Meni olib ketishga onam kelyapti
-Huzuringga boryapman, Allohim! Meni qabul qil. Senga, buyukligingga ishonaman,
iymon keltirdim. Sen meni yaratding va yana senga qaytyapman.
Bir necha marotaba “onam kelsin, onam kelsin’, deb takrorladi.
-Kim klesin?- dedim
-So’rashyapti, -dedi. Seni
olib ketishga onang klesinmi, boshqa birovmi? Deya Men
onam kelishini xohlayapman. Onam keladi…Bir daqiqa jim qoldi. Kelayotgan tovushga
butun diqqatini qaratgan edi. Va shu asnoda uning yuziga urilayotgan nur bizning ham
ko’zimizni qamashtira boshladi. Biz hayrat ichida Amina
xonim bilan bir-brimizga
qarardik. Aysel Xonim shu asno baland ovoz bilan hayajonlanib:”Allohu Akbar, Allohu
Akbar, La ilaha illalloh…” deya takbir keltirdi va ortidan shahodat keltira boshladi. Biz bu
hodisa qarshisida lol qolgandik. Men karaxt bo’lib qolgandim. O’lim oldidagi bu ishlar
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
iymonimni mustahkam qilardi. Soat uchgacha boshida Qur’on va Javshan o’qidik.
Aysel
ham o’qiyotganlarimizni takrorlashga harakat qilardi. Men Yosin surasini o’qirdim. Amina
xonim esa Ayselning tepasida parvona edi. Qibla tomondagi derazada chaqmoqdek bir
nur porladi, xonani yoritib yubordi. Bunga ikkimiz ham guvohmiz. Bu nur yog’dusi
xonadagi oydinlikni bosib yubordi. Juda ajoyib va huzurbaxsh nur edi u…Aysel bu nurni
ko’rar-ko’rmas o’rnidan turishga harakat qildi. Amina darhol unga yordamlashdi. Aysel
hayajon ila qo’llarini ochdi.
-Onajon! – deya baqridi. Sen!
Sen keldingmi, meni olib ketgani?
Go’yo onasi bilan quchoqlashayotgandek qo’llarini ochdi, bir-biriga qovushtirdi va bir
muddatdan keyin Aminaning qo’llariga tushdi.
So’nggi damda yumilish arafasidagi ko’zlarida ham shunday bir yorqin nur, lablarida
ham bir ajib tabassum bor edi. Bu so’nggi nigoh cheksiz
azob va gunohlarga bir vido,
abadiy huzurga esa bir salom edi. So’nggi nafasi “Allohu Akbar, Allohu Akbar”
bo’ldi…Joyiga yotqizdik. Azobu iztiroblarga xastalikka ko’milgan bir umr nihoya topgan
edi. Azroil a. s. unga eng sevimli kishisi bo’lgan onasi qiyofasida ko’ringan edilar. Undagi
iymon tavbasi shu darajada yuksak va samimiy ediki,
Alloh huzuriga pokiza, gunohlari
kechirilgan holatda ketdi. Iymonli bir o’limning haqiqiy guvohlari bo’ldik.
Biz, biz nima bo’lamiz?
Abrinur Xonim hayajondan titrar edi. Abrinur Xonimning so’nggi jumlasi shunday
ta’sirchan va o’yli chiqdiki, xonadagilarni qalblarini va ko’zlarini qaytadan yoshlantirdi.
Ertaga o’lim daqiqalarida bizning holimiz nima kechadi? Har bir
inson har kuni yuz marta
o’ziga shu savolni berishi lozim. Aysel Xonimning hayoti bizlarga saboq bo’lsin. Har bir
aqlli inson bu saboqni yaxshi o’zlashtirishga intiladi. Chunki, iymonni asrash, iymon bilan
ketishdan-da buyukroq saodat yo’qdir. Buning uchun
bugundan harakat qilmasak,
ertaga kech bo’lishi mumkin.
Turk tilidan Rohila Ro’zmanova tarjimasi.
Internet uchun Munira xonim tayyorladi.
www.ziyouz.com
2007