Bog'liq 4-qism. Ilzm-zakovat Iqtisodiy fanlar yo\'nalishi
“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani materillari 73
Xulosa . Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, AKT rivojlanishi
mamlakatning raqobatbardoshlik darajasiga bevosita ta’sir qiladi, sizga katta hajmdagi
ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirishga imkon beradi, strategik darajada boshqaruv
uchun katta imkoniyatlar ochadi.Ushbu sohani viloyatning barcha tumanlariga targ‘ib qilish
mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bilimlar va xizmatlar iqtisodiyotini shakllantirishning
eng muhim sharti kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning rivojlangan tizimi
hisoblanadi. Yuqori malakali kadrlar iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘ladi.
Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi aholining hududiy va ijtimoiy harakatchanligini,
yangi xo‘jalik hududlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va moddiy
mahsulotlar iste’molini oshirishni ta’minlaydi.
Yozyovon, So‘x, Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara Furqat tumanlarida ishsizlik
darajasi boshqa tumanlarga nisbatan yuqori. Bu tumanlarida engil sanoat tarmoqlarini
joylashtirish imkoniyatlari mavjud. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab
quvvatlash yaxshi samara beradi. Beshariq, Quva, Oltiariq tumanlarida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarin sifatli yetkazib beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarni joylashtirish bu
hududlardagi imkoniyatlarni yanada oshiradi. Yangi tarmoqlardan biri bo‘lgan agroturizim
soxasini shakllantirishga sharoit yaratadi.
Hozirgi kunda ko‘plab mamlakaatlarning rivojlangan sohasi bu turizmdir. Turizm
asosida nafaqat ishsizlarni ish bilan ta’minlashga balki iqtisodiyotda ham katta foyda olish
mumkin. Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona, Oltiariq va Beshariq tumanlarida aholi
salomatligini tiklashga qaratilgan bir nechta sihatgohlardagi shifobahsh suv ko‘plab
kasalliklarni oldini olishga va davolashga hizmat qilmoqda. Bundan tashqari Farg’ona
viloyatida turizimning etnografik, ekstremal va diniy turizm sohalari bo’yicha imkoniyati
borligi aniqlangan. Bu imkoniyatlardan to‘la foydalanish va jahon tajribalariga javob
beradigan hizmat ko‘rsatish sohalarini yaratish bu hududlar daromadini oshishiga, balki
mehnat resurslarining ish bilan bandligini taminlashga hizmat qiladi. Viloyatdagi ishsizlarni
kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan
xizmatlar ishini faollashtirish ta’lab etiladi. Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
xalqimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo‘lgan ish bilan bandlik darajasining
oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo‘l ochib beradi.