O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

.
Yunon-Baqtriy davlati. 
Tadqiqotchilarning 
fikrlariga 
qaraganda 
Yunon-Baqtriya 
davlatining 
salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining qo‗zg‗oloni xususiyatiga ega 
bo‗lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo‗llab-quvvatlangan Diodot boshchilik 
qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bo‗lgan turli sanalarni 
belgilaydilar (mil. avv. 256, 250, 248 va 246-245-yy.). Bu davlatning asosi Baqtriya 
bo‗lib, ba‘zi hokimlar davrida (Evtidem, Demetriy, Evkratid) Hindistonning shimoli-
g‗arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‗rtasidagi katta yerlar qo‗shib olinadi. 
Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning ikkinchi 
yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to‗g‗ri keladi. Janubiy hududlardan bu 
davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorobog‗tepa, 
Kampirtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, 
mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‗plab tanga 
pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi 
rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi. 
Yunon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo‗lib, hokimiyatni podsho 
boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‗lingan bo‗lib bu viloyat hokimlari 
podshoga bo‗ysunar edilar. Ba‘zi tadqiqotchilar Sug‗d va Farg‗ona ham Yunon-
Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan 
nariga o‗tmagan deydilar. So‗nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida 
topilgan juda ko‗plab arxeologik topilmalar Amudaryoning o‗ng va so‗l qirg‗og‗i 
aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o‗zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu 
yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga haraganda mil. avv. 250-140/130 yillar davomida 
Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo‗lib, bu davrda Diodot, 
Evtidem, Evkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil. avv. II 
asrning ikkinchi yarmiga kelib ko‗chmanchilar zarbalari ostida Yunon-Baqtriya 
davlati inqirozga uchradi. 
Yaqin va O‗rta Sharqning turli davlatlari, jumladan O‗rta Osiyo hududlarida katta 
xronologik davr yunon-makedon sulolalari siyosiy hukmronligi davri sifatida 
izohlanib fanda bu davr - ellinizm davri deb ataladi. Ellinizm-(Bolqon yarim 
orolidagi Ellada shahri nomi bilan bog‗liq)bu aniq tarixiy mavjudlik bo‗lib, iqtisodiy 
hayotda, ijtimoiy va siyosiy tuzumda, mafkura va madaniyatda ellin (yunon) va Sharq 
unsurlarining o‗zaro uyg‗unlashuvi ifodasidir. 
Qadimgi (antik) davrda ellin dunyosi Yunonistondan Hind daryosi vodiysigacha 
bo‗lgan ulkan hududni qamrab olgan edi. Tadqiqotchilar, ellinlashuv darajasiga qarab 


55 
bu hududni uchta mintaqaga bo‗ladilar: 1. Ellada; 2. Kichik Osiyo, Suriya va Misr; 3. 
Efrat daryosining sharqidagi viloyatlar. Bu hududlar tarixiy adabiyotlarda 
―Ellinlashgan Sharq― tushunchasida aks etgan bo‗lib, uning tarkibiga Mesopotamiya, 
Eron, O‗rta Osiyoning janubiy viloyatlari, Afg‗oniston, Pokiston va Hindistonning 
Makedoniyalik Iskandar bosib olgan hududlari kirgan.
Makedoniyalik Iskandar yurishlari natijasida keng miqyosda boshlangan ellinizm 
madaniyatining kirib kelishi Baqtriya, Parfiya va Sug‗diyona shaharlari, 
hunarmandchiligi va badiiy-amaliy san‘atiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. Yozma manbalar 
Iskandar nomi bilan bog‗liq uchta shahar: Aleksandiya Oksiana (Oks bo‗yidagi 
Iskandariya), Aleksandriya Marg‗iyona (Marg‗iyona Iskandariyasi), Aleksandriya 
Esxata (Chekkadagi Iskandariya) haqidagi ma‘lumotlar beradi. Ulardan tashqari, 
katoykiyalar deb nomlangan yunon harbiylari manzilgohlari ham mavjud edi. 
Bugungi kunda arxeolog E.V.Rtveladze tomonidan olib borilgan 40 yillik ilmiy 
izlanishlar natijasida Kampirtepa o‘rnida Aleksandra Oksiana shaxri bo‘lganligi 
aniqlandi.Bu xudud katta qal‘adan iborat bo‘lib,ximoylanuvchi devor va 
minoralardan 
iborat 
bo‘lgan,unda 
800-900 
yaqin 
axoli 
istiqomat 
qilgan.Aleksandriyada port xam mavjud bo‘lgan.Bu xududda qazish ishlarini olib 
borilganda ko‘plab salavkiylar ,grek-baqtriy va kushonlar davriga oid tangalar,san‘at 
buyumlari topilgan.Bu shaxarda topilgan qadimgi grek-baqtriya va xind yozuvlari 
uchraydigan buyumlar katta qiziqish uyg‘otadi. 
Eramizning 2 asr o‘rtalarida bu shaxarda xayot 
to‘xtashiga sabab qilib, Amudaryo suvi satxining 
keskin ko‘tarilishi deb taxmin qilishadi arxeologlar.
1
Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida 
O‗rta Osiyoning janubiy hududlaridan ellinizm 
madaniyati bilan bog‗liq bo‗lgan turar-joylar, 
moddiy-ma‘naviy madaniyat buyumlari, tanga 
pullarning topilishi bu hududlardagi mahalliy 
madaniyatga 
ellin 
an‘analari 
(shaharsozlik, 
haykaltoroshlik, badiiy-amaliy san‘at, alifbo va 
boshqalar.) kuchli ta‘sir etganidan dalolat beradi. Shu 
bilan birgalikda bu topilmalar mahalliy madaniyatdagi rivojlanish qadimgi davr 
(antik) Sharq va G‗arb madaniyatining o‗zaro uyg‗unlashuvi natijasida o‗ziga xos 
madaniyat darajasiga ko‗tarilishining ham guvo‗idir. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish