www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
bir paypoq, sochiq, biroz pul ham bor edi. Juda ta’sirlandim, quvondim. Berilgan hadya
yoki onasining mehribonchiligidan emas, oilaviy hayotning qaynoqligidan, onaning
borligidan, yaqin va iliq munosabatlaridan…
Mana, mening hasratim, sog’inchim…Hayotim va tungi tushlarimni bezagan ham shular
edi.
Oh, onaginam!Sizning qanday sog’inganimni bilsangiz edi…
Ko’pdan beri ko’rmadim yuzingizni,
Meni xarob qilar bu holat, ona!
Xolimni kelganu ketgandan emas,
Issiq qo’llaringdan so’rab bil, ona!
Ona, g’urbatdaman, g’am o’chog’ida,
Sevgim, yuragimni qo’rida yasha.
Meni sog’inar bo’lsang, yo quchog’ingda
Yohud ko’zyoshingda hayol qil, ona!
Ayriliq qismatim ekan, netarman,
Faqat Yaratgandan umid etarman,
Balki shu yerlarda o’lib ketarman,
Ne bo’lsa ham mendan rozi bo’l, ona!
Liyseyda ortimdan yuruvchilar bor edi. Bularning bir qismini yaxshi tanirdim. Ular men
bilan ko’ngilxushlik qilishni xohlashardi. E’tibor bermasdim. Men gaplashishni
xohlaganlar esa, menga e’tibor berishmasdi. Ya’ni, yaxshilari mening qo’limga kirmas,
yomonlarini esa men xushlamasdim.
Litseydagi ba’zi bolalar bilan kafelarga borardim. Ularning suhbatlari menga yoqardi.
Yolg’izlik dardiga bir chora bo’lardi go’yo. Bunday suhbatlar muassasaning ishonchlari
bilan masxarakash qonuniga isyon qilish, bir intiqom kebi o’tardi. Ichdagi yongan
alangani qaysidir ma’noda so’ndirardi. Adolat, haqqoniylik, tanglik shiorlari qulog’imga
yoqar, qonimni ko’pirtirardi. Hammaga inson kabi yashash, hammaga ish, sog’lik va
tarbiya yaxshi tushunarli edi. Bunga hech kim yo’q deya olmasdi. Bu yerda gunoh,
jahannam, Alloh va farishta kabi insonlarni qiynaydigan tushunchalar yo’q edi.
Iymonning ham bo’lmasligi yana ham yaxshi edi. Nima bo’lsa ham muassasaning
ahamiyat bergani or-nomus, ayol-erkak munosabatlaridagi chegaraga unchalik ahamiyat
bermasalar-da, asosiy shart edi. Hech bo’lmasa bu yerdagi yoshlar meni odam hisobiga
qo’shishar, hurmat qilishardi. Ammo ba’zi istaklarida “oldinga” ketishsa ularga qarshi
chiqsam:”Sen ham o’sha eski paytlarda qolding. Qo’y, o’sha “bokira safsatachilikni”,
deyishlarini unchalik ham ko’ngilga singdirolmasdim. Singdirsam ham, singdirmasam
ham o’zimni himoya qilolmaydigan bir muhitda edim. Kim do’st, kim dushmanligi noaniq
bo’lgan bir uhit. Yomon niyatlilar va yaxshi niyatlilar yoshlik davrining havosi ichida bir-
biriga qorishib ketgandi. Yoki bizning o’lchovlarimiz, tortishuvlarimiz ularni ajratolmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |