30
hamma narsaga tayyor bo‘lgan
bunday
“suhbatdoshlar”
hech kimning qadr-
qimmati bilan qiziqmaydilar. Zero, birovning qusurlarini ko‘rsatishning foydasidan
ko‘ra zarari ko‘proq. Boshqalarning aybini ko‘rsatish evaziga o‘zini
“minbar”ga
olib chiquvchilar nafaqat odobsiz, balki axloqsiz ham sanaladilar. Haqiqiy insonlar
jamoatda boshqalarni aybini aytishdan o‘zlarini tiya biladilar. Suhbat qiziqarli
bo‘lmog‘i lozim. Turli pishiriqlar pishirishning yoki futbol o‘yinidagi usullar
haqidagi mavzular uzoq cho‘zilmaydi. Tor doiradagi bunday mavzular haqida
gapirmoq va bu borada biror narsa o‘rgatmoq davradagilarni charchatib qo‘yishi
mumkin. Shunchaki
gapdonlik uchun kerakmas, behuda gaplar gapirishdan hech
kim zavqlanmaydi. Agar tinglovchilar sizning so‘zlaringizga nisbatan diqqatsiz
bo‘la boshlasalar, suhbatni to‘xtatgan ma’qul hamda suhbatning qiziqarli
borayotganligiga amin bo‘lgangdagina suhbatlashgan yaxshi.
Faqat tinglovchilik
qilish ham odamlarni zeriktiradi, ba’zida siz ham biror-bir fikr berish orqali o‘z
munosabatingizni bildirib turganingiz ma’qul. Guruh bo‘lib jamoadan chiqib
ketmagan afzal. Agar shunday istak bo‘lsa, o‘z uyiga odamlarni taklif qilish
mumkin. Baland martabadagi kishilar to sizga murojaat qilmagunlariga qadar,
hadeb ular bilan muloqot qilishga shoshilmaslik lozim.
Yakunlanmagan suhbatni
o‘rtasida tashlab ketmaslik kerak. Agar suhbatdoshlardan biri sizga qarshi fikr
bildirsa, jizzakilik qilish to‘g‘ri emas, garchi mavzu o‘ta qiziqarli bo‘lgan taqdirda
ham qolganlar sizning emas, sizga qarshi bo‘lgan kishi tarafini olishlari mumkin.
Davrada biron-bir odam bilan shivirlab suhbatlashish nojoiz. Bu atrofdagilarning
g‘ashiga tegadi. Ko’z suhbatdoshning tugmachasi yoki boshqa narsasiga emas,
balki uning nigohiga qadalgan bo‘lishi lozim. Boshqalarni qo‘l bilan ko‘rsatish
yaramaydi. Suhbat chog‘ida qo‘llar suhbatdoshning yelkasida bo‘lishi shart emas.
Stol atrofidagi suhbat diqqat – e’tiborni
jalb qilishi, ayniqsa, hurmat yuzasidan
o‘ng tomondagi ayolga qaratilgan bo‘lishi kerak. Umumiy suhbatga bir chekkada
o‘tirgan uzoqdagi odam bilan so‘zlashib, shovqin qilish orqali halaqit berish
mumkin. Shoshib turgan kishi bilan suhbat olib borishga harakat qilish nojoiz.
Agar erkak ayol bilan ketayotgan bo‘lsa, uni faqat zarurat yuzasidan to‘xtab
gaplashish mumkin. So‘zlariga qarab tanishlaringizga baho bermang,
uning amali
so‘zlaridan yaxshiroq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: