www.ziyouz.com kutubxonasi
51
tarji’ qilar edilar. (Ya’ni, tuyaning harakatidan ovozlari uzilib, qayta-qayta degandek
eshitilar edi. «O» demoqchi bo‘lsalar, «O-o-o» bo‘lib, ovoz chiqar edi).
246. Qatoda roziyallohu anhu dedilar: Alloh taolo bir Nabiyni nihoyatda xush surat va
nihoyatda xushovoz qilib yuborgandir. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamni
hammadan chiroylik va hammadan xushovoz qilib yuborgandir. Janob Qur’oni karimni
nihoyatda yoqimli tilovat qilar edilar. Lekin ashulachilar kabi nag‘ma qilib o‘qimas edilar.
247. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi
vasallam Qur’on tilovat qilsalar, ovozlari shu qadar baland bo‘lar ediki, uyda o‘qisalar
saxndagi odamlarga eshitilardi.
I z o h. Bu bobda kelgan hadislar mazmunlaridan shu xulosa olinadiki, Qur’oni karim
tilovat qiluvchilar o‘z holatlari va maqomlari va zavqlariga muvofiq o‘qisinlar. Ovoz
chiqarib o‘qish matlub bo‘lsa, ovoz chiqarib, xufiya matlub bo‘lsa xufiya o‘qisinlar.
G’arazlari Allohning rizosi va dinning yuksalishi bo‘lsin. Riyo va sum’a kabi narsalar
aralashmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |