Etika va estetika


Tanishuv va tanishtiruv etiketi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Tanishuv va tanishtiruv etiketi 
Odob qoidalari (oddiy xavfsizlik nuqtai nazardan ham) notanish odamlar 
bilan ko‘chada, transportda, restoran, teatr hamda boshqa jamoat joylarida 
tanishishni taqozo etmaydi. Bir tarafdan, o‘zingizni notanish odamga bog‘lashga 
harakat qilish odobsizlikdir. U siz bilan muloqot qilishni istamayotgan bo‘lishi 
mumkin. Boshqa tarafdan, birinchi uchragan odam bilan tanishuv layoqatsizlik
ba’zida esa xavflidir ham! Xudo biladi u odam kim bo‘lib chiqadi? 
Unda qanday tanishish lozim? 
Odob qoidalariga binoan, turmush mezonlari bo‘yicha ham, tanishuv 
uchun o‘rtada ikki tarafga ham tanish bo‘lgan vositachi orqali ro‘y beradi. Siz unga 
tanishishni istagan odami bilan ko‘rishish uchun murojaat qilishingiz mumkin. 
Tanishtirganlaridan so‘ng, uning bunga javoban muomalasidan qanchalik siz bilan 
aloqa qilishni istashini bilib olish mumkin. Agar uning sovuqqonligini his 
qilsangiz, aloqani davom ettirmagan ma’qul. 
Tanishtirish yoki tanishish tanishuvchilarning yoshiga, jinsiga va tanishish 
joyiga bog‘liq bo‘ladi.
Qayerda va qachon tanishish zarur? Birinchi navbatda, sharoitga qarab 
kelgusida tez-tez uchrashib turishga to‘g‘ri keladigan shaxs bilan tanishiladi yoki 
tanishtirish iltimos qilinadi. Asosiy qoidalari quyidagicha so‘zlar bilan ifodalanadi: 
“Sizni tanishtirsam...”, “Tanishtirishga izn bersangiz...”, “Gulnora, tanishing..." 


13 
Tanishtiruvchi kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik 
bilan ochiq-oydin aytib ularni tanishtiradi. Bu yerdagi asosiy qoida: kichik 
yoshdagi kishi – katta yoshdagi kishiga, erkak-ayolga, xodim-rahbarga 
tanishtiriladi. Tanishtiruvchi kishi avvalo, kichik yoshdagi kishining, keyin 
kattaning, avval erkak, keyin ayolning, avval xodim, so‘ngra rahbarning ismi va 
familiyasi aytadi.
Yoshlarni katta yoshdagi insonga tanishtirishda, odatda, savolomuz 
murojaat qilinadi; M: 
Ustoz, magistr Abdullayevni siz bilan tanishtirishga ruxsat 
bersangiz?,
yoki
Hurmatli rektor, iqtidorli talaba Komilovni sizga 
tanishtirmoqchi edim?
Bunday hollarda tanishtirilayotgan kishi ustoz hamda 
rektorning ismini aytmaydi. 
Hamma vaqt ham, beistisno, erkak kishi ayolga tanishtiriladimi? Yo‘q, 
hamma vaqt shunday qilinmaydi. Erning o‘z rafiqasini yor-do‘stiga tanitishi o‘z 
xohishiga bog‘liq: 
“Do‘stim Sardor, tanishing – bu mening rafiqam”
qabilida. 
Odatda, yaqin qarindoshlarning ismlari avval, tanish-bilishlarning ismlari esa keyin 
aytiladi.
Oila a’zolarini tanitganda ularning ismlari aytilmaydi. Masalan,
“turmush 
o‘rtog‘im”, “opam”, “singlim” 
yoki
 “ukam”
deyiladi. 
Uy bekasi mehmonlarni kutib olar ekan, ularni bir-birlari bilan tanishtiradi, 
uy bekasi o‘rniga uning sohibi tanishtirsa ham bo‘ladi. Kechroq kelgan 
mehmonlarni vaqtliroq kelganlarga tanishtiradilar. Agar mehmonlar ketma-ket 
kirib kelishsa-yu, siz ularni tanishtirishga ulgurmasangiz, unda yordamchi sifatida 
yaqinroq qarindoshingiz yoki do‘stingizni chaqiring. Mehmonni uyga taklif 
qilgach, avval u yerda o‘tirganlarga kelgan mehmon tanishtiriladi, so‘ng bir 
chekkadan boshqalarning ismlari aytilib tanishtirib chiqiladi. Mehmonlar unchalik 
ko‘p bo‘lmagan taqdirda, alohida tanishtiriladi. Erkaklar o‘rinlaridan turib 
tanishadilar. Ayollar joylarida o‘tiraveradilar, ammo katta mavqega ega bo‘lgan 
yoki yoshi kattalarni tanishtirishsa, o‘rinlaridan turishlari mumkin. Agar turli 
yoshdagi ikki ayol tanishayotgan bo‘lsalar, yoshi katta ayolga: 
“Ruxsatingiz bilan 
sizga falonchini tanishtirsam”,
– deb yoshroq ayolning ismi sharifini aytib, keyin 
yoshi kattaroq ayolni tanishtirish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ayni 
paytda yosh va mavqe muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu tarzda ayol kishiga 
erkak kishini, xodimni rahbarga tanishtiradilar. Agar mavqe jihatdan ham, yosh 
jihatdan ham o‘zaro teng bo‘lgan odamlarni tanishtirganingizda, birinchi bo‘lib, 
ulardan o‘zingizga yaqinroq bo‘lgan kishini tanishtirasiz. Agar mashhur odamni 
bir paytning o‘zida ko‘pchilikka tanishtiradigan bo‘lsangiz, uning ismi sharifini 
keltirib o‘tmasa ham bo‘ladi. 
Yaqinlaringiz, 
tanishingiz 
yoki 
do‘stingizni 
tanishtirayotganda 
qo‘shimcha, ma’lumotlarni aniqlashtirishingiz ham mumkin: “
Do‘stim Akmal – 
xirurg, bu esa Begzod – kursdoshim”.
Tanishtirayotganda ularning ismlarini aniq 
va tushunarli tarzda ayting. “
Bu kishi Valijon – mashhur aktyor Mahkamning 
akasi”
degan aniqliklarning umuman keragi yo‘q. Odamlarning ismlarini yodda 
yaxshi tuta olishiga ishonchi bo‘lmagan tanishtiruvchilar 
“Tanishing, marhamat 
janob ...”
bunda siz ismni egasi aytishiga qo‘yib berasiz. Agar endigina yig‘ilgan 


14 
jamoatga yangi odam qo‘shilsa, uning ismini baralla ovozda aytib tanishtirsa 
bo‘ladi, qolganlar o‘zlarini tanishtiradilar. 
Jamoat transportida yoningizda sherik bilan ketayotganingizda transportga 
tanishingiz chiqib qolsa va bir-ikkita so‘z aytib uzoqlashsa, tanishtirish shart emas, 
ammo agar suhbat umumiy xususiyat kasb eta boshlasa, uni do‘stingiz bilan 
tanishtirganingiz ma’qul. 
Oila a’zolaringizdan biri ishxonangizga ishga kirdi. Hamkasabalarga uni 
tanishtirasizmi? Agar sizda u bilan sof kasbiy munosabatlar bo‘ladigan bo‘lsa, 
shart emas. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish