13-mavzu. Ta’minot logistikasi
Reja
1.Ta’minot logistikasining tushunchalari, maqsadi va vazifalari.
2. Ta’minot logistikasining faoliyat ko’rsatish mexanizmi.
3.Buyurtmani tayyorlash, jo’natish va bajarilishini nazorat etish.
4.Ta’minotning tashkil etilishi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Xarid qilish, tashkilot, korxona faoliyati,
ekspeditsiyalash, ta’minot tizimi, logistik vazifalar, Ta’minot logistikasi,
1. Ta’minot logistikasining tushunchalari, maqsadi va vazifalari
Har bir korxona faoliyati boshqa tashkilotlar tomonidan ta’minlab
beriladigan
xom ashyo, yoqilg’i, issiqlik, yorug’lik, bino va mebellar, aloqa
vositlari va ularga ko’rsatiladigan xizmatlarga bog’liqdir.
SHu tufayli ham
logistikada korxona va tashkilotlararo materiallar oqimini yetkazib berish zanjiri va
tarmog’i kabi ularning o’zaro aloqadorligi mazmun-mohiyatiga asoslangan obrazli
tushunchalar kiritilgan. Bunday aloqadorlik xarid qilish va ta’minot funktsiyalari
orqali bajariladi hamda ular har bir tashkilotning asosiy funktsiyalari sirasiga
kiradi.
“Xarid qilish” va “Sotib olish” atamalari o’zaro sinonim tushunchalar
hisoblanadi. Umumiy holda “Xarid qilish” atamasi
sotib olish jarayonini
ifodalaydi. Bu jarayonning elementlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1.
Xarid qilish lozimligini aniqlash;
2.
Sotuvchini ajratish va tanlash, narx-navo borasida savdolashish va
boshqa shart-sharoitlarni (mahsulotlarni yetkazib berish, to’lovlarni
amalga
oshirish va sh. k.) surishtirish
Boshqacha aytganda, “Xarid qilish” amalda bajarilgan sotib olishni
anglatadi.
“Ta’minot” atamasi kengroq ma’noni anglatib,
u turli egalik qilishga
erishish shakllari( masalan: oddiy xarid qilishdan boshlab ijaraga olish,
shartnomaga muvofiq foydalanish yoki bajarib berish)ni hamda bu bilan bog’liq
ravishda bajariladigan quyidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi: masalan:
-
sotuvchilar (beruvchilar)ni tanlash, ular bilan muloqot olib borish, shart-
sharoitlarni muhokama
etish va muvofiqlashtirish;
-
ekspeditsiyalash, mahsulot jo’natuvchilar monitoringini olib borish;
-
yuklarni qayta ishlash va tashish;
-
mahsulot va tovarlarni qabul qilish hamda omborga joylash.
Ta’minot materiallar, xom ashyo va yarimfabrikatlarni
mustaqil ravishda,
bevosita tashib yetkazish bilan emas, balki bu ishlarni tashkil etish bilan
shug’ullanadi. Keng ma’noda ta’minot mahsulot yetkazuvchi tashkilotlar zanjirida
asosiy halqa bo’lib iste’molchi va jo’natuvchilar orasidagi material oqimni o’zaro
muvofiqlashtirish vositasi hisoblanadi. Ta’minot tizimi logistik kanalning har bir
bosqichida iste’molchilar nima
xohlayotgani haqida orqaga, jo’natuvchilar nima
taklif etayotganligi haqida oldinga xabar jo’natadi. Ana shundan keyin har bir
jo’natiluvchi material oqimi partiyasini yetkazish shart-sharoitini aniqlash borasida
o’zaro muloqotlar boshlanadi.
Ta’minot tizimi faoliyatining muhimligini ko’rsatuvchi yana bir omil –
faoliyat xarajatlarining ishlab chiqarish umumiy xarajatlaridan katta qismini
(60%dan yuqori) tashkil etishi va bu boradagi ijobiy o’zgarishlar yuqori foyda
berishidir.
Ta’kidlash lozimki, o’zining logistik vazifalari
va xarakteristikalari
bo’yicha ta’minot tizimi material-texnik ta’minlashdan tubdan farq qiladi, chunki
ta’minot material oqimni zarur muddatda tegishli manzilga tashqi manbalar orqali
yetkazib kelishga ma’sul bo’lsa, material-texnik ta’minlash esa ishlab chiqarish
korxonasining ichki jarayonlarini ta’minlovchi moddiy oqimlar harakatini tashkil
etadi.
Ta’minot logistikasi – birinchi lokal logistik tizim bo’lib, uning