“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani materillari
71
Z.Q. Shermatova – Farg’ona davlat universiteti geografiya mutaxassisligi
magistranti
MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
YO‘LLARI (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)
Annotatsiya
: Maqolada Farg‘ona viloyati mehnat resurslari o‘sishi va uning tarkibiy
o‘zgarishi hamda iqtisodiyotda bandligi dinamikasi tahlil qilinib, ulardan samarali
foydalanish yo‘llari bo‘yicha fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
aholi, mehnat resurslari, bandlik darajasi, demografiya, migratsiya,
iqtisodiy faol aholi, aholiga hizmat ko‘rsatish
Kirish
. Viloyatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash borasidagi eng muhim va hal
qilinishi lozim bo‘lgan muammolardan biri aholining mehnatga layoqatli va doimiy ish
joyiga muhtoj qatlamini ish bilan ta’minlash hisoblanadi. Mamlakatda tadbirkorlik
tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot
tizimini yo‘lga qo‘yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati
organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda [1].
Bu borada respublikamiz Prezidenti va Vazirlar mahkamasi tomonidan ko‘plab
qonun va qarorlar imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-
martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini
tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son Farmoni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallanganstrategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi
PF-5853-son Farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
”Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish Chora-Tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni buning yaqqol ifodasidir.
Mamlakatimizda ko‘plab tadqiqotchilar aholi bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy va
ekologik masalalarni o‘rganganlar. Jumladan, A.A.Qayumov (2000), A.S.Soliev (2005),
M.R.Bo‘rieva
(2005),
O.B.Ata-Mirzaev
(2006),
X.X.Abdurahmonov
(2010),
YU.Axmadaliev (2014), Z.N.Tojieva (2010, 2017) kabi tadqiqotchilar tomonidan mehnat
resurslarini shakllanishi va aholi bandligiga oid ishlar olib borilgan. Ushbu maqolada
Farg‘ona viloyatda mehnat resurslari va ulardan oqilona foydalanish masallari geografik
jihatdan yoritib berilgan.
Asosiy qisim.
Mehnat resurslarining soni, o‘sish dinamikasi, malakaviy tayyorgarligi
va joylanish xususiyatlari, viloyat miqyosida va ichki tumanlar doirasida ishlab chiqarishni
ixtisoslanishiga, tashkil qilishiga va rivojlanishiga katta tasir ko‘rsatadi. Iqtisodiy geografik
tadqiqotlarning deyarli barchasi u yoki bu darajada, albatta, tabiiy geografiya
ma’lumotlariga tayanadi, ularga iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan baho beriladi [2].
Farg‘ona viloyatining doimiy aholisi soni 2021-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, 3 878,0
ming kishini tashkil etib, yil boshidan 58,1 ming kishiga yoki 1,5%ga o‘sdi [6]. Viloyat
hududlari kesimidagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021-yil 1-oktabr holatiga eng ko‘p
Do'stlaringiz bilan baham: |