O’quv darslik


III. XUSUSIY FARMAKOLOGIYA



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

 
III. XUSUSIY FARMAKOLOGIYA
Xususiy farmakologiyada har bir guruh dori vositalariga alohida tavsif 
beriladi hamda ularning amaliy tibbiyotda ko‘proq ishlatiladigan va killarining 
har birining farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga etarlicha to‘xtalib 
o‘tiladi. 
NEYROTROP VOSITALAR
Xususiy farmakologiyaning kata qismini markaziy hamda periferik nerv 
tizimi faoliyatini boshqaruvchi – neyrotrop vositalar tashkil etadi. Ular MNS va 
periferik innervatsiyaning sezuvchi (markazga intiluvchi) – afferent va 
bajaruvchi (markazdan qochuvchi) – efferent yo‘llarida qo‘zg‘alishlarning 
o‘tkazilishiga ta’sir etuvchi vositalardir. Ularning guruhlarga bo‘linishi (ta’snifi) 
asosan ta’sir lokalizatsiyasiga, ya’ni markaziy va periferik nerv tizimiga ta’sir 
qilishiga qarab amalga oshiriladi. 
AFFERENT NERV TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR 


- 185 -
Periferik nerv tizimidagi reflector yoyning tuzilishiga bog‘liq holda ushbu 
guruh vositalarini afferent va efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchilarga bo‘lish 
mumkin. 
AFFERENT NERV TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR 
Mazkur guruh vositalarining o‘zlari 
yana 
susaytiruvchi hamda 
kuchaytiruvchilarga bo‘linadi: 
– afferent nervlar oxirlarining sezuvchanligini susaytiruvchi yoki ularning 
qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar 
– afferent nervlar oxirlarini kuchaytiruvchi – ta’sirlovchi vositalar. 
AFFERENT NERVLAR OXIRLARINING SEZUVCHANLIGINI 
SUSAYTIRUVCHI 
YOKI 
ULARNING 
QO‘ZG‘ALISHIGA 
TO‘SQINLIK QILUVCHI VOSITALAR 
Mazkur guruhga anesteziyalovchi
30
, burishtiruvchi, o‘rab oluvchi va 
adsorbsiyalovchi vositalar kiradi. 
Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar) 
Anesteziyalovchi vositalar mahalliy sezuvchanlikni bartaraf etadilar. 
Mazkur guruh vositalari birinchi navbatda og‘riq sezgisini bartaraf etganliklari 
uchun ular asosan mahalliy og‘riqni qoldirish (anesteziya) maqsadida 
qo‘llaniladi. Anesteziyaning chuqurlashib borishi natijasida sezuvchanlikning 
haroratni sezish va boshqa turlari ham astasekinlik bilan yo‘qolib boradi va 
oxirgi o‘rinda taktil sezgi yo‘qoladi.
30
Yunonchadan
anaesthesia
– beparvo, loqayd, sezmaslik (
an
– inkorqilish, 
aesthesi
s – 
sezuvchanlik) 


- 186 -
-rasm. Anestetiklarning nerv tolasi bo‘ylab qo‘zg‘alishlarning o‘tishiga 
ta’siri 
A – anestetik qo‘llanilishidan oldingi holat;
B – anestetik qo‘llanilganidan keyingi holat. 
Afferent nerv tolalari oxirlariga va nerv tolalariga ta’sir etish orqali ular 
qo‘zg‘alish impulslarining o‘tkazilishiga va tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. 
Ularning ta’sir mexanizmi asosan potensialga bog‘liq bo‘lgan natriy kanallarini 
bloklashlari orqali yuzaga chiqadi. Buning natijasida esa ular harakat 
potensialining paydo bo‘lishiga va uning tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. 
Gidrofob (ionizatsiyalanmagan) birikmalar akson membranasi orqali o‘tib, 
natriy kanallarini ichki tomonidan bloklaydilar. Gidrofil birikmalar esa ochiq 
natriy kanallari orqali o‘tib, birmuncha bloklovchi ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning 

Akson membranasi 
Anestetik molekula 
Qo’zg’alish o’tishining to’silishi 
Qo’zg’alishning tarqalishi 
Akson


- 187 -
uchun ham kuchsiz asoslar hisoblanuvchi barcha anestetiklarning faolligi 
preparatlarning 
ionizatsiyalangan 
va 
ionizatsiyalanmagan 
qismlari 
mutanosibligini belgilovchi rN muhitga bog‘liq. Masalan, turli yallig‘lanish 
jarayonlarida 
rN 
muhitning 
past 
bo‘lishi (kislotalikmuhit) sababli 
anestetiklarning faolligi pasayadi, chunki bunda ularning ionizatsiyalanmagan 
qismlari konsentratsiyasi susayadi. 
 
Mahalliy anestetiklarga qo‘yiladigan talablar: 
1) yuqori darajadagi tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lishi; 
2) nerv tolalariga ham, ularning atrofidagi to‘qimalarga ham noxush ta’sir 
ko‘rsatmasligi (ta’sirlantirmasligi); 
3) latent (yashirin) davrining qisqa bo‘lishi; 
4) anesteziyaning har xil turlarida ham yuqori faollikka ega bo‘lishi; 
5) etarli darajadagi ta’sir davomiyligiga ega bo‘lishi; 
6) qon tomirlarini toraytirishi yoki iloji boricha ularni kengaytirmasligi 
(agarda anestetik qon tomirlariga ta’sir qilmasa yoki ularni kengaytirsa, u holda 
unga adrenomimetik qo‘shib tavsiya qilini shilozim, chunki bunda qon 
tomirlarini toraytirib, anestetik ta’sir davomiyligining uzayishiga erishiladi); 
7) zaharliligining past bo‘lishi; 
8) nojo‘ya ta’sirlarining bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi; 
9) suvda yaxshi eruvchan bo‘lishi; 
10) saqlanganda va sterilizatsiyada buzilib ketmasligi; 
11) sanoatda olinishi engil va oson bo‘lishi; 
12) narxining arzon bo‘lishi. 
Mahalliy anestetiklar anesteziyaning quyidagi turlarini yuzaga chiqarish 
maqsadida qo‘llaniladilar: 
– yuza yoki terminal anesteziya
– bunda anestetik eritmasini shilliq 
qavatlarga tomizish hamda teriga, yaralar yuzasiga, jarohatlarga surtish yoki 


- 188 -
uning kukunini sepish uchun ishlatilganda shu joydagi sezuvchi nerv 
oxirlarining bloklanishi yuzaga chiqadi; 
– infiltratsion yoki qatma-qat anesteziya
– bunda anestetik eritmasini 
operatsiya o‘tkaziladigan joydagi teri va teriostidagi to‘qimalarga asta-sekinlik 
bilan ketma-ket, qavatma-qavat qilib kiritish orqali shu joylardagi nerv 
tolalarining hamda sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishiga erishiladi; 
– o‘tkazuvchi yoki regionar (sohali) anesteziya
– bunda anestetik eritmasini 
ma’lum bir nerv tolasining o‘tish yo‘li bo‘ylab kiritiladi va shu nerv tolasi 
tomonidan innervatsiya qilinuvchi sohadagi to‘qimalarga nerv impulslari 
o‘tishining bloklanishiga erishiladi.
O‘tkazuvchi anesteziyaning o‘ziga xos turlari sifatida 
orqa miya 
anesteziyasi
(bunda anestetik eritmasi subaraxnoidal kiritiladi) va 
epidural yoki 
peridural anesteziya
(bunda anestetik eritmasi orqa miya qattiq pardasi oldidagi 
bo‘shliqqa kiritiladi) tafovut qilinadi. Anesteziyaning ushbu turlarida anestetik 
orqa miya kulrang moddasining oldingi yoki orqa shoxlariga ta’sir qiladi.
Amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha mahalliy anestetiklarni quyidagi 
guruhlarga bo‘lish mumkin: 
1. Yuza yoki terminal anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar 
Kokain 
Dikain 
Anestezin 
Piromekain 
2. Infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar 
Novokain 
Bupivakain 
3. Anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladigan vositalar 
Lidokain 
Trimekain 


- 189 -
Ayrim preparatlarning faqat 
yuza anesteziyasida 
qo‘llanilishining asosiy 
sababi shundaki, ular yoki suvda yomon eriydi (anestezin), yoki o‘ta kuchli 
zaharlilikka ega (kokain, dikain). 
Tibbiyot amaliyotida birinchi marta qo‘llanilgan mahalliy anestetik – 
k o k a i n bo‘lib, u Janubiy Amerikada o‘sadigan Erythroxylon coca 
o‘simligidan olinadigan 
a l k a l o i d
31
hisoblanadi. Shuningdek, uni ekgonindan 
yarim sintetik usul bilan ham ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha 
benzoy kislotasi va metil ekgoninning murakkab efiri hisoblanadi. O‘ta kuchli 
anesteziyalovchi xossagaega, bu xossasi bo‘yicha novokaindan bir necha marta 
ustun, ammo yuqori zaharlilikka ega bo‘lganligi tufayli u faqat yuza 
31
Arabchadan 
al-qili
– ishqor, yunonchadan 
eidos
– tur. Alkaloidlar – asosan 
o‘simliklarda saqlanadigan azotli organic birikmalardir. Erkin alkaloidlar asos bo‘lib 
hisoblanadilar. O‘simliklarda ular tuzlar ko‘rinishida saqlanadi. Ko‘pchilik alkaloidlar juda 
yuqоri faollik namoyon qiladi (masalan, morfin, atropin, nikotin, pilokarpin va b.). 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish