O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


xonul-xoqon degan  nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon  sulton ul-salotin



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

xonul-xoqon
degan 
nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon 
sulton ul-salotin
, fors tarix 
asarlarida 
shahanshoh
ga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar 
davri kitoblarida 
tamg‗ochxon
deb ham yutirilgan. 
Qoraxoniylar davlati markazlashgan davlat emas edi, xoqonlik hududlari el 
va viloyatlarga bo‗linib, eloqxonlar tomonidan idora etilgan. Qoraxoniylar davlati 
boshlig‗i lavozimi, xoqonning taxti merosiy sanalgan. Xoqonlikda va unda quyidagi 
mansablar bo‗lgan:
ulug‗ hojib, oshchi, bitikchi, kotib, qushchi va boshqalar. 
Qoraxoniylar davrida erga egalik qilishdagi 
iqto
eri iqtodorga butunlay
merosiy qilib, nasldan-naslga o‗tadigan bo‗ldi.
 
G‗azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi 
yarmiga to‗g‗ri keladi. G‗aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo‗lib, bu 
davlat uning o‗g‗li Mahmud G‗aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli 
davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud G‗aznaviyning istilochilik 
yurishlari tufayli shimoliy va shimoliy-g‗arbiy Hindistondan Chag‗aniyon va 
Xorazmgacha cho‗zilgan bo‗lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. O‗z 
davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo‗l hukmdori bo‗lgan Mahmud G‗aznaviy 
1030-yilda vafot etadi. Uning o‗g‗li Ma‘sud (1030-1041) otasi tuzgan davlatni 
butunligicha saqlab qololmadi. 
Mahmud G‗aznaviyga rasman tobe bo‗lgan, lekin amalda mustaqil 
boshqariladigan Xorazm shohi Xorun ibn Oltintosh 1034-yilda Xorazmni butunlay 


91 
mustaqil deb e‘lon qildi va katta qo‗shin bilan Xurosonga yurish qildi. Lekin Sulton 
Ma‘sud tomonidan sotib olingan kishilar Xorazm shohi Xorunni o‗ldiradilar. Uni 
qo‗llab-quvvatlagan qoraxoniylar qo‗shini yana Samarqandga qaytib ketadi. Shundan 
so‗ng Sulton Ma‘sud qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi va shu yo‗l bilan 
g‗aznaviylar hokimiyatiga bo‗lgan xavfni bir oz kamaytiradi. 1034-1037 yillarda 
Xurosonda saljuqiy turklarning davlati tashkil topib, ular Tug‗rulbek boshchiligida 
Xurosonning katta qismini bosib olishdi.Sadriddin al-Xusayniyning
―Axbor ad-davla 
as-saljuqiyya (Saljuqiylar davlati haqida xabarlar) asari saljuqiylar xukmronligi davri 
tarixi xaqida ma‘lumot beradi. 
Markaziy Osiyo (saljuqiylar, g‗aznaviylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar 
sulolalari), Kavkaz oldi (Ozarbayjon otabeklari, shirvonshohlar, Gurjiston), Eron 
(Fors otabeklari davlatlari, saljuqiy amirlarining mulklari) va Iroq (Bag‗dod 
xalifaligi, Mosul otabeklari) tarixiga oid mazkur manbada juda kam o‗rganilgan davr 
tarixi keng yoritiladi. O‗zbek davlatchiligi tarixini o‗rganishda ham al-Husayniy asari 
ko‗pgina bo‗shliqlarni to‗ldirib, o‗rganilmagan tarix sahifalarini keng yoritadi . 
―O‗g‗uz va boshqa turkiy qavmlarga yo‗lboshchilik qilgan saljuqiylar 1040 
yil 24 mayda Dandanakon jangida g‗aznaviylar sultoni Mas‘ud ibn Mahmud 
lashkarini butunlay tor-mor etib, g‗arbga qarab yurishlarini davom ettirdilar. Jiddiy 
bir qarshilikka duch kelmagan saljuqiylar ketma-ketlik bilan Oli Bo‗ya (buvayhiylar) 
sulolasiga mansub hududlarni o‗z tasarruflariga kirgizib, 1055 yili Bag‗dodni ham 
zabt etdilar va xalifa Qoim bi amrilloh saljuqiylarning eng yoshi ulug‗ peshvosi 
To‗g‗rulbekka barcha qaram hududlar ustidan hukmron sulton ―Sulton al-Mashriq va-
l-Mag‗rib‖ unvonini berdi. Sulton To‗g‗rulbekning vorislari Alp Arslon va 
Malikshoh bu bosqinchilik siyosatini islom dinini yoyish va shariati islomning 
muhofazasi shiori ostida davom ettirdilar. Sulton Malikshoh hukmronligining oxirgi 
yilida (1092) saljuqiylar imperiyasining chegaralari sharqda Qoshg‗ardan g‗arbda 
O‗rta er va Marmar dengizlari, shimolda Kavkaz va janubda Yamangacha cho‗zilgan 
edi.Saljuqiylar Markaziy va G‗arbiy Osiyoning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti hamda 
tarixida sezilarli iz qoldirgan‖
1
.
Saljuqiylar davlatining sultoni Tug‗rulbek (1038-1063) Movaraunnahrda hukmronlik 
qilayotgan qoraxoniylar bilan do‗stona munosabatlar o‗rnatdi. Lekin uning vorisi Alp 
Arslon (1063-1072) Amudaryoning o‗ng sohilidagi erlarga bir necha bor harbiy 
yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo‗shinlarini mag‗lub 
etdi. Undan keyin taxtga o‗tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089-yilda qoraxoniylar 
o‗rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o‗lja 
bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljuqiylarning yarim vassaliga aylandilar. 
Malikshohning o‗limidan keyin Saljuqiylar davlatida taxt uchun o‗zaro kurashlar 
qizib ketadi va 1118 yilda hokimiyat buyuk saljuqiylar sulolasining so‗nggi yirik 
vakili Sulton Sanjar (1118-1147) qo‗liga o‗tadi. Uning davrida Saljuqiylar 
davlatining poytaxti Marv shahriga ko‗chirildi. 1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton 
Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan 
qo‗shinlari o‗rtasida, Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‗lidagi jangda 
1
Садриддин ал-Хусайний Ахбор ад-давла ас-салжукиййа (Салжукийлар давлати хакида хабарлар)

Тошкент-Панжикент-2018 11-б 


92 
qoraxitoylarning g‗alaba qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zaiflashtirdi. 
Saljuqiylarning mag‗lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik 
bilan foydalanib, 1141-yilning qishida saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi, 
1142-yilda esa Nishopurga yurish qildi. Lekin Sulton Sanjar Xorazm qo‗shinlarini 
Xurosondan quvib chiqardi va Xorazmshoh Otsizni yana o‗ziga bo‗ysundirishga 
erishdi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi 
ko‗chmanchi Guz qabilalar berdilar. Ular Sulton Sanjar qo‗shinlarini tor-mor etib, uni 
asir oldilar. Guzlar himoyasiz qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o‗t 
qo‗ydilar. Sulton Sanjar 1156-yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo‗lsa ham 
saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish