310
makondir. Hozirgi kunda ko‗p millatli O‗zbekiston Respublikasida islom dini bilan
bir qatorda o‗n to‗rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‗rta Osiyo eparxiyasi tashkil
etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‗zbekiston evangel-lyutteran jamoasi tashkil
etilganining 100 yilligiga bag‗ishlangan ―Bir osmon ostida‖ shiori bilan musulmon va
xristian dinlari vakillari o‗rtasida o‗tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi.
Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida ―Jahon dinlari
tinchlik madaniyati yo‗lida‖ mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‗lib
o‗tdi. Unda AQSH, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi
o‗ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari
qatnashdilar. Hozirgi kunda mustaqil O‗zbekistonda din va vijdon erkinligi
mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam
tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib
bormoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli isloxotlar negizida
xavfsizlik millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik davlatimiz siyosatining ustivor
yunalishi xisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan
ortiq millat va elat vakillari 138 ta milliy madaniy markazlarga birlashib O‘zbekiston
umumiy uyimiz shiori ostida katta bir oilaning farzandlaridek yashamoqdalar. 2017
yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzurida Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.Bu esa
jamiyatimizda millatlararo xamjixatlik va bagrikenglikni taminlashga qaratilgan
davlat siyosatini amalga oshirishda yana bir qadam bo‘ldi.
Istiqlol yo‗lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma‘naviy,
madaniy omillariga e‘tibor berish bilan birga maorif, ta‘lim-tarbiya ishlariga e‘tibor
kuchaytirilmoqda.
Oxirgi yillarda madaniyat va san‘at soxasida muayan ishlar amalga oshirildi.
O‗zbek milliy maqom san‘atining noyob namunalarini keng targ‗ib qilish, uni
asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san‘atimizga
hurmat va ehtirom tuyg‗ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‗rtasidagi do‗stlik va
birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma‘rifiy
munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida davlatimiz
rahbarining 2018 yil 6 aprelda «Xalqaro maqom san‘ati anjumanini o‗tkazish
to‗g‗risida»gi qarori qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi
bilan 2018 yil 6–10 sentyabr kunlari Shahrisabzda 73 davlat vakillari ishtirokida
birinchi Maqom san‘ati xalqaro forumi bo‗lib o‗tdi. Tadbir ishtirokchilari va
mehmonlarning fikriga ko‗ra, ushbu anjuman jahon madaniyatining mulkiga
aylangan noyob o‗zbek milliy maqomini saqlash va rivojlantirishga katta hissa
qo‗shadi. 2018 yil 24 iyulda O‗zbekiston Prezidentining «
Do'stlaringiz bilan baham: