O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


V.2. IX asrning boshlarida Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

V.2. IX asrning boshlarida Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy
vaziyat. Tohiriylar, Safforiylar va Somoniylar hukmronligi davrida ijtimoiy – 
siyosiy, iqtisodiy hayot 
IX asrga kelib O‗rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab xalifaligiga qarshi 
olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bo‗lgan 
intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, xalifalikning ichki hududlarida ham 


87 
ziddiyatlar keskinlashib borayotgan edi. Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin 
uning o‗g‗illari Ma‘mun va Amin o‗rtasida o‗zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy 
sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar. 
Hirot viloyatining Bushang shahridan bo‗lgan Tohir ibn Husayn o‗z 
nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o‗g‗li Ma‘mun 
(asli ismi Abdulla bo‗lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma‘mun o‗rtasida 
hokimiyat uchun bo‗lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma‘mun tomonidan turib 
Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda 
Ma‘mun xalifalik markazi Bog‗dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir 
ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir 
ibn-Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (o‗sha davrda Movaraunnahr ham 
Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o‗zining qarorgohi 
etib tanladi. U o‗zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni 
orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifalikdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. 
Noiblikka o‗tirgandan so‗ng oradan ko‗p o‗tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning 
nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma‘munga qarshi ochiqdan ochiq 
isyoni belgisi edi. 
Ba‘zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn halifa 
Ma‘mun odamlari tomonidan o‗ldirildi. Uning o‗rniga Talxa ibn Tohir (822-830-y.) 
noib etib tayinlandi.
Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi. Shunga 
alohida e‘tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo‗jaligini rivojlantirish maqsadida 
er-suv masalalariga alohida e‘tibor qaratdilar. Shu soha bilan shug‗ullanuvchi 
qonunshunoslar ―Kitob alkuniy‖ nomli qonunlar to‗plamini tuzdilar.
IX asrning 60-70-yillaridan e‘tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq 
harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G‗oziylar boshchilik qildilar. (―G‗oziylar‖ asosan 
ko‗chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‗al hunarmandlar 
va ersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‗shin). G‗oziylar harakatini aka-uka 
Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qo‗lga 
olgach, 873 yilda tohiriylarning qo‗shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti 
Nishopurni egalladilar va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va 
Amir asli hunarmand-misgar-‖saffor‖ edilar.) qo‗liga o‗tib ketdi.
Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila 
boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga 
kirishdilar.
Somoniylar davlatiga Somon qishlog‗i (Balx yaqinida, ba‘zi manbalarda esa, 
- Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos solgan. Xalifa 
Ma‘munga bo‗lgan sadoqatlari evaziga 819-820-yillarda Somonxudotning nabiralari 
Nuh Samarqandga, Ahmad Farg‗onaga, Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos 
Hirotga hokim etib tayinlandilar. 
839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni 
mustahkamladi. U So‗g‗dning bir qismi va Farg‗onaga hokim bo‗lib oldi. Lekin 
somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko‗proq bo‗ldi. Uning Nasr, 
Ya‘qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is‘hoq va Homid ismli o‗g‗illari bor edi. Nuh ibn Asad 
842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari Ahmad va YAhyo boshqardi; keyin 


88 
hokimlik Nasr (865-892) qo‗liga o‗tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, 
Choch va Ustrushona Ahmadning ikkinchi o‗g‗li Ya‘qubga nasib etdi. Keyin 
tashabbus Ismoil ibn Ahmad qo‗liga o‗tdi. Buxoroda tohiriylar mavqei sust edi. 874 
yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro 
zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892)ni hokim qilib 
jo‗natadi. 
Nasr Movaraunnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq bu ishda 
unga xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston yaqinida)ni qo‗lga kiritdi. Xalifa 
Mu‘tamiddan Movaraunnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo‗ldi. Bu 
paytda Buxoroda kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe bo‗lishni istamadi. 888-yili 
ikki o‗rtadagi jangda Nasr engildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil 
Movaraunnahrning yagona hukmdori bo‗lib qoldi (892-907). 893 yilda u Tarozni, 
so‗ng Ustrushonani qo‗lga kiritdi. 
Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida 
Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o‗rniga 
safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‗natadi. 
Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy to‗qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar 
qo‗shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga 
majbur bo‗ldi.
997 yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o‗g‗li Mansur 
ibn Nuh (997-999)ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va Foyiq isyon ko‗tardilar. 
Amirning Mansurga e‘tiqodi zo‗rligini nazarda tutib, isyonchilar amirning ko‗ziga 
mil tortadilar. Mansur ibn Nuh vafotidan so‗ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh 
Buxoro taxtiga o‗ltirdi. Mahmud intiqom bahonasida Bektuzin va Foyiqqa qarshi 
qo‗shin tortib butun Xurosonni bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo‗lida faqat 
Movaraunnahr qoldi. 
Ko‗p o‗tmay qoraxoniylar xoni Nasr Iloqxon Buxoroni zabt etdi. Amir 
xonadoni asirga olindi. 999-yilda Somoniylar davlati tugatildi.
Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun 
avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. 
Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmronligi davrida kunning dolzarb masalasiga 
aylandi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar o‗tkazdi. Mana shunday 
islohotlardan biri 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish