13-mavzu. Ta’minot logistikasi Reja


 Buyurtmani tayyorlash, jo’natish va bajarilishini nazorat etish



Download 287,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana26.03.2022
Hajmi287,76 Kb.
#512218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-MAVZU

3. Buyurtmani tayyorlash, jo’natish va bajarilishini nazorat etish 
3.1 Xarid qilishga buyurtma tayyorlash 
Buyurtmani joylashtirish – ta’minlovchilarni tahlil etish va tanlash asosida 
buyurtmaning kimga berilishini aniqlashdan iborat.
Buyurtmani joylashtirish buyurtmani qog’ozda rasmiylashtirishdir. Xarid 
qilish buyurtmasiga kiritilayotgan shartlar sotuvchi va xaridor o’rtasidagi 
munosabatlarni yo’lga qo’yish hamda muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Har bir tashkilot xarid qilish uchun buyurtma berish hujjati shakliga ega 
bo’ladi. Bunda hujjat blankasida quyidagi ma’lumotlar aks etishi kerak: 
-
hujjat seriyasi raqami;
-
hujjatni to’ldirish vaqti; 
-
ta’minlovchi tashkilotning nomi va manzili; 
-
buyurtma berilayotgan tovar haqida ma’lumot; 
-
tovar soni, yetkazib berish muddati; 
-
tovarni jo’natish, buyurtma berish va to’lash shart-sharoitlari. 


Ko’p hollarda xarid sotuvchi tomonidan taklif etiladigan sotuv haqidagi 
kelishuvga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Odatda, xarid yoki sotuv borasida 
qay bir hujjatdan foydalanish – sotuvchi va xaridorning o’rni, sotib olinayotgan 
tovar xususiyatlari, kelishuvning murakkabligi va buyurtmani joylashtirish hamda 
ta’minlash strategiyasi hisobga olingan holda belgilanadi.
Xarid buyurtmasi – iste’molchi va ta’minlovchi o’rtasidagi shartnoma 
ko’rinishidagi yuridik hujjatning bir qismi hisoblanadi. Ammo u ta’minlovchi 
tomonidan ijroga yo’naltirilmagunicha, ya’ni bu haqdagi “Tasdiqlovchi hujjat” 
ta’minlovchi tomonidan buyurtmachi korxonaning xarid qilish bo’limiga 
yuborilmaguncha berilgan buyurtma shartnoma hisoblanmaydi. 
Umumlashtirilgan holda buyurtmaning quyidagi turlarini ko’rsatish 
mumkin:
1.
Xarid qilish buyurtmasi ta’minotni amalga oshirishning asosiy hujjati 
hisoblanadi. 
2.
Umumiy buyurtmalar arzon va standart tovarlarni sotib olish uchun 
beriladigan hujjatdir. Ta’minot oladigan tovar partiyasi hajmi va muddatini 
ko’rsatgan holda yagona buyurtma beradi va shu muddat davomida buyurtmada 
belgilangan vaqtlarda belgilangan hajmda tovar olib turadi.
3.
Elektron ta’minotda qog’ozda shaklidagi hujjatlar qo’llanilmaydi, 
balki ma’lumotlarning elektron almashinuvi asosida buyurtma beriladi.
4.
Tomonlar orasida tuzilgan shartnoma (kontrakt) ta’minlovchi va 
iste’molchi tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalarni belgilaydi: tomonlarning 
shartlarni bajarish borasidagi vazifalari, ma’suliyati va xizmatlar belgilab 
qo’yiladi. SHartnoma odatda buyurtma o’rnida qo’llaniladi va uzoq muddatli 
xizmat ko’rsatish vazifalarini belgilaydi. 
5.
Agar ta’minlovchi iste’molchi tashkilot bilan tuzgan shartnomasidagi 
ba’zi shartlarni o’zi bajara olmasligi tufayli, boshqa bir ijrochiga – pudratchiga
uzatsa, unda ikkita kelishuv hujjatini tuzishga to’g’ri keladi. Birinchi hujjat 
iste’molchi va ta’minlovchi tashkilot o’rtasida, ikkinchisi esa ta’minlovchi va 
pudratchi o’rtasida tuziladi. 
6.
Lizing va ijara haqidagi kelishuvda materiallarni olish shart- 
sharoitlari ko’rsatiladi. Odatda ular bino va qurilmalarga tegishli bo’ladi. 
Buyurtmani ta’minlovchi tashkilotga jo’natish quyidagicha amalga 
oshiriladi: buyurtmaning asl nusxasi, ba’zan uning ikkinchi nusxasi ham 
ta’minlovchi tashkilotga jo’natiladi. Bunda hujjatning ikkinchi nusxasi buyurtmani 
ta’minlovchi tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdig’i bilan iste’molchiga 
qaytariladi. 
Hozirgi paytda buyurtma ma’lumotlarning ta’minlovchi tashkilotga 
elektron tarmoq orqali berilishi maqsadga muvofiq, chunki bunda uni jo’natish va 


qabul qilish, qayta ishlash operatsiyalarini bajarish yengillashadi va axborotlarning 
aniqligi oshadi. 
Ta’minotchi tashkilotga tovar xarid qilish haqidagi buyurtma jo’natilgach 
uning bajarilishi iste’molchi tomonidan nazorat etilishi va lozim bo’lsa, 
tezlashtirilishi mumkin. 
Buyurtma bajarilishini nazorat qilish – standartlashtirilgan funktsiya 
bo’lib, u ta’minlovchiga mahsulot o’z muddatida yetkazilayotganligini nazorat 
qilish va baholash imkonini beradi. Buyurtma bajarilishini telefon orqali ham 
nazorat qilish mumkin. Ko’p hollarda bunday nazorat maxsus ishlab chiqilgan 
buyurtmani nazorat qilish kartochkasi orqali amalga oshiriladi. 
Mazkur kartochkada 20 - 30 ta savol – topshiriq bo’lib, ularga berilgan 
javoblar orqali buyurtma bajarilishining aniq holatini belgilash mumkin. 
Ta’minlovchi tashkilot yuborgan tovarni qabul qilishni rasmiylashtirishda 
uning sifati va miqdorini tekshirib ko’rish muhim ahamiyatga ega. Buyurtmani 
qabul qilish va nazorat etish funktsiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 

buyurtma bajarilganligini kafolatlash; 

buyurtmada ko’rsatilgan miqdorda mahsulot olinganligini 
aniqlash va uning sifatini tekshirish; 

qabul qilingan mahsulotni keyingi belgilangan manzilga – 
omborga, nazorat yoki foydalanish bo’limiga, ishlab chiqarishga jo’natish; 

qabul qilingan mahsulotni hujjatlashtirish va ro’yxatdan o’tkazish, 
sifatini tekshirish. 
Buyurtma bo’yicha belgilangan tovarlarni qabul qilish – shartnomani 
bajarishning so’nggi bosqichidir. Bunda to’lovga oid barcha hujjatlar tekshiriladi 
va ular to’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa, buxgalteriya ularni to’lab beradi. 
To’lovlar, ya’ni to’lov topshiriqlari akkreditiv ko’rinishda, cheklar 
vositasida yoki inkassa hisoblari asosida amalga oshiriladi.

Download 287,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish