www.ziyouz.com kutubxonasi
52
shundok uzun sajda qildilar. So‘ng ikkinchi raka’atni ham shunday uzun o‘qidilar.
Ikkinchi raka’atning ikkinchi sajdasida ox tortib, dam olar edilar, va yig‘lar edilar, va
Allohga nolalar qilib, dargoxiga arz qilar edilar: “Parvardigor, sen menga va’da qilgan
edingki, sening hayotingda men ummatlaringga azob yubormasman”, va va’da qilgan
eding-ki, mudom ummatlaring istig‘forga mashg‘ul tursalar, ularga azob yubormasman”.
Endi biz hammamiz istig‘forga berildik”. Keyin Janob sollallohu alayhi vasallam
namozdan forig‘ bo‘ldilar, kun ochilib, ravshan bo‘lib ketdi. Keyin Janob va’z qildilar.
Xudoga hamdu sano aytgandan keyin dedilar: «Oftob bilan oy Alloh Taoloning
oyatlaridandir. Bir kishining o‘lishi yoki tirilishi uchun tutilmaydi, qachon bu ikkisi tutilsa,
sizlar Xudoga mutavajjix bo‘linglar va namoz va istig‘forga mashg‘ul bo‘linglar».
251. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning bir qizlari (qizlarining qizlari) xasta bo‘lib, o‘lishga yaqin borganda
quchoqlariga oldilar, yana oldilariga qo‘ydilar. Keyin u bola vafot qildi. Bu holni ko‘rib,
cho‘rilari Ummu Ayman roziyallohu anho ovoz bilan yig‘lab yubordilar. Janob dedilar:
Sen Rasululloh xuzurinda ham ovoz bilan yig‘laysanmi? Ummu Ayman dedilar:
O’zlarining yig‘lab turganlarini kurmay turibmanmi? Janob dedilar: Mening yig‘lashim
mamnu’ yig‘i emas, bu Alloh Taolo mo‘min bandasining kungliga paydo qilgan raxmatdir.
Keyin dedilar: Mo‘min banda har qanday holda yaxshilikda bo‘ladi. Hatto uning o‘z jonini
badanidan chiqarilur holda ham Xoliqiga shukr va sano aytadi.
I z o h. Ulamolar deydilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xech bir qizlari
yoshligida vafot qilmagan. Bu qizlari Zaynab roziyallohu anhoning qizlaridir. Lekin bu zot
ham o‘sha bemorlikda o‘lib ketmay, shifo topib ketgandilar. Payg‘ambarimiz sollallohu
alayhi vasallam vafotlaridan keyin dunyoda uzoq yashadilar. Hatto Ali roziyallohu anhu u
zotni o‘z nikohlariga oldilar, va shaxid bo‘lgan zamonlarida ham nikohlarida bor edilar.
Endi yuqoridagi “vafot qildi va Ummu Ayman yig‘ladilar” degan so‘z ma’nosi, vafot
qilishiga yaqin bordilar.
252. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining
emishgan birodarlari Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu vafot qilganlarida yuzlaridan
o‘pdilar. O’sha holda ikki ko‘zlaridan yoshlari oqib yig‘lab turardilar.
253. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning qizlari
Ummu Gulsum roziyallohu anhoning janozalariga xozir bo‘ldik, va qabristonga ham
bordik. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam o‘zlari qizlarining qabrlari ustida o‘tirgan
edilar. Ko‘rdimki, u zotning ikki ko‘zlaridan yoshlari oqib turibdi, dedilar: “Oralaringizda
bu kecha xotiniga yaqinlashmagan kishi bormi?” Abu Talxa roziyallohu anho dedilar:
“Men, yo Rasulalloh”. “Sen bu qabrga tushgin”. Keyin u zot qabrga tushdilar.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Ruqiya roziyallohu anho vafotlaridan
keyin ikkinchi qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoni Usmon roziyallohu anhoga nikoh
qilib bergan edilar. Bu zot vafotlarida erlari Usmon qabrga qo‘ymoq uchun yaqin keldilar.
Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kecha jimo’ qilmagan kishi dafn qilsin
deganlarida o‘zlarini tortdilar. Chunki o‘sha kecha xotinlari o‘lib tursalar ham, bir cho‘ri
bilan shar’i suxbat qilib edilar. Bu hol sollallohu alayhi vasallamga ma’lum bo‘lib edi.
Shuning uchun Usmon roziyallohu anhuga yengil bir ‘itob maqomida shunday dedilar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |