Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Shirinsuxanlik ham katta san’at.
Shirin so‘z bilan kishining ishonchi va 
qalbini egallash mumkin. Unda yuz ifodasi tilning ko‘rki hisoblanadi. Muomala 
madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, 
suyaksiz bo‘lsa ham “suyakka tegishi” mumkin.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, 
an’anaviy axloqiy me’yor talablarini bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u 
insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib 
turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, 
nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati – 
muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi o‘zini, eng 
avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy 
me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu – 
inson nigohi. 
Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay 
sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini 
topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketishi 
yoki fikrini bo‘lib, qo‘pol muomalada bo‘lishi madaniyatsizlikni anglatadi. 
Suhbatdosh fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson: 
“Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men 
sizning fikringizga qo‘shilmayman”
degan iboralar bilan murojaat qiladi. Hech 
qachon 
“Umuman noto‘g‘ri”, “Bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz”, “Bu 
narsani yosh bola ham biladi” 
degan iboralarni ishlatish mumkin emas.
Gapirayotgan insonning fikrini bo‘lib, 
“Bo‘lishi mumkin emas”, “O‘zingiz 
ishonasizmi?
tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi. 
Xushmuomalalik va xushfe’llilikning mug‘ombirlikdan va qalbaki 
tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday 
mug‘ombirlik va soxta tortinchoqlikdan holi bo‘lishi kerak. 
Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashkil 
qilgan. Suhbat – bu insonlar o‘rtasidagi fikrlar almashunivi bo‘lib, u aqllilik va 
chiroyli so‘zlashdan iborat bo‘la olmaydi. Ba’zi insonlar qanday qilib gap 
boshlashni bilishmaydi, gapirganda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Juda ko‘p 
keraksiz so‘zlar, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqidan mamnun 
emasmiz. Chunki ularning nutqi umuman yo‘q hisob, gaplari faqat jargon va xunuk 
so‘zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‘zlar bilan to‘lib –


24 
toshgan bo‘lsa, o‘zi qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo‘lmasa, ohangi 
quloqqa yoqmasa eng mazmunli suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt 
aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat 
qilish kerak. Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib, sekin 
gapirish esa kishining sabr-kosasini to‘ldiradi. Talaffuz etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in 
va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk 
odat.
O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Xorijiy so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffuz eta oladigan 
kishi, zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin. 
Ovoz, ohang
Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va 
so‘zning grammatik qurilishi yetarli emas, bu yerda gaplashish ohangi va 
intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, 
hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish 
mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Ya‘ni, 
suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish-turish 
vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik 
ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday ohangda aytilganligiga 
qarab bizga har xil ta’sir etishi mumkin. Ko‘pincha, aytilgan so‘z emas, balki 
haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Tovush ohangining chiroyligi yoki 
ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki yengil kayfiyat uyg‘otasiz. 
Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangdadir. Har bir zamonaviy inson o‘z so’z ohangini 
o‘zgartirish imkoniga ega. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil 
bo‘lsa, unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‘ring. Birinchi 
eshitishdayoq ko‘pchilik o‘z so’zi ohangini hayrat bilan tanib qoladiar. 
Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda, nafis 
ohangdir, baland ham, past ham, tez ham, sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz 
boshqalarga 
yoqmasa, 
hayotingizdagi 
tutgan 
o‘rningizga ohangni mos 
kelmaganidan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. 
Boshqa nutqdagi qusurlarni ham to‘g‘irlasa bo‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun 
faqat ohangning nafisligi yetmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada 
go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga 
nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi. Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy 
«Ichindagi 
ichindadir»
nomli asarida “So‘z – idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar 
uchundir. So‘zsiz idrok etganning so‘zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani 
uchun ko‘klarning, yerning hammasi so‘zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqirib-
chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi “Bo‘l” (Uning amri bo‘l 
demak edi edi. U hamon bo‘ldi) so‘zidan bino bo‘lgandir”,
1
 
degan edi. Shunday 
ekan, so‘zlarni mazmun bilan boyitish muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‘z nutqi 
bilan bir necha marotabagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin 
mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarning me’dasiga tegadi. Ish, martaba, 
kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo‘pol 
muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Xatto buyruqni ham muloyimlik, bosiq 
1
Жалолиддин Румий. Ичиндаги ичиндадир. - Тошкент, Янги аср авлоди,2003. 29 – б. 


25 
ohang bilan va shu qatori, bir vaqtda ishga doir qat’iatlik bilan berish mumkin.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish