www.ziyouz.com kutubxonasi
62
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QORTIQ BILAN QON
OLDIRGANLIKLARI HAQINDA BAYON QILINADI
Xijom kalimasi mixjama bilan qon olish deganidir. Mihjama - qon oladigan asbobning
nomi. Qon oldirish badan muolajalaridan biri bo‘lib, xasta odam uchun muolaja qildirmoq
tavakkul sifatiga xilof emas. Arbobu tavakkul imomlarining peshvolari Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdirlar. U Janob sollallohu alayhi vasallam qilgan ishni xilofi
tavakkul demoq ham jaholatdir. Banda bilmog‘i lozimki, tavakkul ma’nosi sabablarni
ro‘yobga chiqarib, so‘ng Xudoga suyanmoqdir.
283. Xumayd dedilarki, Anas roziyallohu anhudan “Qon olguvchining ujrasi haqida joizmi
yo nojoizmi?” deb savol qilindi. Anas dedilar: “Rasululloh sollallohu alayxi vasallam
xijomat qildirdilar. Abu Tayyiba ismli kishi qonlarini oldi. Keyin uning ujrasi uchun ikki
so’ taom buyurdilar. Va uning hojasi bilan so‘zlashib xirojidan bir so’ kam qildirdilar. Va
dedilarki, qilib yurgan ilojlaringizning yaxshilaridan biri qon oldirmoqdir”.
I z o h. Abu Tayyiba Bani Xorisa jamoasining quli edilar. Xojalari degan ediki: Har kun
bizga uch so’ xurmo topib keltirib bersang, ortgani o‘zingga. Bu odam qortiq qo‘yib,
so‘rib qon olishni bilar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu odam qulidan kon
oldirib, haqiga ikki so’ taom yo xurmo buyurib berdilar. Va xojalari bilan so‘zlashib, har
kun beradigan uch so’ xurmoni ikki so’ga tushirdilar. Keyin xijomat muolajasi
muolajalarning yaxshilardan biri ekanligini bayon qildilar. Bu hadisdan yana ma’lum
bo‘ladiki, xijomat qilib olingan ujra xalol ekan.
284. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bir hijom qortuq bilan qon oladigan odamni chaqirtirib buyurdilar: U qonlarini oldi.
So‘radilarki: har kun xojalaringga beradigan narsalaring qancha? U odam dedi: uch so’.
Keyin Janob uning hojalari bilan so‘zlashib, bir so’ini kamaytirdilar. Va haqini berib
jo‘natdilar.
285. Anas roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
muborak bo‘yinlarining ikki tarafidan va ikki yelkalarining o‘rtasidan qortuq bilan qon
oldirar edilar. Va g‘oliban o‘n yettinchi, o‘n to‘qqizinchi, yigirma birinchi tarixlarda oldirar
edilar.
286. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sallohu alayhi vasallam Makkai
mukarrama bilan Madinai munavvaraning o‘rtalarida Malal degan bir mavzeda exromda
turib, qadamlarining orqasidan qortuq bilan qon oldirdilar.
I z o h. Exrom holatida qon oldirmoq ba’zi imomlar qoshlarida makruxdir. Lekin
xanafiylarda badan tuki to‘kilmay yo qirilmay olinsa, joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |