Bob bo‘yicha xulosa
Muammoni tadqiq etishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat bir necha bosqichda
amalga oshirildi. Dastlab amalga oshirilishi zarur bo‘lgan maqsad va vazifalarning
mohiyatiga tayangan holda tajriba-sinov ishlarining umumiy davri va bosqichlari
belgilandi.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda samarali bo‘lgan shakl, metod va
vositalarini belgilashga muvaffaq bo‘ldik. Ular quyidagilardan iboratdir: pedagogik
kuzatuv, suhbat, uchrashuv, anketa hamda test so‘rovlarni tashkil qilish, davra
95
suhbati, intervyu olish, konferensiya, seminar, debat, amaliy trening, ko‘rgazma
tashkil etish, ekskursiya, tanlov, ma’ruza kabi shakllar; hikoya qilish, tushuntirish,
milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol asoslari mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi
manbalar mazmunini o‘rganish, ko‘rgazmalilik, amaliy mashg‘ulot, ekskursiya,
namoyish etish, «Aqliy hujum», «Fikrlarning shiddatli hujumi», «Klaster»,
«Qarorlar qabul qilish texnologiyasi», «Muz yorish», «6X6X6» kabi metodlar;
o‘quv manbalari, ilm-fan, texnika, texnologiya va madaniyat sohalarida erishilgan
yutuqlar borasida ma’lumotlar beradigan ilmiy, falsafiy hamda badiiy
yo‘nalishlarda yaratilgan asarlar, milliy qadriyatlar, milliy-madaniy meros namunalari,
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar o‘quv va texnik jihozlar, axborotli texnologiyalar
(televizor, radio, kompyuter, audio va video magnitafonlar) kabi vositalar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik aksiologiyadan
foydalanish texnologiyasi darajasi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar asosida ular
faoliyatini pedagogik kuzatish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek,
boshlang‘ich sinf o‘qituvvilari va o‘quvchilari ishtirokida suhbat, bahs-
munozaralar, debat, turli yo‘nalishdagi tanlov va davra suhbatlari tashkil etilib,
ushbu jarayonda ular tomonidan namoyish etilgan xatti-harakatlarning mohiyati
tahlil qilindi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilar faoliyatining mohiyati va mazmuni
o‘rganildi.
Magistrlik ilmiy tadqiqot ishi yakunida boshlang‘ich ta’lim tizimida faoliyat
olib borayotgan o‘qituvchilar va bo‘lajak o‘qituvchilar uchun quyidagi
takliflarga e’tibor berilishi zarur deb bildik.
1.Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik
aksiologiyadan еtarli darajada foydalanishda milliy qadriyatlarimizning
aynan bolalar tarbiyasiga xizmat qiluvchilarini saralab olib ta’lim-tarbiya
jarayoniga tatbiq etilsa.
2.Boshlang‘ich sinflarning “O‘qish”, “Odobnoma”, “Atrofimizdagi olam”
kabi darslarni tashkil qilishda pedagogik aksiologiyadan foydalanish borasida
metodik qo‘llanmalar tayyorlansa.
96
3.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun pedagogik aksiologiyani ta’lim-
tarbiyaga tatbiq etish borasida malaka oshirish kurslariga soatlar kiritilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |