www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
Onamning qabri yonida o’zimni yo’qotdim
Oradan qancha vaqt o’tdi bilmadim. O’zimni unutibman, faryodim atrofga eshitilgan
shekilli, bir ayolning ovozidan hushimga keldim:
-Bolam, mozorda yig’lash yaxshi emas, o’zingni qo’lga ol.
Zo’rg’a o’girildim. Ortimda bir ayol va bir kishi turardi. Ayol yelkalarimdan tutib,
turishimga yordamlashdi. Yoshli ko’zlarimga mahzun, samimiy va do’stona nigoh bilan
boqib:
-Kimsan bolam, -deb so’radi. Seni bu yerlarda hech ko’rmagandik. Bu qabrlar Malak
Ahsen va Dovud afandilarniki. Sen ularning kimi bo’lasan?
Demak qishloqdagilar onamni “Malak Ahsen” deyisharkanda. Ismi Ahsen edi,
qishloqdagilar bundan chiqdi, yaxshiliklari uchun ismlariga Farishta nomini ham qo’shib
chaqirisharkanda.
-Qiziman, -deya oldim.
-Oh, bolam, -deya meni bag’riga bosdi. Sen uning begona qo’llardagi Ayselimisan? Sen
haqingda yaxshi xabar eshitmagandik. Yomon qizlarga qo’shilgan deyishardi.
Ishonolmadik. Mashalloh, juda shirin qiz bo’libsan.
Keyin menga o’zini tanishtirdi.
-Men rahmatli onangni ko’rganman. Bolaligimda u menga Qur’onni o’rgatgan. Alloh rozi
bo’lsin, joyi jannatda bo’lsin.
Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi.
-Yur qizim, uzoq yo’ldan kelgansan, uyga boramiz, biroz dam ol.
Ikki ezgu niyatli inson qo’limdan tutishdi. Dardlasha-dardlasha uylariga keldik.
Sodda, pokiza, tartibli bir uy. Kichkinagina hovlisi bor. Ikkita bolasi ham. Birisi litseyda,
bir maktabda o’qirkan. Ikkisi ham juda yaxshi bolalar. Imom afandi va ayolining uyida
o’zgacha bir huzur topdim. Harakatlaridan insonni ta’sirlantiruvchi ajoyib bir quvvat
tarqalar edi. Bu insonlar chindan ham yaxshi niyatli va halol kishilar edi. Men yashagan
muhitdagi kishilarga also o’hshamas, bizning inqilobchi guruh bilan esa, umuman
qiyoslab ham bo’lmasdi…
Men shu kunlari sira ishdan bo’shamasdim. Inqilobchi bo’lishning o’ziga yarasha
zaruriyatlari bor edi. Haq, adolat, tenglik kabi tushunchalarni shior qilib olishgandi.
Dindorlarga qarshi bo’lishdan asosiy maqsadlari esa dahriylarni ko’paytirish edi. Ammo
o’ylamasdan bir ish qilmasdim. Haq, adolat, tenglik kabi asosiy inson huquqlarini
mensimaganlardan nega doim zarar ko’rdim?
Nega bu insonlar hayotimni zulmatga aylantiradi, meni mendan ayirishdi. Albatta, ba’zi
inqilobchilarning xatolari barchasiga tegishli emasdi. Ammo, menga umuman yaxshilari
uchramasdi. Negadir hammasi menga “och bo’ridek” tashlanish uchun fursat poylardi.
Men e’tiroz bildirganimda:”Sen nomusli qizsan, qizim”-deyishardi. “Nomus degan narsa,
eski feodal shiordir. Hozirgi dunyo u eski tushunchalar o’tib ketgan”. Mana shuni hech
qabul qila olmasdim. To’rtxotinlikka qarshi bo’lgan inqilobchilarning nomus haqidagi
qarashlari ijobiymidi va bu nimani ifodalardi?
Men qarshi bo’lgan, fikrlariga qo’shilmagan dindorlar esa, doimo to’g’rilik, va xolis
ko’mak beruvchilar bo’lib chiqishardi. Ajablanardim. To’g’ri deganim yanglish, yanglish
deyayotganim to’g’ri chiqayotgandi. Nima bo’lganida ham, yana yiroqlashdim, xojam.
Mavzuga qaytayin. Imom afandi va ayoli menga shunday hurmat ko’rsatib, shunday
taskin berishardiki, hayotimdagi bunchalik nazokat, bunchalik yaxshi muomalani
ko’rmagandim. Menga tegishli ko’p narsalarni bilishsa ham, hech sezdirishmas, go’yo
dunyoning eng jiddiy va eng nomusli qizi bilan suhbatlashayotgandek bo’lishardi.
Ayolning tavsiyasi bilan qishloq hammomiga tushdim. So’ngra meni bir xonaga
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |