O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Kushon davlati. 
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida 
ma‘lumot beradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani 
mil.avv.172-16-yillar oralig‗ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunnlardan 
mag‗lubiyatga uchraganidan so‗ng O‗rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‗chib 
yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida ―Da-yuechji‖ - ‖Buyuk‖ yoki ―Katta 
Yuechji‖ deb eslatiladi. Chjan Szyan ma‘lumotlariga ko‗ra, yuechjilar xunn 
qabilalaridan mag‗lubiyatga uchragach O‗rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, 
Daqya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida 


59 
joylashadilar. To‗ng‗ich Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining 
shimoliy tomonida o‗z poytaxtlariga asos solganliklari ta‘kidlanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuechjilar mil. avv. 140-130 yillar 
oralig‗ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‗p 
o‗tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. 
Kichik Xan uyi tarixi ma'lumotlariga ko‗ra, Katta 
yuechji qukmdorlari ko‗l ostida beshta hokimlik (Xi-
xeu) bor bo‗lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, 
Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan 
xulosa chiqargan ko‗pchilik tadqiqotchilar Baqtriya 
tarixidagi butun yuechji davrini uchta bosqichga 
bo‗ladilar. 
1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuechji Daqya 
viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari 
Amudaryodan shimol tomonda edi. 
2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi 
rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‗lib, janubiy 
chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki qandaqor) edi. Yuechjilar bo‗ysundirgan 
hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‗lib ular xi-
xou (yabqu) tomonidan boshharilgan. 
3. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan 
mulklarning mustaqil bo‗lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‗usi Kiotszyukyu (Kujula 
Kadfiz) qolgan to‗rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi. 
Kushon davlatining paydo bo‗lishi haqida ko‗proq Xitoy manbalari va 
tangashunoslik ma‘lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo 
bo‗lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‗lgan 
bo‗lsa-da, so‗nggi 20-25 yil ichida bu masalaga juda ko‗plab aniqliklar kiritish 
imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o‗tkazilgan 
xalqaro simpozium, 1968-yil Dushanbeda YuNESKOning konferentsiyasi, 1970-yil 
Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag‗ishlangan bo‗lib, undan 
keyin ham bu masala bo‗yicha ko‗plab xalqaro anjumanlar bo‗lib o‗tdi. 
Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi 
Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. 
Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o‗z ahamiyatiga ko‗ra antik davr Xitoydagi 
Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi 
dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy 
manbalaridagi ―Guyshuan hokimi Kiotszyukyu‖, ilk kushon davriga oid topilma 
tangalarda aks ettirilgan ―Kushon podshosi Kudzula Kadfiz‖ga aynan mos tushadi. 
Tangashunoslik ma‘lumotlariga ko‗ra, Kadfiz I o‗z podsholik siyosatini davlat 
yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba‘zi bir guruh tangalar borki, ularning bir 
tomonida eng so‗nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning 
nomi yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va ―o‗z ishonchiga qat‘iy 
kushonlar yobg‗usi Kujula Kadfiz‖ degan so‗zlar bor. Bunday tangalar zarb etlishini 
olimlar turlicha talqin etadilar. Ba‘zi tadqiqotchilarning fikricha, Kadfiz I dastlab 
Yunon-Baqtriya podshosi Germey hokimligini tan oladi va ular birgalikda tanga zarb 


60 
etadilar. Boshqa guruh olimlar fikriga ko‗ra, Kadfiz I ning Germey tangalariga o‗z 
ismini qo‗yib zarb qilishga sabab, Germey tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi. 
Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o‗z nomini ―yobg‗u‖dan 
―shohlar shohi‖ faxriy unvonigacha ko‗tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh O‗rta 
Osiyodan (ko‗proq Tojikistondan) topilgan tangalarda ―shohlar shohi, buyuk 
xaloskor‖ degan yozuv ko‗proq uchraydi. Ko‗pchilik olimlarning fikricha, bu 
tangalarni Kadfiz I zarb etgan.
Kudzula Kadfizdan so‗ng taxtga uning o‗g‗li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga 
o‗tiradi. Kadfiz II davlatning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida pul 
islohoti o‗tkazib, oltin tangalar zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir 
qismini Kushon davlatiga qo‗shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‗rnatadi. 
Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik 
davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‗qqisiga ko‗tariladi. 
Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‗shib olinadi. Ayrim 
tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), 
Peshovar (Afg‗oniston) atroflariga ko‗chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning 
hududi Shimoliy Hindiston, Afg‗oniston, O‗rta Osiyoning janubi, Sharqiy 
Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, ―Kanishka podsholik qilgan 
davrda uning shon-shuhrati qo‗shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy 
qudrati ko‗pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‗arb tomonidagilar ham 
Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‗z garovga qo‗ygan odamlarini yuborar 
edilar‖. 
Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan, 
Kanishka hukmronligi davrida) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar anchagina 
rivojlangan davr edi. Bu davrga kelib O‗rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida 
qishloq xo‗jaligi yaxshi o‗zlashtirib bo‗lingan edi. Tekisliklarda sug‗orma 
dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham keng rivojlanadi. Bu davrda shuningdek,
Xorazmda, Zarafshonda ko‗plab sug‗orish inshootlari quriladi. Dehqonchilik 
qurollarida ham o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. Samarqand yaqinidagi Talibarzu 
yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan. 
Kushon davriga oid ko‗plab ochilgan ko‗hna shaharlar bu paytda shaharsozlik 
madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu davrga oid dastlabki 
ochilgan ko‗hna shaharlardan biri Ayritom ko‗hna shahri bo‗lib, u Amudaryoning 
o‗ng qirg‗og‗ida Termizdan 20 km sharqda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga 
qaraganda Ayritom ko‗hna shahri mil.avv. II asrdan mil. III asrga qadar uch tarixiy 
bosqichda rivojlanadi. Bular: so‗nggi grek-baqtriya davri, yuechji-kushon davri va 
kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib borilgan uzoq yillik (1932 yilda boshlangan) 
tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari majmualari, qabriston, ko‗plab haykallar 
va baqtriya yozuvi topilgan va o‗rganilgan. Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari 
aniqlanmagan. 
Bu davrda Afrosiyob ko‗hna shaqri tuzilishida ham o‗zgarishlar bo‗lib o‗tadi. 
Xususan, milodning dastlabki asrlarida bu ko‗qna shahar yangitdan devor bilan o‗rab 
olinadi. Afrosiyobdan topilgan juda ko‗plab topilmalar ham aynan mana shu davrga 
oiddir. Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‗zgarishlar tufayli 4-5 asrlarida ko‗hna 
shahar inqirozga uchraydi.


61 
Bu davrga oid yirik ko‗hna shaharlardan biri Dalvarzintepadir. Ko‗hna shahar 
Surxondaryo viloyatining Sho‗rchi tumani hududida joylashgan. Umumiy maydoni 
36 gektardan ziyod bo‗lgan bu ko‗hna shahar uzunligi 2,5 km, qalinligi 10 metr 
bo‗lgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o‗rab olingan. Devorlarda harbiy 
maqsadlarni ko‗zlab maxsus minoralar qurilgan. Shaharning markaziy qismida boy 
shaharliklarning mahallalari, janubiy qismida esa qunarmandlar yashaydigan 
kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan ko‗p sonli topilmalar nafaqat 
mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki, Yaqin va O‗rta Sharqdagi turli 
viloyatlardan keltirilgan buyumlardir. Dalvarzintepaning shahar oldi qismida 
milodning I asrida bunyod etilgan Budda ibodatxonasi qoldiqlari ochilib undan diniy 
qarashlar bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗p sonli topilmalar topilgan. Ko‗hna shaharning 
markazidan milodiy II-III asrlarga oid yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochilgan. 
Ushbu ibodatxonadan loy va gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlarning yirik 
haykallari, hukmdor va unga yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko‗hna 
shahardan 11 ta xumdon ochilgan bo‗lib, ular bu hududda sopol 
hunarmandchiligining rivojlanganidan dalolat beradi. Uzoq yillik arxeologik 
tadqiqotlar Dalvarzintepa o‗rniga Kushon davlatining yirik ko‗hna shahri (dastlabki 
poytaxti) joylashganligidan dalolat beradi. 
Amudaryoning o‗ng qirg‗og‗i Surxondaryo viloyatining Sho‗rob qishlog‗i yonida 
Kampirtepa ko‗hna shahri joylashgan va bu yodgorlik mil. avv. III-milodiy III 
asrlarga oiddir. Ko‗hna shaharning umumiy maydoni 4 gektar bo‗lib qal‘a va turar-
joy inshootlaridan iborat.
Amudaryoning o‗ng qirg‗og‗ida Termiz shahridan 5 km shimoli-g‗arbda Eski 
Termiz yodgorligi joylashgan. Umumiy maydoni 500 gektardan iborat bu ko‗hna 
shahar mil. avv. IV-III asrlarda paydo bo‗ladi. Mil. avv. III-II asrlarda Eski Termiz 
himoya devorlari bilan o‗ralib markazida yirik qal‘a bunyod etiladi. Antik davr 
manbalarida ―Tarmit‖, ―Tarmita‖ nomi bilan tilga olingan bu ko‗hna shahar 
Kushonlar davriga kelib Shimoliy Baqtriyaning ma‘muriy va mafkuraviy markaziga 
aylanadi. Eski Termiz hududlaridan shu davrga oid Fayoztepa, Qoratepa kabi yirik 
Budda ibodatxonalari ochib o‗rganilgan. 
Kushon davri yirik ko‗hna shaharlaridan yana biri mashhur yodgorlik Xolchayon 
hisoblanadi. Ushbu ko‗hna shahar Surxondaryo viloyatining Denov shahri shimoli-
sharqida joylashgan bo‗lib mil. avv. IV-III asrlardan - mil. VII asrga qadar mavjud 
bo‗lgan. Yodgorlikning gullab-yashnagan davri Kushon davriga to‗g‗ri keladi. 
Xolchayondan bu davrga oid yirik saroy inshootlari, turar-joylar ochilgan. Saroyning 
ayvoni va bosh zali devorlari suratlar bilan bezaklangan. Satqidan esa ―podsho 
Geray‖ avlodlariga mansub turli kattalikdagi qaykallar topilgan. 
Kushon podsholigi ruhoniylar qo‗lidagi davlat bo‗lib, bu davlatda podsho 
hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh kohin ham hisoblangan. Podsholik 
satrapiyalarga bo‗lingan bo‗lib, ularning boshliqlari ma‘lum ma‘noda o‗zlarini 
mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansa-da, 
davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bo‗lgan. Tadqiqotlar 
natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro 
aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan 
oltin va mis tangalardan foydalanilgan. qishloq xo‗jaligida dehqonchilik sun‘iy 


62 
sug‗orishga asoslangan bo‗lib, qishloq xo‗jalik ekinlarining juda ko‗p turlari 
etishtirilgan. 
Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya‘'ni, Vasudeva va Kanishka III 
hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi hokimiyatida markazdan qochuvchi 
kuchlar mavqeyi ortib ular o‗zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi 
tomondan esa, ular o‗rtasida o‗zaro kurashlar avj ola boshlaydi. Undan tashqari 
Kushon davlatining janubi-g‗arbiy hududlarida qudratli Sosoniylar davlati paydo 
bo‗ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‗pgina yerlari 
Eron Sosoniylari qo‗liga o‗tadi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish