Etika va estetika


O‘zini boshqalarga tanitish



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

O‘zini boshqalarga tanitish. 
Vositachisiz tanishish qiyinroq bo‘lib, odob 
nuqtai nazardan noziklikni talab qiladi. Tarbiyali kishi istalgan vaqtda o‘zini tanita 
oladi. Ko‘chada ketayotib, do‘konda, transportda, yoki muassasada biror kishini 
tez-tez uchratib tursangiz, hatto u bilan ikki og‘iz gaplashgan bo‘lsangiz, zarurat 
bo‘lsa, unga o‘zingizni bemalol tanishtirish mumkin. Lekin unda tanishish istagi 
yo‘qligini sezsangiz, tanishish shart emas.
Agar tanishishni istamagan inson bilan tanishtirishsa, buni bildirmagan 
ma’qul. Shunday vaziyatda ham sipolikni qo‘ldan bermay, muloyim muomalada 
bo‘lish maqsadga muvofiq. 
 
Murojaat qilish etiketi 
 
Murojaat qilish insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya 
ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida, murojaat qilish har 
xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro 
munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar 
nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki maqsadga erishish
vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka 
shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq barcha murojaatlar axloq 
me’yorlariga bo‘ysungandagina ijobiy natija berishi mumkin. 
Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga 
tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu – birodar, mansabdor 
shaxs va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha 
bo‘lishini anglatadi. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga 
ega bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. 
Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: rasmiy, ishonchli, intim 
va egasiz.
Rasmiy murojaatlarda
“Xonimlar va janoblar” deb jamoatga murojaat 
qilinadi.
 
Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish 
korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi 
ustozga, harbiy va huquq – tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat 
ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat 
qilinadi. M: Yakka shaxsga nisbatan “janob Toxirov” deb murojaat qilish mumkin. 
Agar familiya ishlatilmasa, “janob direktor”, “direktor xonim” deb murojat qilish 
maqsadga muvofiq. “O‘rtoq Abdullayev”, “o‘rtoq general”, ya’ni “o‘rtoq” so‘zini 
harbiylar qo‘llaydilar. Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan 


17 
“Janobi oliylari”
deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab 
gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida 
ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan 
bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab 
murojaat qilinadi. 
Ishonchli munosabatlarda 
yaqin insonlar, qarindosh – urug‘, hamqishloq, 
vatanishlarga qilinadigan munosablarga aytiladi. Bunday munosabatlarda “Sen” 
deb faqat oilada yoki yaqin munosabatdagi insonlarga murojaat qilish mumkin. 
«Amaki», “hola”, “tog‘a”, “opoqi”, “kelinoyi”
va boshqa qarindoshlar o‘rtasida 
shevadan kelib chiqqan holda murojaat qilish mumkin
. “Yaxshi yigit”
yoki 
“yaxshi qiz”
degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi 
kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar, talabalar, 
yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni 
yaqin munosabatlarda “azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim” kabi murojaatlarni 
uchratamiz. Egasiz murojaatlar:
“Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib 
berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam” 
va boshqalar. 
Intim murojaatlarda  
shaxsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash 
ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan holda murojaat etiladi: “Azizim”, 
“Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rnida va samarali foydalanish 
zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. 
Biroq ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, 
«jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina 
nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatangina 
ishlatilsa maqsadga muvofiq. 
Nomsiz murojaatlarda
shaxsning kim ekanligini yaqindan bilish katta 
ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum 
obyekt yoki subyektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun 
qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?” 
“Hurmatli yo‘lovchilar yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang” “Doktor 
bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i tushmayapti.”singari murojaatlarda shaxsning 
aniq ismi ko‘rsatilmasa-da, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli 
bo‘ladi.
Aslini olganda, O‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‘q. Ko‘p 
holatlarda har bir joyning o‘zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga 
asoslangan holda murojaat qilinadi.
Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish 
uchun tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng 
qo‘llaniladi. Ularning raqamlari hamda o‘lchamlari qat’i qoida bilan 
cheklanmagan. Inson o‘z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shaxsiy hamda 
ish bilan bog‘liq aloqani qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish