“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
43
qaratilgan bo‘lsa, boshqalari ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga
va turli o‘quv kurslarida yangi usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar
tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.
Ilmiy tahlil
. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini rivojlantirish borasida milliy qadriyatlardan foydalanish
yo‘llari va milliy tarbiya asoslari, ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari, oliy
ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish hamda bo‘lajak mutaxassislarning ma’naviy-kasbiy
tayyorgarligi muammosi, ayniqsa, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini samarali tashkil etish va
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan o‘qitish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha V.Karimova
[9], N.Dj.Mahmudova [8], O.Musurmanova [10], Sh.Sh.Olimov [11], M.Quronov [12], N.X.Oripova [10],
Z.Q.Ismoilova [9], N.A.Muslimov [7], N.M.Ochilova [13], Y.P.Azarov [7], Z.E.Azimova [8]larning ilmiy
ishlarida oliy ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish hamda bo‘lajak mutaxassislarning
ma’naviy-kasbiy tayyorgarligi muammosi tahlil qilingan.
Binobarin, professor O.Musurmanova tomonidan ishlab chiqilgan hukm-xulosalar ilmiy jihatdan
asoslangan bo‘lsa-da, ularni amalga oishirish metodlariga oid tavsiyalaridagi izchillikka e’tibor qaratish lozim.
Talaba-yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishga doir shakl va metodlar (konferensiya darslari, seminar
dars, munozara darsi, amaliy dars, o‘yin darsi, sayohat darslari, rolli darslar, tarbiyaviy tadbirlar, ekskursiya,
davra suhbatlari, kichik guruhlarda ishlash; ma’naviy madaniyatni shakllantirish metodlaridan: muammoli-
munozarali vaziyat, qiyosiy-izohli tahlil, badiiy-ma’rifiy asarlar ustida ishlash, ijodiy ish, tushunchali tahlil,
mantiqiy tahlil, timsollar tahlili, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni sharhlab o‘rganish, mustaqil ish va h.k.)
[10] tizimi ma’naviy-axloqiy tarbiya metodikasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Shunisi e’tiborliki, ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishlarini ta’lim bosqichlari bo‘yicha tasniflash
mustaqillik davridagi pedagogik tadqiqotlarning еtakchi xususiyatidir. Jumladan, Sh.Sh.Olimov tomonidan
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, shakl va metodlarini nazariy
jihatdan takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan yangi tadqiqotda
[11] muallifning kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda imkoniyati yuqori
bo‘lgan fanlarga e’tibor qaratish, har bir fanning mazmuni va malaka talablari asosida tarbiya usullarini
tanlash, dars mashg‘ulotlarida noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, darsdan tashqari ishlar
jarayonida tarbiyaviy tadbirlar tashkil etish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ilmiy-metodik jihatdan
ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida yoritilganligi bilan ajralib turadi.
Z.Ismailovaning ma’naviy-ma’rifiy ishlarda talaba-yoshlar shaxsini axloqiy tarbiyalash masalasiga doir
ilmiy ishida [9] Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo
totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi asosiy g‘oyalar talaba shaxsini axloqiy shakllantirish mezoni sifatida
belgilangan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning asosiy xususiyatlari bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt
tushunchalarining muqaddasligi, ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman, jamiyatga yuksak hurmat-e’tibor, millatning
o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat, sabr-bardoshlilik, mehnatsevarlik, halollik kabilar talaba-yoshlar
shaxsini axloqiy shakllantirishning asosiy omillari ekanligi e’tirof etilgan. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida
talaba-yoshlar shaxsini axloqiy shakllantirish modeli ishlab chiqilganligini mazkur dissertatsiyaning muhim
jihatlaridan biri deyish mumkin.
Yosh avlod tarbiyasi, avvalo, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liq. Shu o‘rinda yurt kelajagi va
istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, o‘qitish va tarbiyalash
ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqligini qayd etish mumkin. O‘qituvchi kasbiy axloq va odob normalarini
mukammal egallasagina, o‘z kasbining fidoyisi bo‘la oladi. Bugungi kunda ana shunday fidoyilik har
qachongidan ham muhim ekanligi ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligini
yanada oshiradi.
N.M.Ochilovaning talabalarda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish alohida obyekt sifatida
o‘rganilgan dissertatsion ishida muammoning nazariy asoslari va xususiyatlari tahlil qilingan hamda bu borada
qo‘llanilgan samarali yondashuvlar taqdim etilgan. Tadqiqotda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish
modeli ishlab chiqilgan. Bundan tashqari ishda talabalarning axloqiy tarbiyalanganligining joriy holati,
pedagogik faoliyat uchun zarur axloqiy fazilatlarning namoyon bo‘lishi masalalari o‘rganilgan bo‘lib,
“O‘qituvchi odobi” nomli maxsus kurs tashkil etib, unda “Jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati”,
Do'stlaringiz bilan baham: |