surunkali zaharlanish
kelib
chiqadi. Bunda asosan ruhiy qaramlik
( k o k a i n i z m )
paydo bo‘ladi,
jismoniy qaramlik esa kelib chiqmaydi. O‘rganib qolish yuzaga chiqmaydi yoki
juda kam miqdorda paydo bo‘lishi mumkin.
D i k a i n
(tetrakain gidroxloridi) ham asosan yuza anesteziyasida
qo‘llaniluvchi vosita bo‘lib,kimyoviy tuzilishi bo‘yicha paraaminobenzoy
- 193 -
kislotasining unumi hisoblanadi. Faolligi bo‘yicha kokaindan taxminan 10 marta
ustunroq, zaharliligi bo‘yicha esa 2-5 marta kuchli.
Dikain ko‘z amaliyotida qo‘llanilganda ko‘z ichki bosimiga va
akkomodatsiyaga ta’sir qilmaydi, qorachiqni kengaytirmaydi.
Muguz parda shilliq qavatini ta’sirlantirishi mumkin. Dikain qon
tomirlarini kengaytiradi, shuning uchun uning eritmalarini adrenomimetiklar
bilan birga tavsiya qilish lozim. Ayrim paytlarda uni epidural anesteziya uchun
ham ishlatiladi. Dikainni ishlatishda uning dozasiga kata e’tibor qaratish lozim,
chunki u shilliq qavatlar orqali oson so‘rilish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli
kutilmaganda undan og‘ir zaharlanishlar kelib chiqishi va hatto bu holat o‘lim
bilan yakunlanishi ehtimoli ham mavjud.
Yuza anesteziyasi uchun tuzilishi jihatidan trimekainga o‘xshash bo‘lgan
p i r o m e k a i n
preparati ham ishlatiladi.
A n e s t e z i n
yuqoridagi preparatlardan farqli ravishda suvda yomon
(spirda va moylarda yaxshi) eriydi. Shuning uchun ham uni asosan teriga
sepishga hamda surtma va pasta shaklida jarohatlarga surtishga, ba’zan esa
oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida shilliq qavatni og‘riqsizlantirish maqsadida
sochma, tabletka va suspenziya shaklida ichishga ishlatiladi. Bundan tashqari, u
orqa chiqaruv teshigi yorilishlarida hamda bavosilda shamcha shaklida ham
ishlatiladi. Anestezinni qo‘llashning barcha ko‘rinishlarida u faqat yuza
anesteziyasini yuzaga chiqarish uchungina qo‘llaniladi.
N o v o k a i n
(prokain gidroxloridi) asosan
qatma-qat va o‘tkazuvchi
anesteziya
uchun
qo‘llaniluvchi vositadir. U dietilaminoetanol va
paraaminobenzoy
–jadval. Ayrim mahalliy anestetiklarning o‘zaro qiyosiy taqqoslama
Faolligi va zaharliligi (shartli ta’sir birliklarda)
Preparat
Anesteziyadagi faolligi
Zaharliligi
yuza
qatma-qat
o‘tkazuvchi
Kokain
1
3,5
1,9
3,5
- 194 -
Dikain
10-20
10-20
10-20
10-15
Novokain
0,1
1
1
1
Trimekain
0,4
3-3,5
2,5-3,5
1,2-1,4
Lidokain
0,5
2-4
2-3
1,5-2
Kislotasining murakkab efiridir. Amaliy tibbiyotda gidroxlorid shaklida
qo‘llaniladi. Etarli darajadagi anesteziyalovchi xossaga ega, ammo bu xossasi
bo‘yicha boshqa preparatlarga nisbatan ancha orqada qoladi. Uning va
metabolitlarining zaharliligi juda past, ta’sir davomiyligi 30-60 daqiqani tashkil
etadi. Novokain shilliq pardalar orqali yomon o‘tadi, shuning uchun ham yuza
anesteziyasida faqat yuqori dozalardagina (otorinolaringologiyada 10 foizli
eritmasi) kamdan-kam paytlarda qo‘llanilishi mumkin. U qon tomirlarini biroz
kengaytiradi. Shuning uchun ham uning eritmalariga adrenomimetiklar
(masalan, adrenalinnig 0,1 foizli eritmasidan novokainning har 10 mliga 1
tomchi miqdorida) qo‘shib tavsiya qilish lozim. Bunda adrenomimetiklar qon
tomirlarini toraytirib, novokainning so‘rilishini kamaytiradi. Natijada uning
ta’sir davomiyligi potensirlanadi, zaharliligi esa kamayadi.
Rezorbtiv ta’siri natijasida novokain asab tizimiga susaytiruvchi va kamroq
miqdordagi analgetik samaralar keltirib chiqaradi. Yuqori dozalarda esa
talvasalar kelib chiqishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri natijasidagi potenziv (asosan MNS
faoliyatini hamda periferik simpatik gangliylarni susaytirishi tufayli) va qisqa
muddatli antiaritmik (samarali refrakter davrni va yurakning o‘tkazuvchi tizimi
orqali impulslarning o‘tish vaqtini oshiradi, qo‘zg‘aluvchanlik va avtomatizmni
pasaytiradi) samaralar kuzatiladi.
Novokain qon plazmasidagi esterazalar ta’sirida tezda dietilaminoetanol va
paraaminobenzoy
kislotalarigacha
metabolitlanadi.
Ulardan
oxirgisi
sulfanilamidlar bilan raqobatlashgan antagonist bo‘lib hisoblanadi va buularni
bir paytda tavsiya qilmaslikni taqozo etadi. Metabolitlari buyraklar orqali
ajratiladi.
- 195 -
B u p i v a k a i n g i d r o x l o r i d i
(longokain, merkain) keying yillarda
keng qo‘llanilayotgan va kimyoviy tuzilishi hamda farmakologik xossalari
bo‘yicha lidokainga juda yaqin preparat bo‘lib, yuqori faollikka ega va ta’sirda
vomiyligi uzoq bo‘lgan mahalliy anestetik hisoblanadi. Asosan o‘tkazuvchi
(orqa miya) va infiltratsion anesteziyalar uchun qo‘llaniladi. Samarasi 5-10
daqiqadan keyin yuzaga chiqadi va epidural anesteziyada 3-4 soat,
qovurg‘alararo blokadada 7-14 soat, ba’zan esa 24 soatgacha va undan ortiq
davom etadi. Dozasi oshib ketgan paytlarda kuchli kardiotoksik (qorinchalar
aritmiyalari kelib chiqishi mumkin) va neyrotoksik (uyquchanlik, nistagm,
tremor, talvasavab. Kelib chiqishi ehtimoli mavjud) samaralar kelib chiqishi
mumkin.
L i d o k a i n
(ksikain, ksilokain) mahalliy anesteziyaning barcha turlarida
qo‘llaniladi. Uning anesteziyalovchi faolligi novokaindan 2,5 marta yuqori va
ta’sir davomiyligi 2 marta uzoqroq davom etadi. Agarda novokainni
adrenomimetiklar bilan birga qo‘llanilganda ta’sir davomiyligi taxminan 1,5-2
soatgacha davom etadigan bo‘lsa, bu narsa lidokainda 2-4 soatni tashkil etadi
(har ikkalasining ham 0,5 foizli eritmalarida). Zaharliligi deyarlik novokainniki
bilan bir xilda yoki salgina yuqoriroq bo‘lishi mumkin. To‘qimalarga
ta’sirlantiruvchi xossaga ega emas. Ko‘zga tomizilganda qorachiqqa va tomirlar
tarangligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uni asosan adrenalin gidroxloridining 0,1 foizli
eritmasi bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.
Dozasi oshib ketganda zaharlanish kelib chiqadi va bunda uyquchanlik,
ko‘rishning buzilishi, ko‘ngil aynishi, tremor, talvasalar paydo bo‘ladi. Og‘ir
holatlarda yurak-qon tomir buzilishlari, nafas etishmasligi paydo bo‘lishi
mumkin.
Boshqa preparatlardan farqli ravishda lidokain qorinchalar aritmiyasida
ham yuqori samaradorlikka ega.
T r i m e k a i n
– kimyoviy tuzilishi bo‘yicha lidokainga yaqin preparat
bo‘lib, u ham anesteziyaning barcha turlarida keng qo‘llaniladi. Faolligi
- 196 -
bo‘yicha novokaindan 2-3 marta yuqori, zaharliligi bo‘yicha ham undan biroz
ustunroq. Ta’sir davomiyligi 2-4 soatni tashkil etadi. Yuza anesteziyasida
faolligi pastroq, buning uchun nisbatan yuqori, 2-5 foizli eritmalari qo‘llaniladi.
Trimekain bosh miya po‘stlog‘Iga va miya o‘zagining ko‘tariluvchi retikulyar
formatsiyasiga kuchli susaytiruvchi samara ko‘rsatadi. Shuning uchun ham u
tinchlanintiruvchi, uyqu chaqiruvchi va tutqanoqqa qarshi samaralar keltirib
chiqaradi. Preparatni vena orqali kiritilganda aritmiyaga qarshi samara kelib
chiqadi.
Qatma-qat va o‘tkazuvchi anesteziyalarda terapevtik dozalarda qabul
qilinganida yurak-qon tomir v a nafas tizimlari tomonidan deyarlik nojo‘ya
ta’sirlar keltirib chiqarmaydi. Ba’zan nojo‘ya ta’sir sifatida preparat kiritilgan
sohada achishish hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, zaharlanishlarda esa klonik
tortishishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |