Annotation
.
The article gives an idea of the current state of the family institution, the factors influencing
it, the formation of a prosperous family, works with dysfunctional families, the role of legal culture in the
formation of a prosperous family model in society, as well as the importance of legal education in the family.
Keywords:
family institution, prosperous family, dysfunctional family, legal culture, legal awareness,
legal norm, moral norms, duty, responsibility.
Jahon miqyosidagi zamonaviy tendensiyalar: globallashuv, iqtisodiy integratsiya, davlatlar
o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tafovutlarning yanada chuqurlashuvi, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining taraqqiy etishi va global Internet tarmog‘ining keng quloch yoyishi, tashqi mehnat
migratsiyasi jarayonlarining kuchayishi, noan’anaviy oila-nikoh munosabatlariga huquqiy maqom berishga
urinishlar kundan kunga oila institutini xavf ostiga qo‘yib kelmoqda.
Oila – murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa hisoblanib, ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning
davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadigan ijtimoiy makondir. Oila erkak va ayol o‘rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va
farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan tashkil topgan ijtimoiy institut hisoblanadi.
Fan doirasida oilaga berilgan ko‘plab ta’riflarga duch kelamiz, olimlar tomonidan oilaning turli
mezonlar bo‘yicha tasniflanishiga bo‘lgan urinishlarning guvohi bo‘lamiz. Dunyo miqyosidagi zamonaviy
tendensiyalarning ta’siri ostida oila institutining shakli va turlari o‘zgarib, yangicha mazmunga ega bo‘lishi
bilan bir qatorda, an’anaviy oila shaklini saqlab qolishga bo‘lgan sa’y-harakatlar ko‘zga tashlanishi bilan
farovon oila tushunchasini jamiyatda qaror topishi yo‘lidagi chora tadbirlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, farovon oila va farovon bo‘lmagan, funksional va disfunksional, notinch hamda
nosog‘lom muhit hukmron bo‘lgan oila o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat degan savol barchani qiziqtirishi
tabiiy, albatta.
Farovon oila – er-xotinning bir-biriga va farzandlarga nisbatan o‘zaro majburiyatlari to‘la va aniq
bajariladigan, jamiyatning axloqiy me’yorlari va qoidalari qo‘llab-quvvatlanadigan, o‘zini o‘zi moddiy
jihatdan ta’minlay oladigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan
bir vaqtning o‘zida ham birlamchi ijtimoiy guruh, ham ijtimoiy institutdir. Farovon oila tushunchasi oila
a’zolarining yetarli darajada qondiradigan ish, daromad, uy-joyga ega bo‘lishi hamda reproduktiv, tibbiy,
Do'stlaringiz bilan baham: |