58
Xususan, O‗shdan 8 km uzo‗qlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta
chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o‗xshash tasvirlar Marhamat
yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu
tasvirlar Dovon o‗zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo‗lganligini
tasdiqlabgina qolmay, farg‗onaliklarning yuksak tasviriy san‘at sohiblari
bo‗lganligidan ham dalolat beradi.
Manbalarning guvohlik berishicha, qo‗shni davlatlar, xususan Xitoy imperatorlari
Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun
mil. avv. II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon o‗rtasida harbiy to‗qnashuvlar ham
bo‗lib o‗tgan. Bu to‗qnashuvlarda dovonliklar o‗z mustaqilliklarini saqlab qolishga
muvaffaq bo‗lganlar.
Milodning I-II asrlarga kelib qadimgi Farg‗ona aholisining o‗troq dehqonchilik
madaniyati yuqori darajaga ko‗tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida
Farg‗qona vodiysida bu davrga oid ko‗p sonli aholi manzilgohlari, qal‘alar,
qo‗rg‗onlar, ko‗hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning
turli hududlarida keng yoyilishi sug‗orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining
yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida
hunarmandchilik markazlari bo‗lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega
bo‗ldi.
Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan
hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o‗z navbatida
hunarmandchilik va tog‗-kon sanoatining (turli ma‘danlar qazib olish) yanada
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‗llarning mavjudligi tufayli
Farg‗ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir
qatorda, atrofdagi tog‗ vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o‗zaro
almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg‗ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy
tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo‗jalik
(mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi.
Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko‗chmanchi qabilalar tomonidan tor-
mor etilganligi eslatiladi. Strabon ma‘lumotlariga ko‗ra, Baqtriyani assiylar,
passianlar, toxarlar, sakaravr qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar
berishicha, ―Baqtriya va Sug‗diyonani skif qabilalari sarauklar va assianlar bosib
oladilar‖. Tadqiqotchilarning fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma‘lumot
bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: