O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


V.4. Anushtegin Xorazmshohlari davlatining tashkil topishi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 
V.4. Anushtegin Xorazmshohlari davlatining tashkil topishi. 
Xorazmshohlar davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayot 
Xorazm somoniylar davrida ularga tobe edi. Ular Somoniylar davlati 
tugaganidan so‗ng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib ko‗rdilar. Lekin 
Movaraunnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‗aznaviylar davlati oldidaXorazm 
davlati juda kuchsiz bo‗lib, ko‗p hollarda Mahmud G‗aznaviy va uning o‗g‗li 
Ma‘sudga qaram edi. G‗aznaviylar davlatining inqirozi va Xurosonda Saljuqiylar 
hukmronligi o‗rnatilgandan keyin Xorazm dastlabki yillarda mustaqil siyosat olib 
borishga harakat qilgan bo‗lsa-da, tez orada Saljuqiylarga qaram davlatga aylandi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko‗p xizmat qilgan 
hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) bo‗ldi. Saljuqiy Sulton 
Malikshoh davridaXorazmni hukmdori bo‗lgan Anushteginning nevarasi Otsiz o‗zi 
tobe bo‗lgan Saljuqiy sultonlarining har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor, 
diplomat va mohir sarkarda bo‗lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U 
Xorazm erlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimi erlarini, Mang‗ishloqni 
bosib oladi. Shundan so‗ng u bir necha bor (1138, 1141, 1142, 1147-1148-yy.) Sulton 
Sanjarga qarshi isyon qildi va mag‗lubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe 
bo‗lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam 
asos yarataoldi. Sulton Sanjarning o‗limidan so‗ng (1157 y.) Saljuqiylar davlati 
deyarli bo‗linib ketdi va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borishi uchun 
keng yo‗l ochildi. Muhammad Otsizning o‗limidan so‗ng o‗g‗li Elarslon taxtga 
o‗tirdi. Elarslon vafot so‗ng taxtni uning kichik o‗g‗li Sultonshoh egallaydi. 
Arslonning katta o‗g‗li Alouddin Takash qoraxitoylar yordami bilan ukasi 
Sultonshohdan taxtni tortib olishga erishdi.Alouddin Takash (1172-1201) o‗z 
davlatini yanada mustahkamlash uchun Movarounnahrga, Xurosonga bir necha bor 
harbiy yurishlar uyushtirdi. Xorazmshoh Takash XIIasrning 80-yillarida Xurosonni 
ba‘zi bir hududlarini qo‗lga kiritdi. 1187 yilda u Nishopurni, 1192 yilda Ray shahrini, 
1193 yilda Marv shahrini egalladi. Bag‗dod xalifasi Nasr (1180-1225) va G‗arbiy 
Saljuqiylar sultoni Tug‗rul II o‗rtasidagi nizodan foydalanib, Takash qo‗shinlari 
1194-yilning mart oyida Tug‗rul II ga qarshi urush ochdi va uni engib Hamadon 
shahrini egalladi. Tug‗rul II esa jangda o‗ldirildi.
Xalifa Nasr qo‗shinlari Takashga qarshi chiqdilar va 1196 yil iyulida 
xorazmliklar xalifa qo‗shinlarini engdilar. Shu tariqa Eronning katta qismi 
Xorazmshohlar qo‗liga o‗tdi va davlat hududi birdaniga ikki baravar kengaydi. 1200 


93 
yilda Takash vafot etdi. Takash judaog‗ir vaziyatda Old Osiyo va O‗rta Osiyoning 
katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq bo‗ldi.
Takashdan so‗ng Xorazm taxtiga uning o‗g‗li Alouddin Muhammad o‗tirdi 
(1200-1220). Muhammad Xorazmshoh O‗rta Osiyoni butunlay egallagandan so‗ng 
G‗arbga yurish qildi va tez orada Eron va Afg‗onistonni ham bosib oldi. Hattoki, 
Bag‗dod xalifasini ag‗darishga urinib ko‗rdi.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish