Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
kerak. Chunki ular o’lgach, hayot tugaydi, insonlar tuproqqa aylanishadi. Insonlar bu
dunyoda baxtiyor qilish esa, sotsialistik boshqaruv bilangina mumkindir. Agar sotsializm
kelsa, hamma teng bo’ladi, birov-birovni kamsitmaydi.
O’qituvchimizning bunday fikrlari juda ta’sirli bo’lardi. Bizlar ham Allohga
ishonmasligimizdan va sotsialist bo’lganimizdan faxrlanardik. Ammo e’tirofim etishim
lozimki, o’lganda keyin tuproqqa aylanib ketish mavzusini hozir ham ko’nglimga
sig’dirolmayman. Ya’ni, ichimda yangidan tirilish ovozlari har doim yuksalaverardi.
Ikkinchi unutlmas hodisa din darsi o’qituvchimiz bilan bog’liq.
O’rta maktabning ikkinchi sinfidaman. Din darsi o’qituvchimiz
mening ahvolimdan
xabardor. Menga juda yaxshi munosabatda bo’lardi. Vaqti-vaqti bilan katta-kichik
ehtiyojlarimni ta’minlar edi. Ayniqsa bayramlarda menga harj puli berardi. Bu payt bu
o’qituvchimizning harakatlari bilan dinni va Allohni seva boshlagandim. Dinga qiziqishim
o’sha yillari boshlandi. Ammo voqealarning boshqacha tus olishi bois uzoqqa cho’zilmadi.
Din o’qituvchimiz doimo yaxshi o’qisam muvaffaqiyatga erishuvim haqida uqtirar edi.
-Sen baxtli bo’lishing kerak. Senda o’zgarish bor. Yo baxtli bo’lasan, yoki tamom
bo’lasan. Yolg’iz bir qizga yashash juda qiyin. Bundan tashqari juda kuchli bo’lishing
kerak. Agar harakat qilsang, eng katta yordamching Alloh bo’ladi. Qayg’urma,
bu kunlar
o’tkinchidir.
Balki, ishonchi kerakli, mantig’I to’g’ridir. Ammo bu hayot yo’llari shunchalr chigal va
o’nqir cho’nqirki, o’qituvchim aytgan maqsadlarga erisholmadim. Yana bugun ichimda
din va ishonchga doir hech bir rag’bat bo’lmasa-da, din darsi o’qituvchimizni hurmat
bilan hotirlayapman. Bugun kelsa ham, uni huddi shunday
hurmat bilan qabul qilar va
tinglar edim.
Nimalarni tushuntirayin. Yozilmagan ko’p narsalar bor. “Tuyada quloq bor” deydilarku,
axir…Ammo dengizdan qatra bo’lsa ham, misollar ko’p narsani anglatadi, deb o’ylayman.
Charchadim, biroz dam olishim kerak. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi. O’zimga kelsam
davom etarman. Kelolmasam ish joyida qoladi…
Biz uchun ham vaqt kech bo’lib qolgan, ammo maktubdan uzulolmasdik. Toshqinlar,
bo’ronlar ichidagi maktub ikkimizni ham holdan toydirgandi. Xotinimga:
-Biz ham tonggacha tanaffus qilsak?-dedim.
-Yo’q!- deya javob berdi. -Tanaffus qilsak ham men uxlolmayman. Maktubni oxirigacha
o’qiymiz.
-Hech bo’lmasa,
biroz dam olib, o’zimizga kelib olsak.
Shunday qildik. O’qiganlarimizni tahlil qilib o’tirdik. Aybdorlarni topib, xulosa chiqarishni,
muassasaga va muassasa rahbarlariga tushgan vazifalarni topishga harakat qildik. Keyin
maktubni o’qishda davom etdik.
Xojam, yana bir bor assalamu alaykum. Ikkinchi kun. Soat 10 bo’ldi. Ertalabki
tekshiruvlar, davolash ishlari tugadi. Soat 13gacha yolg’izman. Ya’ni, maktub yozishni
13gacha davom ettirishim mumkin. Bugun biroz yaxshiman. Balki
kechasi ichimdagilarni
qog’ozga tushirganim uchun biroz yengil tortgandirman. O’limga ketyapsan, xursand
bo’lma. Qanday ayanchli, shunday emasmi? Och odamning “ochlik” bilan to’yishi kabi…