo‘zg‘atuvchi markazni tinchlantiradi. Platifillin 
asosan spazmolitik sifatida oshqozon, ichak, o‘t-safro yo‘llari qisqarganda, 
miya, toj tomirlari tonusi oshib ketganda- gipertoniyada, stenokordiyada hamda 
miya tomirlari qisqarganda qo‘llaniladi. Ba’zan platifillin oftalmologiyada 
ishlatiladi. U qisqa muddatga qorachiqni kengaytiradi. Akkomodatsiyaga 
kamroq ta’sir etadi. Glaukomada, jigar, buyrak kasalliklarida platifillin qo‘llash 
man etiladi.
Ko‘zga bo‘lgan ta’sirning davomiyligiga qarab preparatlar quyidagicha 
joylashadi: atropin>skopolamin>gomatropin>platifillin>tropikamid. 
Metatsin sintetik modda bo‘lib, atropindan kuchli xolinolitik xususiyatga 
ega. U to‘rtlamchi ammoniyli birikma bo‘lganligi uchun gematoensefalik 
to‘siqdan o‘ tolmaydi. Shuning uchun faqat periferik M-xolinoblokatorlik 
xususiyatga ega. MNS ga ta’sir etmaydi. Metatsinning bronxolitik ta’siri 
atropinga nisbatan kuchliroq ifodalangan. Uning ko‘zga ta’siri atropindan 
pastroq. Metatsin bronxlar, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak silliq mushaklarini 
bo‘shashtiradi. So‘lak va bronxial bezlar sekretsiyasini kamaytiradi. U bronxial 
astma, oshqozon o‘n ikki barmoqli ichak yaralarida jigar va buyrak 
sanchiqlarida keng qo‘llaniladi. 
Premedikatsiya uchun atropinga nisbatan metatsinni qo‘llash afzalroq, 
chunki bronx silliq mushaklarini atropinga nisbatan yaxshiroq bo‘shashtiradi, 
yurak urishini atropinga nisbatan kamroq tezlashtiradi.
To‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga iprotropiya bromid va traventol kabi 
preparatlar kirib, bronxlarni kengaytirish uchun ishlatiladi. Yuqorida aytib 
o‘tilgan preparatlar tanlamasdan ta’sir ko‘rsatadigan M-xolinoblokatorlardir. 
Shunday preparatlar sintezlanganki, ular ko‘proq M-xolinoretseptorlarni 


- 237 -
falajlaydi (masalan, pirenzepin). Bu preparat oshqozon va o‘n ikki barmoqli 
ichak yara kasalligini davolash maqsadida qo‘llaniladi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish