“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani materillari
17
mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish borasida yana bir turtki
bo’ldi.
Bunda jahon tajribasida keng qo‘llaniladigan kambag‘al oilalarning doimiy daromad
manbaini
yaratish, inson kapitali sifatini oshirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-
quvvatlash kabi uch vositadan foydalanilmoqda.
– Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag’al.
Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so’mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada
mashina ham, chorva ham bo’lishi mumkin, lekin bir kishi og’ir kasal bo’lsa, oila
daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo’sh bunday oilani o’ziga to’q
deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi,
bolalarini o’qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo’layapti,
degan savol har
kuni qiynaydi, – dedi Shavkat Mirziyoev
10
.
Xizmat ko‘rsatish dunyo tajribasida eng sеrdaromad tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishni yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish
sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kеyingi yillarda mazkur yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini
boshlamoqchi bo‘lgan tashabbuskorlarni krеdit mablag‘lari bilan ta’minlashda moliya
muassasalari muhim o‘rin tutmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash, aholini
tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida
Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi farmoni hamda qaroriga muvofiq, Mahalla va oilani
qo’llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika
darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag’allikni kamaytirishga mas’ul lavozimlar
joriy qilinib, vertikal tizim yaratildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda rasman ish bilan band
bo’lmagan 1 million 400 mingga yaqin ayollar va yoshlar bor. Xotin-qizlar o’rtasida
ishsizlik darajasi 13 foiz, yoshlarda esa 15 foizni tashkil etmoqda. Farg’ona, Samarqand,
Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko’rsatkich yuqori.
Shu bilan birga,
bugungi kunda qurilishda 104 ming, kommunal sohada 71 ming, xizmat ko’rsatish sohasida
68 ming, yengil sanoatda 46 ming nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud.
Bu ko’rsatkichlardan kelib chiqib aytish mumkinkim aholining kambag’al qismini
kambag’allik darjasidan chiqarish uchun birinchi navbatda xizmat ko’rsatish sohasida aholi
bandligini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlarini berish, davlat subsidiyalari va imtiyozli
kreditlarni ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida, xususan aloqa va axborotlashtirish, maishiy xizmat, bank
va biznes xizmatlarida (konsalting, audit, lizing, sug‘urta va boshqalar)
kichik biznesni
rivojlantirish; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish, shu
jumladan mahsulotlarni tayyorlash va saqlash, qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat
ko‘rsatish, chorva uchun ozuqani sotish xizmatlari, o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish
xizmatlari, veterinariya xizmatlariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ijtimoiy ahvoli va
turmush sharoiti og‘irlashgan va sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan
oilalarni qayd etishga mo‘ljallangan saxovat.argos.uz dasturi ishga tushirilib,
oilalarning
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-dekabr kungi Oliy Majlisga qilgan
murojaatnomasi