146
ayniqsa, agar qo‘lda yemak jihozlari bo‘lsa, stolga qo‘ymagan ma’qul. Tanovul
qilayotganda
biroz egilib yeyiladi, biron narsa ichilayotganda ham xuddi shu
alfozda qaddini tutish lozim. Sho‘rva ichilayotgan qoshiq o‘ng qo‘lda ushlanadi va
biroz qiyshaytirilib ichiladi. Ba’zi kosalarda tarqatilgan sho‘rvalar disert qoshiqda
tanovul qilinadi. Ikkinchi taomlar pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi. Yemak
jihozlari ushlagichni o‘rtasidan emas, uchidan ushlagan ma’qul. Pichoqni faqat
taomni kesish uchun ishlatish lozim, ammo zinhor uni og‘izga olib borishni
maslahat bermaymiz. Ba’zi kesish shart bo‘lmagan taomlar, masalan, omlet,
qovurilgan tuxum, faqat sanchqida yeyiladi. Uni o‘ng qo‘lda ushlab, tanovul qilish
vaqtida chap qo‘ldagi non bo‘lagi yordamchi tarzda qo‘llanadi. Ovqatlanib
bo‘lgandan so‘ng boshqa emasligingizni bildirish
maqsadida sanchqi hamda
pichoq kosaga bir
biriga parallel ravishda qo‘yiladi. Agar siz hali tanovulni
tugallamagan bo‘lsangiz, unda sanchqi va pichoqni chalishtirgan holda, pichoqni
o‘ngga, sanchqini chapga qarab yo‘naltirgan holda qo‘ysangiz bo‘ladi. Dasturxon
atrofida o‘tirganda non idishidan olingan nonni kesmaymiz, balki bo‘lakka bo‘lib
yeymiz. Yog‘ pichoq bilan sanchqi yordamida bo‘lib, biroz yog‘ga surtilgan non
bilan yeyiladi. Yog‘ni ozginagina yog‘ idishdan kosamiz chekkasiga olamiz. Non
bilan nonushtada nisbatan erkinroq bo‘lamiz. Non bo‘lagiga sariyog‘ surtib, tishlab
yeyish mumkin. Yog‘ surtilgan non pichoq bilan kesib yeyilmaydi.
Nonushta
paytida bunda non bo‘lagiga kolbasa yoki pishloq qo‘yib, ikkiga bo‘lib yeyish
uchun qulay qilish mumkin. Bunday buterbrodni likopchada sanchqi va pichoqni
qo‘llagan holda tanovul qilish mumkin. Oilada buterbrodlar yemak jihozlarini
qo‘llamasdan yeyiladi. Albatta, agar u kichik bo‘lsa. Ba’zida buterbrodning
kattaligidan yeyish ko‘p noqulaylik tug‘diradi. Uni kosaga qo‘yib pichoq va
sanchqini qo‘llashdan boshqa iloj yo‘q. Jihozlar bo‘lmagan taqdirda, salfetkalardan
foydalanish mumkin. Quritilgan yoki qotgan nonlarni choyga botirib faqat oila
davrasida yeyish mumkin. Tortilgan kolbasa agar tozalanmagan bo‘lsa, kosada,
sanchqi hamda pichoq bilan tozalanadi. Quruq kolbasa shundoq yeyilaveradi.
Yupqa to‘nli sosiskani
artmasdan yeyish mumkin, ammo qalin bo‘lsa, albatta,
tozalagan ma’qul. Qovurilgan tuxumni nima bilan berilishiga qarab sanchqi yoki
qoshiqcha bilan yeyish mumkin. Sho‘rvalar biroz bizni qiynaydi: kosani o‘zi
tomonga og‘dirish lozimmi, yoki o‘zimiz kosaga engashishimiz kerakmi… Kosani
hech ham o‘zimizga og‘dirmaymiz, kosada bir sho‘rvaning qoldig‘i shunday
qolaveradi. Oilaviy sharoitda kosani sal o‘zimizdan og‘dirib qolgan sho‘rvani ichib
qo‘ysak bo‘ladi. Na tanovul mobaynida, na undan keyin sho‘rvaning qoshig‘i
stolga qo‘yilmaydi, kosada qoladi. Sho‘rvadagi go‘sht – bir vaqtning o‘zida ham
birinchi, ham ikkinchi taomdir. Shu bois, avval sho‘rvani qoshiqda tanovul qilib,
keyin uning go‘shtini yeyishda sanchqi hamda pichoqdan foydalanmiz. Sovuq
taom sifatidami, yoki issiqmi – berilgan baliq go‘shtiga pichoqni yo‘latmaymiz.
Undan faqat dudlangan seledka uchun ishlatamiz.
Agar baliqdan tayyorlangan
taomga qo‘shib maxsus yemak jihozlari – kurakcha va sanchqi berilsa, unda
kurakchani o‘ng qo‘lga, sanchqini chap qo‘lga olamiz. Sanchqi yordamida go‘shtni
ushlab tursak, kurakcha yordamida qiltanoqlarni tozalab olamiz. Agar sanchqi
ikkita bo‘lsa, unda o‘ng qo‘ldagisi qiltanoqni ajratish uchun, chapdagisidan
147
go‘shtni yeyish uchun foydalaniladi. Bittagina sanchqi bo‘lgan taqdirda, uni o‘ng
qo‘lga olib, chapga burda non olib, uning yordamida baliq go‘shtini
ushlab turib,
sanchqi yordamida qiltanoq ajratiladi va yeyiladi. Agar bizning likopga butun baliq
tortilgan bo‘lsa, avvalida ustixondan filening yuqori qismini ajratib olamiz, so‘ng
umurtqadan qiltanoqni ajratib, chekkaga olib qo‘yamiz, keyin esa ikkinchi qismini
tanovul qilishga o‘tamiz. Og‘zimizga tushib qolgan qiltanoqni bildirmasdan til
uchida sanchqiga qo‘yamiz. Parranda sanchqi hamda pichoq yordamida yeyiladi.
Bunda suyakni tozalab yeyishni ko‘rsatish uchun, sanchqi bilan pichoqni
o‘ynataverish shart emas. Suyakda biroz
go‘sht qolishidan siqilmaslikka harakat
qilish lozim. Uy sharoitida esa go‘shtni qo‘lga olish mumkin.
Sabzavotlar aralash go‘sht – muammoli taom. Hozirgi kunda jahonda bu
taomni tanovul qilishda bir-birini rad qiluvchi ikki tavsiya mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: