“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
184
ta’lim, maishiy, madaniy,
psixofiziologik ehtiyojlarining qondirilishi, sog‘lom turmush tarzini yuritishga
asoslanishi bilan tavsiflanadi.
Disfunksional oila tushunchasi esa, jamiyat ijtimoiy stratifikatsiyasida pastroq ijtimoiy maqomga
ega bo‘lgan, oila a’zolarining o‘z funksional vazifalarini to‘la bajara olmayotgan, bolalar tarbiyasi va
ijtimoiylashuv jarayoni murakkab hamda og‘ir kechayotgan oilani nazarda tutadi. Umuman olib qaraganda,
olimlar orasida disfunksional oila yoki farovon oilaga aniq ta’riflar ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da
99
, qanday
oilani farovon yoki disfunksional, deb atash mumkin degan savolga ushbu oilalarning belgi va xususiyatlarini
keltirish bilan aniqlik kiritish mumkin. Disfunksional oilaga ijtimoiy tuzilishi buzilgan, oilaning asosiy
funksiya va majburiyatlari bajarilmaydigan yoki e’tibordan chetda qolgan, tarbiyada yaqqol yoki yashirin
nuqsonlar mavjud bo‘lgan, buning natijasida “tarbiyasi og‘ir bolalar” paydo bo‘lishi, oila a’zolarida spirtli
ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilish moyilligi mavjud, oilada kriminogen muhitni shakllanish
ehtimoli yuqori va boshqa shu kabi xususiyatlar xos. Bugungi kunda mazkur tipdagi oilalar bilan ishlash va
ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash (yo‘naltirish), jamiyat va davlat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Farovon oilalarning ko‘payishi va jamiyatda notinch disfunksional oilalarning paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun, birgina ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va psixologik ko‘mak ko‘rsatish yetarli hisoblanmaydi.
Chunki oila shunday kichik guruhki, oila a’zolarining bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlari hamda oiladagi
shakllangan ijtimoiy-psixologik muhit farzandlarning xulq-atvoriga va ularning kelajagiga sezilarli va jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi. Oila a’zolarining huquqiy madaniyatlilik darajasi ham farovon oilaning shakllanishida
muhim omil hisoblanadi.
Xo‘sh huquqiy madaniyat o‘zi nima hamda nima uchun farovon oila shakllanishida huquqiy madaniyat
zarur?
Huquqiy madaniyat bu har bir jamiyatda huquqning ijtimoiy qadriyat sifatida mavjud bo‘lishi va
rivojlanishida ifodalanadigan huquqiy ong va qonuniylik hamda yuridik amaliyotning haqiqiy holati,
qonunchilikning sifat darajasi bo‘lib, u mazkur jamiyatning o‘ziga xos yuridik boyligi hamdir
100
.
Huquqiy madaniyat jamiyat va shaxsning huquqiy holati timsolida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan
alohida ijtimoiy hodisadir
101
.
Huquqiy madaniyat jamiyatning huquqiy madaniyati, shaxsning huquqiy madaniyati, bir kasbdagi
insonlarning huquqiy madaniyati kabi turlarga ajratiladi. Huquqiy madaniyat fuqarolar tomonidan ularning
jamiyat oldidagi burchlarini ongli ravishda amalga oshirishi hamda fuqarolik huquq va erkinliklarini
ro‘yobga chiqarishning zaruriy sharti hisoblanadi. Fuqarolar tomonidan o‘z huquq va erkinliklarini hamda
majburiyatlarini ro‘yobga chiqarishdagi qoloq (eskicha) qarashlar, nomaqbul xulq-atvor hamda biror shaxs
ustidan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga imkon yaratadi
102
.
Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirishning
va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan
butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi. Mohiyati jihatdan, bu
uning huquqiy tafakkur, yuridik texnika (uslubiyat) va huquqiy tajribaning mujassamlantirilishidir. U amal
qilayotganda va uning tarkibiy kdsmlari rivojlantirilayotganda huquqning o‘ziga, huquqiy amaliyot, huquqiy
munosabatlarga, qonuniylik va huquqiy tartibotga, huquqiy ijodkorlik va huquqni qo‘llash, shuningdek,
boshqa huquqiy faoliyatlarga, butun ijobiy huquqiy borliqqa singib ketadi.
Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat
huquq, sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxsning va jamiyatning
99
Чубаркин М.М. Неблагополучная семья // http://academy.edu.by/sites/logoped/family.htm., Олиференко, Л.Я.
Социально-педагогическая поддержка детей группы риска: учеб. пособие / Л.Я. Олиференко [и др.]. – Москва: Академия,
2002. – C. 256.
100
Жиноят содир этишга мойил бўлган ёшларни аниқлаш ва ёш авлоднинг ҳуқуқий саводхонлигини юксалтиришга
қаратилган долзарб вазифалар комплекс социологик тадқиқоти// Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси
ҳузуридаги “Оила” илмий-амалий тадқиқот маркази. 2019 й., –Б. 4.
101
Таджиханов У., Саидов А. Ҳуқуқий маданият назарияси. Дарслик. 2 томли. 1-том / Масъул муҳаррир академик
Ш.З.Уразаев – Тошкент: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 1998. – Б. 30
102
Смоленский М.Б. Правовая культура, личность и гражданское общество в России: Формула взаимо-обусловленности/
М.Б. Смоленский // Правоведение. – 2003. № 1. – С.197-204.
Do'stlaringiz bilan baham: |