“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
44
“O‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati”, “Vatanga munosabat”, “O‘z-o‘ziga munosabat”, “Mehnatga
munosabat”, “Insonlarga munosabat” mavzulari doirasida pedagog odobi xususiyatlari, munosabatlarda
kasb odobi fazilatlarining aks etishi va uning o‘ziga xosligi mavzusida ma’ruzalar tashkil etish g‘oyasi
ilgari surilgan.
Bu borada Z.Q.Ismoilovaning “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli ma’naviy-
axloqiy tarbiyaning nazariy eksperimental metodik asoslariga doir ilmiy tadqiqot ishi alohida o‘rin tutadi.
Muallif tomonidan barkamol shaxsni tarbiyalash metodlarining xususiy axloqni tarbiyalash metodlari,
jamoatchilik orqali xulq-atvorni shakllantirish metodlari, ijtimoiy ong va axloqni shakllantirish metodlari,
o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalash metodlari, rag‘batlantirish metodlariga bo‘linishi tarbiya metodikasining
tub mohiyatini tashkil etish orqali talabalarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish maqsadga
muvofiq ekanligini alohida qayd qilish mumkin. [9, 31].
O‘zaro fikr almashish
. Ilmiy tahlil. Tahlillar asosida talabalarning ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi
orqali ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy bilimlar, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ma’naviy faoliyat kabi komponentlarni o‘z ichiga olishi aniqlandi
(1-rasmga qarang).
1-rasm. Ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish komponentlari
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibi sifatida ma’naviy-axloqiy bilimlarning shakllanishi natijasida
talabalarda baxt, vijdon, burch, adolat, or-nomus, muhabbat, ezgulik, shon-sharaf, e’tiqod, sadoqat kabi bir
qancha axloqiy kategoriyalar shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy bilimlarni o‘zlashtirgan talabada tashabbuskorlik,
ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa
boshlaydi. Ushbu fazilatlarga ega talaba axloqiy me’yorlar talablarini ongli bajaradi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar sanalmish ma’naviy meros, urf-odat va an’analarga nisbatan hurmatda bo‘ladi. Ammo ma’naviy-
axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish, uni tushunish, ezgu fazilatlarni tarkib toptirish hali talabaning
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganini anglatmaydi. Insoniylik fazilatlari, qachonki, hayotiy tajribalarda
aks etib, shaxsning munosabatlarga kirishish faoliyatida yorqin namoyon bo‘lsa, bu uning tarbiyalanganlik
darajasini belgilaydi.
Jamiyat taraqqiyoti uchun, avvalo, ma’naviy-axloqiy kompetentli, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash,
shuningdek, asosiy e’tiborni yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini oshirish masalasiga qaratish zarur.
Negaki ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxslarsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, eng avvalo, millatimiz tarixi va ma’naviyati ildizlariga e’tibor
qaratish taqozo etiladi. Turonzaminda azal-azaldan inson ma’naviy kamoloti, axloqiy fazilatlar tarbiyasi
ajdodlarimiz diqqat markazida bo‘lib kelganligini yoshlarning chuqur tasavvur qilishlariga erishish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |