N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

Botanik ta’rifi.
eryong’oq dukkakdoshlar 
(Fabaseae)
turkumiga kiradi. Bu 
turkumga 30 tur kiritiladi. Ular orasida madaniy va yovvoyi turlar bor. eng ko’p 
ekiladigan tur Azachis ypogaea L. vulgazis L. madaniy eryong’oq. eryong’oq bir yillik 
o’tsimon o’simlik. Ildiz tizimi o’q ildiz va yon ildizlardan iborat, tuproqda 190 sm 
chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarida ko’p tuganaklar hosil bo’ladi.
Poyasi
tik o’sadi, bo’yi 80 sm etadi. Bitta poyadan 4 -20 yon shox hosil bo’ladi. 
SHoxlari asosida yumaloq, uchida to’rt qirrali, tuklangan. Ikki xil shakli: tup va yotib 
o’suvchi shakllari bor. Tup shaklida o’sadigan o’simliklarning bo’yi o’rtacha 30-40 sm 
tik o’sadi, er bag’irlab o’sadiganlariniki 20-25 sm, tup diametri 1 m etishi mumkin. 


30 
Barglari
juft patsimon, murakkab, oval yoki teskari tuxumsimon shaklda, yashil 
yoki to’q yashil yaproqlardan iborat. Barg bandi va yaprog’i tukli.
Guli
bitta yoki ikki-uchtadan bo’lib barg ko’ltig’ida joylashgan. Rangi sariq, to’q 
sariq. Guli o’zidan changlanadi. YOryong’oqning er usti poyasidagi gullaridan boshqa, 
poyasining er osti qismida mayda kleystogam gullari bor. Bu gullar rangsiz
ochilmaydi. Gul urug’langandan keyin, ko’p o’tmay, uchi o’tkirlashgan, naycha 
shaklidagi 
ginofor
o’sa boshlaydi. Uchida urug’langan tuguncha bo’lgan ginofor o’sib 
8-9 sm chuqurga kiradi. Tuguncha gorizontal holatda o’sa boshlaydi, oqaradi, 
dukkakka aylanadi. Tup-roqqa tegmay qolgan ginofor quriydi, meva hosil qilmaydi.
Mevasi
- pillasimon yoki stilindrsimon dukkak, bir necha joyi bukilgan uzunligi 2-
6 sm. Rangi somonsimon, yuzasi to’rsimon. Po’chog’i dukkak vaznining 25-40 % 
tashkil qiladi. Tup shaklidagi o’simlikda dukkagi ildiz atrofida g’uj bo’lib joylashadi, er 
bag’irlab o’sadigan shaklida tarqalib joylashadi. Dukkaklarni 1000 vazni 500-1900 g. 
Dukkaklar chatnamaydi. Urug’i yumaloq, oval, cho’zinchoq, bo’yi 1-2 sm, och pushti, 
och qizil, kul rang, 1000 vazni 200-1200 g. O’rtacha 400-500 g.
Biologiyasi.
yeryong’oq – issiqsevar o’simlik. Urug’lari 12 
0
S haroratda ko’karib 
boshlaydi. Maysalari –1 
0
S sovuqda, voyaga etgani 2 
0
S nobud bo’ladi. O’simlikning 
rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 25-28 
0
S. Harorat 12 
0
S pasaysa mevalar hosil 
bo’lmaydi. YAngi kovlangan dukkaklarining urug’i –Z 
0
S unuvchanligini yo’qotadi.
Eryong’oq namsevar, issiqsevar qisqa kun o’simligi. Namga eng talabchan davri 
gullashni boshlanishidan mevalar hosil bo’lishining oxirigacha. Bu davrda namlikni 
etishmasligi gullash va meva hosil bo’lishini to’xtashiga olib keladi, hosil keskin 
pasayadi. 
ekishdan 
gullashgacha 
eryong’oqni namga talabchanligi past
qurg’oqchilikka ham chiday oladi. Dukkaklarni pishishi bilan suvga bo’lgan talabi 
kamayadi. O’suv davri oxirida ortiqcha namlik o’suv davrini uzaytiradi, pishishni 
kechiktiradi.
O’zbekistonda eryong’oq unumdor, g’ovak, yaxshi ishlov berilgan, begona o’tlar 
bosmaydigan erlarga joylashtiradi. Og’ir, sho’rxok va botqoq tup-roqlar eryong’oq 
uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi engil tuproqlarda yaxshi o’sadi, yuqori hosil to’playdi.
O’sish davri navlar, agrotexnikaga bog’liq holda 120-160 kun.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish