“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani materillari
72
aholi soni Farg‘ona shahrida 297,8 ming kishi (viloyat aholisi sonidagi ulushi (7,7 %) va
Quva tumanida 264,8 ming kishini (6,8 %), aksincha eng kam aholi soni Quvasoy shahrida
96,5 ming kishi (2,5 %) va So‘x tumanida 80,2 ming kishini (2,1 %) tashkil etdi. Hududlar
kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2020-yilning mos davriga nisbatan Qo‘shtepa
tumanida 2,5 % ni va Dang‘ara tumanida 2,4 % ni, Uchko‘prik tumanida 2,3 % ni, aksincha
eng kam o‘sish sur’ati, Qo‘qon shahrida 1,5 % va Quva, Beshariq tumanlarida esa 1,7 % ni
tashkil etdi. Ma’lumki, mehnat resurslarining ish bilan bandligi ijtimoiy geografiyaning
muhim tushunchalaridan biridir. Xududning mexnat saloxiyatidan samarali foydalanishi
faqat mexnat resurslarining bandligi bilangina emas, balki uning tarkibiy tizimiga tarmoqlar
va soxalarda qanday bandligi bilan xam ifodalanadi.
Har bir mamlakatda yoki mamlakatlar guruhida mehnat resurslarining soni, tarkibi va
o‘sish sur’atlari aholining takror barpo qilinish jarayonining xususiyatlariga va aholining
yosh tarkibiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Chunki, mehnat resurslari sonining o‘sishi,
asosan, aholining tabiiy o‘sish hisobiga bo‘ladi.
Viloyatda 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida 74,8 mingta bola tug‘ilganligi qayd
etilgan bo‘lib (faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan
tug‘ilish koeffitsienti 26,0 promilleni tashkil etdi hamda 2020-yilning mos davriga nisbatan
1,8 promillega oshganligi kuzatildi (2020-yilning yanvar-sentabr oylarida 24,2 promille
bo‘lgan). 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida aholining tabiiy o‘sishi 61,3 ming kishini
tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 5,2 ming kishiga (2020 yilning yanvar-
sentabr oylarida 56,1 ming kishi bo‘lgan) o‘sgan.[6]
Mehnat resurslarining soni mexanik harakat (migratsiya) hisobiga ham o‘zgaradi.
2021-yil yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 8315 kishini,
ko‘chib ketganlar soni esa 10522 kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 2207 kishi
bo‘lib, 2020-yilning o‘tgan shu davrida minus 2300 kishi bo‘lgan. 2021-yilning yanvar-
sentabr oylarida migratsiya saldosining eng yuqori kamayishi darajasi Marg‘ilon shahrida
minus 678 kishi va eng yuqori o‘sish darajasi Farg‘ona shahrida 996 kishi qayt etildi. Bunga
sabab shaharda hizmat ko‘rsatish sohalarining yetarliligi, mehnatga haq to‘lashning boshqa
tumanlarga nisbatan yuqoriligi misol bo‘la oladi. Farg‘ona viloyatida iqtisodiy faol aholi
1613,9 ming kishini tashkil etib, iqtisodiyotda bandlar 1438,3 ming kishini, ishsizlar esa
175,5 ming kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi esa 10,9 foizga to‘g‘ri kelgan. Ishsizlikning
eng yuqori ko‘rsatkichlari Yozyovon, Dang‘ara, Uchko‘prik, Furqat tumanlarida kuzatilgan.
Hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori
ulushi Farg‘ona shahriga to‘g‘ri kelib, 26,5%ni, shuningdek, Qo‘qon shahri 15,2 %, Toshloq
tumani 12,3%,Uchko‘prik tumani 8,6 %ni tashkil etdi.
Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 10321 ta sanoat korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan
bo‘lib ulardan 9916 faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 1413 tasi (faoliyat ko‘satayotgan
korxonalar umumiy sonining 14,2 %) Qo‘qon shahriga, 1124 tasi (11,3 %) Farg‘ona
shahriga, 1023 tasi (10,3 %) Marg‘ilon shahriga, 673 tasi (6,7 %) Uchko‘prik tumaniga, 583
tasi (5,8 %) O‘zbekiston tumaniga, 582 tasi (5,8 %) Buvayda tumaniga to‘gri kelmoqda.
Farg‘ona viloyatining o‘ziga hos tabiiy sharoiti va iqtisodiy imkoniyatlari har bir tuman o‘z
aholisini ish bilan taminlashga qodirligini ko‘rsatadi. Buning uchun olib borilgan tadqiqotlar
asosida kerakli tavsiyalar berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |