O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Milliy kinoindustriyani 
rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida
» qarori 
mamlakatimizda kino san‘atini yanada rivojlantirish, sohada malakali mutaxassislar 
tayyorlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‗yicha muhim 
tadbirlarga asos bo‗lmoqda. Bugungi kunda O‗zbek milliy baxshichilik va 
dostonchilik san‘atining namoyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni 


311 
keng targ‗ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san‘at turiga hurmat va e‘tibor 
tuyg‗ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‗rtasidagi do‗stlik va birodarlik rishtalarini 
mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy -ma‘naviy munosabatlar doirasini xalqaro 
miqyosda yanada kengaytirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018 yil 2 noyabrda «
Xalqaro baxshichilik san‘ati festivalini o‗tkazish 
to‗g‗risida
»gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida O‗zbekiston Respublikasi 
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining 
Termiz shahrida har ikki yilda bir marta xalqaro baxshichilik san‘ati festivalini 
tashkil etish hamda ushbu festivalni birinchi marta 2019 yil 5–10 aprel kunlari 
o‗tkazish haqidagi taklifi ma‘qullandi. 
Shuningdek ozbek milliy maqom san‘ati markazi va muzeyi tashkil etidi,ushbu 
can‘at yonalishini rivojlantirish tizimi yaratildi. 
Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko‗zda tutmoqdamiz. Ya‘ni 
O‗zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak 
texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‗lishi shart ekanligi 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan turli doiradagi yig‗ilish va 
anjumanlardagi nutq va ma‘ruzalarida alohida ta‘kidlab o‗tilmoqda. 
O‗zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim 
masalalardan biri eski tafakkur, e‘tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‗z ona-yurti 
uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin 
tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‗or taraqqiy etgan mamlakatlari 
yo‗lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha 
fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‗liq bo‗lib qoldi. 
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va 
komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‗ibotchisi va tashviqotchilarini 
tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‗lsa, endilikda bu 
o‗quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi, rahbar kadrlarni tayyorlash 
maqsadida bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda Prezident qoshidagi 
―Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi‖ (hozirda Davlat boshqaruv akademiyasi), 
―Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti‖, ayrim vazirliklar qoshida 
akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. 
2017-2018 yillarda Prezidentmiz tomonidan huquq organlari faoliyatini tartibga 
solish, yanada takomillashtirish, xodimlarining moddiy manfaatdorligini ta‘minlash 
va eng bu soha kadrlarini huquqiy masalalarda adolat, halolik va mas‘uliyat bilan 
ishlashlarini ta‘minlashda juda katta va salmoqli ishlar olib borildi.
―O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz 
parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma‖sida
 
yurtimizdagi ijodiy uyushmalarning 
ijtimoiy hayotimizdagi o‗rni va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash maqsadida O‗zbekiston ijodkorlarini qo‗llab-quvvatlash ―Ilhom‖ 
jamoat fondi, shuningdek, madaniyat va san‘at muassasalari hamda yirik kompaniya 
va banklar hamkorligida ―Do‗stlar klublari‖, Toshkent shahridagi Milliy bog‗ 
hududida muhtasham Adiblar xiyoboni tashkil etilganligi, Yozuvchilar 
uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog‗istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug‗ 
adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etilganligi ta‘kidlab 
o‗tilgan. 


312 
Ma‘naviy hayotimizda muhim voqea bo‗lgan ana shunday loyihalar, 
O‗zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy 
nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-
ma‘rifiy muassasalar faoliyatini yo‗lga qo‗yish ishlari boshlanganini, buyuk 
allomalarimizning 
yodgorlik 
majmualari 
qoshida 
hadisshunoslik, 
islom 
huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma‘rifiy yo‗nalishlarni 
o‗rganish bo‗yicha maxsus maktablar tashkil etilganligi, bu ishlarimizning chuqur 
ilmiy va amaliy asoslarga egaligiga e‘tibor qaratilgan.
Ma‘lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo‗lgan yurtimiz 
zaminidan o‗rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-
avliyolar etishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan 
bebaho merosi, butun insoniyatning ma‘naviy mulki hisoblanadi.
―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsad va vazifalari kelajak 
avlodimiz diliga va ongiga milliy istiqlol g‗oyalari va mafkurasini singdirish, 
aholining aksariyatini tashkil qilgan yigit-qizlarimizni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlari asosida tarbiyalashga qaratilgandir. 
Mustaqillik yillarida o‗z faoliyatini boshlagan ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy 
harakatining asosiy maqsad va vazifalari kelajak avlodimiz diliga va ongiga milliy 
istiqlol g‗oyalari va mafkurasini singdirish, aholining aksariyatini tashkil qilgan yigit-
qizlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlari asosida tarbiyalashga qaratilgandir. 
O‗zbekiston hukumati yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan keng 
shug‗ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‗ydi. Hozirgi kunda Respublikada 
jismoniy tarbiyaning 15085 boshlang‗ich tashkiloti shug‗ullangan bo‗lib ulardan 
9501 maktablarda, 710 tasi litsey va kollejlarda 63 tasi oliygohlarda tashkil etilgan. 
Respublikada sport inshootlarini qurishga ulkan e‘tibor qaratilgan. Jumladan, 
hozirgi kunga kelib 500dan ortiq sport klublari, 536 sport maskanlari, 5 ta olimpiya 
klublari, 8 ta Respublika oliy sport maktablari va jismoniy tarbiya instituti ishlab 
turibdi. Sport bilan shug‗ullanuvchilarga 233 stadion, 135 suzish havzasi, 32.865 
sport maydonchalari xizmat ko‗rsatmoqda. 4841 futbol maydoni, 168 tennis, 
voleybol, basketbol maydonlari mavjuddir.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada 
rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 
1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat 
Dasturi katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Dasturga ko‗ra ayniqsa qishloq Yoshlari 
o‗rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy 
texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o‗tgan bir yildan 
ko‗proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog‗lomlashtirish klublari tashkil 
qilindi. 
2000-yil O‗zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, 
muvaffaqiyatli yil bo‗ldi. Saralash musobaqalarida g‗olib chiqqan 77 sportchimiz 13 
sport turi bo‗yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‗lib o‗tgan XXVII Olimpiada 
o‗yinlarida qatnashishga muyassar bo‗ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush 
va 2 bronza medallarini qo‗lga kiritib, 200 mamlakat o‗rtasida 41-o‗rinni egalladilar. 
Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari 
mustaqil O‗zbekistonimizni butun jahonga tanitdi. 


313 
Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri 
shaxmatdir. Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo‗yicha bitta grossmeyster 
tayyorlangan bo‗lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo‗ldi. Turkiyada bo‗lib o‗tgan 
jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida farqli 
11 o‗rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o‗z taxtasida 
bronza medaliga ega bo‗ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari 
ishtirokida o‗tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini 
qo‗lga kiritdi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil, adolatli, inson manfaatlariga 
qaratilgan siyosat ko‗plab sohalarda o‗zining ijobiy natijalarini bermoqda. Birgina 
sport misolida aytsak, o‗zbek futbolida yangi davr boshlandi. Buni hayotga katta 
kuch bo‗lib kirib kelayotgan yoshlarimiz 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda 
23 yoshgacha bo‗lgan futbolchilar o‗rtasida o‗tkazilgan Osiyo chempionatida 
O‗zbekiston yoshlar terma jamoasi safida eng yuksak natijani qayd etib, oltin medalni 
qo‗lga kiritgani ham tasdiqlaydi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 
yanvarda qabul qilgan «

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish