85
2. Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish
oid tajriba-sinov ishlarining samaradorlik darajasi
Oliy ta’lim muassasalari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiya va
undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish jarayonida bir qator ta’limiy va
tarbiyaviy vositalardan o‘rinli, maqsadga muvofiq va samarali foydalanishga
alohida e’tibor berildi. Mazkur o‘rinda quyidagi vositalarning samaradorligi
aniqlandi:
1. Texnik qurilmalar – kompyuter, video va audeo magnitofonlar, nusxa
ko‘paytirish qurilmasi, radio, televizor va boshqalar.
2. Yozma manbalar – ilmiy, ilmiy-ommabop, ommabop va badiiy adabiyotlar,
xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy hujjatlar, lug‘atlar.
3. Moddiy ashyolar – ish yuritish qurollari (ish qog‘ozi, ruchka, yozuv taxtasi,
flomasterlar, skotch).
Yordamchi materiallar – kartochkalar, jadvallar, sxemalar, tasvirlar, maketlar va
boshqalar.
"Ajdodlarimiz boshidan ne-ne suronlar, fojialar, talon-tarojlar kechmadi.
Ammo insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar,
donishmandlar, sarkardalarni еtishtirgan, bebaho ma’naviy qadriyatlarni
yaratgan ham ana shu xalqimizning dahosidir.
Asrlar davomida aqlu zakovati ila bun yod etgan boy ma’naviyati
tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari
intildi. Ana shu milliy ong, ana shu milliy g‘urur bugungi
istiqlolimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga Shiroq, To‘maris,
Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino, al -Xorazmiy, Amir Temur, Bobur,
Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ zotlar asos solganlar...
Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg‘oq bo‘lmog‘i darkor. Ruh
bedorligiga uning rahbar rahnamolari, olimu ziyolilari, barcha farzandlari
mas’uldir.
86
O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon
farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk
namoyandalari, ona-Vatani
bilan faxrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan
qahramonlik, fidoyilik, O‘zbekiston go‘zalligi bugungi yoshlarimizda iftixor
tuyg‘usining shakllanishi va barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir.
Shu sababli ham iftixor ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi,
o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab,
boyitib o‘sib kelayotgan avlodga еtkazish lozim.
Tarixga nazar solar ekanmiz, xalq baxt-saodati, tinchligi, ozodligi yo‘lida
o‘z hayotini baxshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik,
insonparvarlikni ko‘ramiz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, miloddan avvalgi
birinchi ming yillikda O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlarida yashab
chorvachilik, dehqonchilik bilan shug‘ullangan Sak qabilasi a’zosi podachi Shiroq o‘z
boshliqlarining huzuriga kelib, qabilaga hujum qilib kelgan Eron shohi Doro
qo‘shinlarini hiyla bilan halok etajagini aytadi va shu еrning o‘zida quloq-burnini
kesib, boshqa a’zolarini jarohatlaydi. Eron shohi oldiga kelib, Sak qabilalaridan
"jabr" ko‘rganini, shoh qo‘shiniga ko‘maklashish niyatida kelganligini aytadi.
Doro qo‘shinlarini suvsiz quruq sahroga boshlab boradi. Dushman: "Bizni qayerga
boshlab kelding, ablah.!" - deganda, Shiroq: "Men еngdim, Doro qo‘shinini bir o‘zim
еngdim!... Istagan tomoningizga boravering! Mening go‘rim shu еrda" - deb
oyog‘i ostini ko‘rsatadi.
Eron sarkardasi: "Agar sen sahro quduqlari va chashmalarini bizga ko‘rsatsang,
gunohingdan kechib, So‘g‘diyadagi istagan qishloqlardan birini senga in’om
qilamiz" deganda, Shiroq unga: "Men o‘z elimning dushmanlariga yordam uchun
cho‘zadigan qo‘limni kesib tashlaganim ma’qul", - deb javob beradi.
Halokat yoqasida qolgan eroniylar chiday olmay Shiroqni o‘ldiradilar.
Shiroq o‘z jonini qurbon qilib, Sak qabilasini dushman hujumidan xalos
qiladi.
87
Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida miloddan avvalgi VII-IV asrlarda
yashagan Massaget qabilalariga boshchilik qilgan. To‘maris Eron shohi
Kayhisravning qabila ahlini o‘ziga qaram qilib olish niyatida ishlatgan
hiylasini u yuborgan elchilar so‘zidan bilib olib Kayhisravni yovuz
niyatlaridan qaytib o‘z yurtiga ketishga da’vat etadi. Elchiga: "Boshimizdan
zar sochganlaringda ham biz erkinlikni qullikka almashtirmaymiz", - deydi.
Dasturxon atrofida o‘tirganlar: "Rost gan", "Vatandosh ayollarimizning gapi
bunday bo‘ladi", - deb To‘maris so‘zini ma’qullaydilar.
Kayhisrav hiyla bilan To‘marisning o‘g‘lini va u bosh bo‘lgan qo‘shinlarni
ichkilik bilan mast qilib asir olib, ko‘pini o‘ldirganidan xabardor bo‘lganda, u
Kayhisrav qo‘shinlariga qarshi urushib jangda g‘alaba qozonadi, Kayxisrav
halok bo‘ladi. Kallasini tanasidan judo qilib keltirganlarida, T o‘maris
nafrat bilan unga qarab: "Ey Kayhisrav, umr bo‘yi jang qilib odam qoniga
to‘ymading, mana endi to‘yguningcha ich!" - deb uni qon to‘ldirilgan meshga
solib, mesh og‘zini
chilvir bilan mahkam bog‘lab qo‘yadi .
Alpomish odil, haqguy, mard, jasur, or -nomusli, insonparvar qahramon
sifatida elda shuhrat qozonadi. U o‘z yurtini chetdan bo‘lgan hujumlardan
mardona himoya qiladi. Qalmoqlar yurtida Barchin qo‘ygan barcha
shartlarni mardona bajarib, urush-janjalsiz Barchinoyni Boysun-Qo‘ng‘irot
yurtiga olib keladi. Yurtda adolat o‘rnatib, Boysari bo shliq
qo‘ng‘irotliklarni
o‘z
yurtiga
qaytarib,
Boysun-Qo‘ng‘irot
urug‘ini
birlashtiradi, ularni inqirozdan qutqaradi .
Millat sha’ni fidoyilaridan biri Spitamen Iskandar qo‘shiniga qarshi xalq
qo‘zg‘oloniga boshchilik qiladi. U Zarafshon daryosi bo‘yidagi bir joyda
pistirmadan chiqib Iskandar qo‘shiniga tashlanadi. Dushman atroflarini
qurshab olib, ikki ming nafardan ko‘proq yunon harbiylarini qirib
tashlaydi. Shunda Iskandar o‘zi lashkarga bosh bo‘lib, Sirdaryo sohillaridan
Spitamen ustiga otlanadi. Biroq Spitamen kuchlar nisbatini hisobga olib,
quyi Qashqadaryo va Buxoro tomonga chekinadi. Iskandar uni izlab Marokanda
88
va Buxoro shaharlari oralig‘idagi еrlarni qarichma-qarich titkilab chiqadi.
120 ming tinch aholi qirib tashlandi. Bu xabarni eshitgan Spitamen yana
kurashni kuchaytiradi. Iskandar ayyorlik yo‘liga o‘tib, unga murosa qilishni
taklif etadi, katta So‘g‘d o‘lkasiga uni boshliq qilishni va’da qiladi.
Spita men
unga
munosib
javo b
berib,
kelgindi
dushmanning
muruvvatiga zor emasligini aytadi. Bu xabar Iskandarning yuragiga
xanjarday botadi. Spitamenni tor-mor etishga ahd kiladi. Bu orada
Spitamen Baktriya va quyi Zarafshonda makedoniyaliklarga karshi yana
hujum uyushtiradi. Ammo bu tengsiz janglarda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Toqati toq bo‘lgan Iskandar Spitamenni hamma joydan izlay boshlaydi.
Vahimaga tushgan shaklar o‘z boshlarida tug‘ilayotgan ofatni bartaraf qilish
uchun Spitamenni yuqotishga ahd qiladilar, uni o‘ldiradilar .
Respublika uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
maqsadi va bosh vazifasi mazkur tizimni texnologiyalashtirishdan iboratdir.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida tadbirlarni muayyan loyiha asosida tashkil etishga
alohida e’tibor qaratildi. Tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida «Kichik guruhlarda
ishlash», «Qarorlar shajarasi», «Tafakkur cho‘qqisi», «Yumaloqlangan qor o‘yini»
hamda «Klaster» metodlaridan foydalanildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyadan
foydalanish va ular ongida milliy aksiologiyaizga hurmat hissini, tuyg‘usini
shakllantirish jarayonida bir qator ta’limiy va tarbiyaviy vositalardan o‘rinli,
maqsadga muvofiq va samarali foydalanishga alohida e’tibor berildi. Mazkur
o‘rinda quyidagi vositalarning samaradorligi aniqlandi: texnik qurilmalar –
kompyuter, video va audio magnitafonlar, nusxa ko‘paytirish qurilmasi, radio,
televizor va boshqalar; yozma manbalar – ilmiy, ilmiy-ommabop, ommabop va
badiiy adabiyotlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy hujjatlar, lug‘atlar;
moddiy ashyolar – ish yuritish qurollari (ish qog‘ozi, ruchka, yozuv taxtasi,
flomasterlar, skotch); yordamchi materiallar – kartochkalar, jadvallar, sxemalar,
tasvirlar, maketlar va boshqalar.
89
Tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida quyidagi metodlardan foydalanish
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyani
shakllantirishda samarali ekanligi aniqlandi:
1.Suhbat metodi – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning milliy qadriyatlar
to‘g‘risida tushunchaga egaliklarini anglash, ularning yoshlarda ushbu tuyg‘uni
shakllantirish borasidagi fikrlarini o‘rganish hamda muammo yuzasidan erkin,
mustaqil fikr yuritishlarini ta’minlashga yordam beradi.
2.Savol-javob metodi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida
milliy aksiologiyadan foydalanish milliy qadriyatlarimiz haqidagi shaxsiy
mulohaza va qarashlarini aniqlashga xizmat qiladi. Savollarning aniq, qisqa
bo‘lishi va to‘g‘ri ifodalanishi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun mantiqiy
fikrlashga imkon beradi.
Ma’ruza metodi – tajriba-sinov ishtirokchilariga milliy qadriyatlarmiz mohiyatini
anglatish, uning lug‘aviy ma’nosini to‘g‘ri tushuntirish, shaxsda so‘z
yuritilayotgan tuyg‘uni shakllantirish omillari, shart-sharoitlar va pedagogik
imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berishga yo‘naltiriladi.
3.Tushuntirish metodi –bsinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlar tushunchasining
nazariy mohiyati va unga ega bo‘lishning ijtimoiy ahamiyati, millat ravnaqi, yurt
ozodligini ta’minlashdagi roli haqidagi tushunchalar hosil qilinadi.
4.Faoliyatda mashqlantirish (amaliy mashqlar) metodi – intellektual treninglar
asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarmizni shakllanishi uchun
sharoit yuzaga keladi.
5.Interfaol metodlar – boshlang‘ich sinf o‘quvchilar tomonidan milliy
aksiologiyaning ahamiyati yuzasidan erkin, mustaqil fikr yuritish, bahs-
munozarani tashkil etish ko‘nikma va malakasining tarbiyalanishi, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarning standart fikr yuritishdan ozod etish, shuningdek, muhokama
etilayotgan muammoning еchimiga oid rang-barang g‘oyalarni to‘plashga imkon
beradi.
90
6.Hikoya qilish metodi –milliy qadriyatlarmizning ijtimoiy ahamiyati, ana
shunday tuyg‘uga ega bo‘lgan tarixiy shaxslar, bugungi kun qahramonlarining
faoliyati, yoshlarda so‘z yuritilayotgan tuyg‘uni tarbiyalash yuzasidan jonli nutq
yordamida tushuntirishlarni olib borish hisoblanadi. Tushuntirish boshlang‘ich sinf
o‘quvchilar tomonidan muammoning mohiyatini to‘g‘ri anglanishiga imkon
yaratadi.
Ma’lumki, pedagogik yo‘nalishlarda tashkil etiladigan tadqiqotlarning asosida
o‘rganilayotgan muammoning amaliyotdagi mavjud holatini o‘rganish, qo‘lga
kiritilgan dalillarni tahlil etish, muayyan xulosalarga kelish, shuningdek, chiqarilgan
xulosalar asosida yagona muammoning umumiy holatiga baho berishga
yo‘naltirilgan amaliy faoliyat alohida o‘rin tutadi.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayonida ana shu yondashuvga ko‘ra amaliy
harakatni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq deb topildi va tajriba-sinov
maydonlarida amalga oshiriluvchi dastlabki amaliy faoliyat, istiqboldagi
harakatlarning muhim qismi sifatida namoyon bo‘lishini nazarda tutgan holda uni
samarali tashkil etish yo‘lida harakat olib borildi. Dastlabki - asoslovchi tajriba
ishlarining muayyan loyiha asosida olib borilishi ushbu urinish samarasini ta’minladi.
Quyida asoslovchi tajriba ishlari hamda ushbu tajriba ishi uchun nazariy asos
bo‘lgan loyihaning mohiyati xususida to‘xtalamiz.
Asoslovchi tajriba ishining samarasini kafolatlaydigan loyiha quyidagi mazmunga
ega bo‘ldi:
1.Tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi. Ushbu bosqichda asoslovchi tajriba ishlarining
o‘tkazilishiga imkon beradigan quyidagi obektiv va subektiv omillarning
mavjudligi aniqlandi:
a) tajriba-sinov ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun imkon beruvchi tajriba maydonlari
tanlandi;
b) tajriba-sinov ishlarining amalga oshirilishida asosiy subekt sifatida namoyon
bo‘luvchi respondent-boshlang‘ich sinf o‘quvchilar hamda o‘qituvchilarning soni
aniqlab olindi, respondentlar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi;
91
g) Maktablarda muammo bo‘yicha tashkil etiladigan tajriba-sinov ishlarining
bevosita, izchil, uzluksiz ravishda hamda maqsadga muvofiq holda olib
borilishini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar belgilandi.
2.Tajriba-sinov ishlarini bevosita tashkil etish jarayoni. Mazkur jarayonda
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
a) dastlabki tajriba ishlari uchun asos bo‘ladigan ishlanmalar tayyorlandi va
ularning mazmuni muhokamadan o‘tkazildi, muhokama jarayonida bildirilgan
fikrlar asosida ishlanmalar mazmunan to‘ldirildi;
b) respondent-o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirokida muloqot tashkil etilib, ushbu
jarayonda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning mohiyati, tajriba-sinov
ishlarini olib borilishidan ko‘zlangan maqsad, kutilayotgan natijalar, shuningdek,
respondentlarning amaliy faoliyat doirasidagi ishtiroklari borasida tushunchalar
berildi;
3. Asoslovchi tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichi. Ushbu bosqichda
quyidagi vazifalar bajarildi:
a) amaliy jarayonda aniqlangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-
trbiyasida milliy aksiologiyaning shakllanganlik darajasini ifodalovchi ma’lumotlar
umumlashtirildi;
b) umumlashtirilgan ko‘rsatgichlar matematik-statistik metod yordamida qayta
tahlil etildi;
v) matematik-statistik tahlil natijalariga muvofiq umumiy xulosaga kelindi.
Respondent-o‘qituvchilarning Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasida
pedagogik aksiologiyadan foydalanish texnologiyasi masalalariga munosabatlari
№ Omillar
Respondentlar soni 50
Javoblar
Ijobiy
Qisman
Salbiy
1.
Ta’kidlovchi
tajriba
jarayonida
pedagogik
aksiologiyadan
boshlang‘ich
ta’lim
jarayonida
foydalanish imkoniyatning mavjudligi
5
10
15
92
2.
Milliy-madaniy meros, me’moriy
yodgorliklarni
asrash
borasidagi
mashg‘ulotlarning
samarali
tashkil
etilishiga munosabatlari
7
15
8
3.
Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining
ta’lim-
tarbiyasida
pedagogik
aksiologiyaning roli qanday ahamiyatga
ega ekanligi.
15
7
8
4.
O‘zlari
faoliyat
yuritayotgan
maktabning
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarida
pedagogik
aksiologiyani shakllantirish masalariga
e’tibor qaratilishi
8
15
7
5.
Ta’lim jarayonida Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining
ta’lim- tarbiyasida
pedagogik aksiologiyadan foydalanish
texnologiyasiga
yo‘naltirilgan
mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi
8
15
7
6.
Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining
ta’lim-
tarbiyasida
pedagogik
aksiologiyadan foydalanish jarayonida
fanlararo aloqadorlikdan foydalanish
5
20
5
7.
Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining
ta’lim-
tarbiyasida
pedagogik
aksiologiyadan foydalanish jarayonida
jamoatchilik ishtirokiga tayanish
6
18
10
Tajriba- sinov jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida
pedgogik aksiologiyadan foydalanish texnologiyasini joriy etilishi o‘quvchilar
shaxsida milliy qadriyatlarmizga nisbatan iftixor tuyg‘usini rivojlantirib bordi.
Ushbu holatlar mashg‘ulotlar davomida xalq milliy .merosi, qadriyatlari va
zamonaviy
ilm-fan,
texnika
va
texnologiya,
shuningdek,
madaniyat
yo‘nalishlarida millat vakillari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar
xususida fikr yuritilganda, ularning faxr bilan so‘zlashlari, milliy-madaniy meros,
xususan, me’moriy yodgorliklarni asrash borasidagi tashabbuslarni ilgari
surayotganliklarida ko‘zga tashlanayotganligiga alohida ypg‘y berib o‘tadilar.
93
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik aksiologiyadan
foydalanish texnologiyasini aniqlash mezonlari
№ Mezonlar
1.
Milliy iftixor tushunchasining lug‘aviy ma’nosi va mantiqiy
mohiyatini chuqur anglaydilar
2.
Milliy qadriyatlarimizni o‘rganishga xohishi vujudga kelgan
3.
Pedagogik aksiologiyaning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini o‘rganishga
ehtiyojni oshganligi
4.
Bu borada faollik ko‘rsatadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |