101
sag‗iyr‖, ―At ta‘rix al avsot‖, ―At ta‘rix al kabir‖, ―Kitob al ilal‖, ―Birr ul volidayn‖,
―Asomi us sahoba‖, ―Kitob al kuna‖ va boshqalarni ko‗rsatish mumkin. Buyuk
allomaning eng muhim asari, shubhasiz, ―Al jome‘ as sahih‖dir. Bu asar ―Sahih
Buxoriy‖ nomi bilan ham mashhur. Uning g‗oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom
Buxoriygacha o‗tgan muhaddislar o‗z to‗plamlariga eshitgan barcha hadislarini
tanlab o‗tirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom Buxoriy esa turli roviylardan
eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‗lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob
yaratdi. U hayoti davomida 600 ming hadis to‗plab, ulardan 7275 hadisni o‗zining 4
jildlik ―Ishonarli to‗plam‖iga kiritdi. Bu asar 160 qismdan iborat bo‗lib, 3450 bobni
o‗z ichiga oladi
. Bu
sharafli ishni birinchi Buxoriy boshlab bergan bo‗lib, keyin qator
olimlar
unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to‗plamini yaratanlar.
Imom
Buxoriyning ushbu yirik asari o‗z davridan boshlab toki shu kungacha
islom ta‘limotida Qur‘ondan keyingi ikkinchi o‗rinda turadigan muhim manba
sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Asarning ko‗plab nusxalari
turli shaharlarda
tarqalgan. 1325 yilda ko‗chirilgan sakkiz jilddan
iborat nusxasi hozir Istanbulda
saqlanmoqda. ―Al jome‘ as
sahih
‖ga ko‗pdan-ko‗p sharhlar bitilgan bo‗lib, muhim
manba sifatida qayta- qa
yta nashr qilingan.
1498
yilda buyuk hadisshunosning 1225 yillik tavallud kuni keng
jamoatchilik
tomonidan katta hurmat va ehtirom ila nishonlanib, u vafot etgan Samarqand
atrofidagi Chelek shahridagi Imom Buxoriy ziyoratgohi ulkan
majmuaga aylantirildi.
Alloma maqbarasi go‗zal suratda qayta bino qilindi
.
Majmua tarkibiga kiruvchi
masjid ta‘mirlandi. 2008 yilda
Imom
Buxoriy majmuasi Xalqaro Markazga
aylantirildi. Bugun ushbu
ma‘rifiy
markazda Imom Buxoriy merosini o‗rganish va
jamoatchilikka
taqdim
etish yo‗lida ulkan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu erga
jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar.
O‗zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil
senyabrda
Nyu
York shahrida bo‗lib o‗tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida
so‗zlagan
nutqida Islom dini haqida gapira turib Imom al
Buxoriy
ismini alohida hurmat bilan
tilga olib o‗tdi. Prezident o‗z
nutqida
quyidagilarni ta‘kidladi: ―Markaziy Osiyo
Uyg‗onish davrining
ko‗plab
yorqin namoyandalarining islom va jahon
sivilizatsiyasiga qo‗shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday
buyuk allomalardan
bi
ri
Imom
Buxoriy o‗z ahamiyatiga ko‗ra islom dinida Quroni
Karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan ―Sahihi Buxoriy‖ning muallifi
sifatida
butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‗ zotning g‗oyat boy merosini asrab-
avaylash va o‗rganish, ma‘rifatiy islom to‗g‗risidagi ta‘limotini
keng
yoyish
maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi
Xalqaro
ilmiy-tadqiqot
markazini tashkil etish to‗g‗risida qaror qabul
qildik.
Toshkentda tashkil etilayotgan
Islom sivilizatsiyasi markazining
faoliyati
ham shu maqsadga xizmat qiladi‖. Hozirda
bu ikki markaz samarali
faoliyat
olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: